Baynalmilal – (arabcha – millatlar o‘rtasidagi, millatlararo)Xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.
Mentalitet – (nem. – aql, idrok) Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi.
|
Konfessiya – (lot. – tan olish, e’tirof etish) Diniy ishonch, e’tiqod; shu bilan birga mazhab mazmuniga ega tushuncha.
|
Tolerantlik – (lot. – sabr-toqat, chidam, bardosh) O‘zgalarning fikr g‘oyalari, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari, turmush tarzi va xulq-atvoriga nisbatan sabr-toqatli bo‘lish, beparvo qarash; bag‘rikenglik.
|
Seminariya – 1) Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari tayyorlaydigan maxsus o‘quv yurti; 2) xristian cherkovlari uchun ruhoniylar tayyorlaydigan o‘quv yurti.
|
Bakalavr – (lot. Baccalaureus) Oliy ta’lim dasturining birinchi bosqichini tugallagan talabalarning ilmiy darajasi.
|
Magistr – (lot. – boshliq, ustoz) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.
|
Innovatsiya – (ingl.— kiritilgan yangilik, ixtiro) Ilg‘or texnologiya, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qo‘llanishi.
|
Immunologiya – (yun. — tushuncha, ta’limot) Organizmning kimyoviy xususiyatlari, uning immuniteti haqidagi fan.
|
Integratsiya – (lot. — tiklash, to‘ldirish) Ayrim qismlarning, elementlarni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. Fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro bog‘lanish jarayoni.
|
Simpozium – (musiqa, she’r o‘qish bilan o‘tadigan yig‘in) biror ilmiy masala bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy kengash; ilmiy anjuman.
|
Festival – (ital. – bayramona, shod, quvnoq) san’atning musiqa, kino, teatr va boshqa sohalarida erishilgan eng yaxshi yutuqlar bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov, ko‘rikdan iborat ommaviy bayram, tantana, sayil.
|
Galereya – (fr. – peshayvon) binoning ikki qismini birlashtiruvchi usti yopiq uzun yo‘lak; tomosha zalida eng yuqorigi yarus
|
Delimitatsiya – (lot. – chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.
|
Sammit – (ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; oliy darajadagi kengash.
|
|