Abdullayeva sayyora



Download 0,99 Mb.
bet9/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,99 Mb.
#231004
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SAYYORA 2

guruh, axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish hoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.

  • guruh axloqiy xis-tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar. Hamma guruh metodlari axloqiy xis-tuyg’ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta’minlaydi. Tarbiyachining hikoyasi, o’qib berish, axloqiy mavzularda suxbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o’qilganlar bo’yicha), kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy me’yor va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: bolalarning yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor me’yorlarini muxokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o’zlarini faol qatnashtirish, har bir bolaning xis-tuyg’usiga extiyotlik bilan munosabatda bo’lish. Bolani noo’rin tanqid qilish, uning ustidan qo’lish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish yaramaydi. Xamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Har bir metod o’ziga xos bo’lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali ko’rib chiqamiz. Tushuntirish ko’pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, me’yor, qoida bayon qilib borilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so’zi va na’munasiga asoslanadi. Masalan: ro’paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz to’xtab, u kishining yuziga qarab qo’limsirab “Assalomu alaykum” deyish va yana yo’lida davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy xolda bo’lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suxbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo’llash mumkin. Tushuntirish yorqin bo’lib, bolalarning xis-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi: Bolalarda ijobiy-axloqiy xislarni uyg’ota olish, ertak qaxramonlariga hamdardlik bildirish hamda yutug’idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish; U bolalarga tushunarsiz bo’lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish; U axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, sayrlarda, bolalarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan joylarda foydalanish. Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini aniqlab borish kerak. Suxbat jarayonida bolalar o’z fikr- muloxazalarini aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti- harakatini ongli ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari doirasida bajarishga o’rinadilar. Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni o’qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqava ashula eshitish bolalarda estetik xisni uyg’otadi hamda axloqiy qoida va me’yorlarni singdirib boradi. Amaliy va o’yin metodlari — o’yin mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, saxnalashtirilgan o’yinlar, inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga raxbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustaxkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to’plashga, axloq me’yorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam beradi. O’yin kichik bog’cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xulq hamda odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish foydali odatlarni qaytarish kabilar kiradi. Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning o’ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat (tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida to’xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi qaxramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash bola xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suxbat shakllari qulay bo’ladi. Rag’batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning metodi bo’lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o’ziga xos vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xatgi-harakatni faollashtirish yoki bo’lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag’batlantirishdan foydalaniladi. Bolalar bog’chasida rag’batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o’yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik.

    Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

    I- Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning o’zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan qarashga asoslanishi kerak.

    -I- Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o’zi ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo’qotishga intilsin.

    -1- Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.

    -I- Bolani tarbiyalash uchun yaxshi xissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va qo’rkitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo’lmaydi.

    -I- Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak.

    -I- Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish kerak.

    Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar raxbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo’llasa, yaxshi xulq na’munalarini o’rgatish ancha oson kechadi.

    Bola hayotida jismoniy tarbiyaning о‘rni. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport soxasiga taalluqli maxsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.




    Download 0,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish