Umumiy egiluvchanlik – inson gavdasining hamma bo‘g‘im- laridagi harakatchanlik bo‘lib, yuqori amplitudada turli harakatlarni bajarishdir.
Maxsus egiluvchanlik – alohida bo‘g‘imlardagi juda katta harakat bo‘lib, alohida faoliyat turidagi talablarga mos keladi.
Egiluvchanlikni rivojlantirish darajasi bo‘g‘imlarni shakliga, bo‘g‘im tog‘aylarining qalinligiga, mushaklarning egiluvchanligiga, chandirlarga, paylarga, bo‘g‘im boshchasiga bog‘liq. Bo‘g‘imlar- ning faolligi inson mushaklarining qisqarishiga va harakat ta’sirida cho‘zilgan mushaklarning bo‘shashishiga ta’sir qiladi.
Mushak-antagonistlarning mashqlar davomida noto‘g‘ri bo‘shashi- shi egiluvchanlikni og‘irlashtiradi. Cho‘zilgan mushaklarning bo‘shashishi hisobiga 12-14% gacha harakatchanligi ortadi.
Shunday fikrlar borki, mushaklar kuchining o‘sishi bo‘g‘imlardagi
harakatchanlikni yomonlashtiradi.
Kuch sifatlari bilan faol egiluvchanlik orasidagi o‘zaro munosa- batlarning to‘g‘ri va qaytish aloqasi kuzatiladi: dinamik kuch qancha- lik ko‘p bo‘lsa, shunchalik bo‘g‘imlardagi harakat uzoqlashib ketadi, faol egiluvchanlik ko‘p bo‘lsa, inson o‘z kuchlarini ko‘rsata olishi mumkin. Shu bilan birga kuch sifatlari sust egiluvchanlikning oshi- shiga o‘z-o‘zidan ijobiy ta’sir o‘tkazmaydi.
Ba’zi mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, kuchlarning ko‘payishi bo‘g‘im harakatining yomonlashishiga, ya’ni mushak gipertrofiyasiga olib keladi. Boshqa tomondan esa sust egiluvchanlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa, mushaklar cho‘ziluvchanligini namoyon qiladi, demak turli sharoitda ular kuchlarini ko‘rsata oladi.
Jismoniy tarbiya amaliyoti faqat egiluvchanlik va kuch rivojlani- shining yuqori darajasiga erishmasdan, ular o‘rtasidagi rivojlanish sifatlarining muvofiqligini ta’minlashi kerak.
Buning uchun, odatda mushaklarning kuch imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi va bo‘g‘imlardagi harakatni oshiruvchi mashqlar qo‘lla- nadi.
Harakat faoliyatining turlari egiluvchanlikning rivojlanishiga har xil talablar qo‘yadi.
Masalan suzishda to‘piq va yelka bo‘g‘imlarining harakati kerak,
«brass» suzishida tos-son suyagi, tizza va to‘piqlarning harakati, gim- nastikachilarga umurtqa pog‘onasi tirsak, tizza, tizza, to‘piq va tos- son bo‘g‘imlarining maksimal harakati kerak. Inson bir xil bo‘g‘im- larida ko‘proq, ikkinchisida ozroq maksimal harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Egiluvchanlikning rivojlanish darajasiga qarab inson harakatlarini natijali amalga oshiradi.
Bo‘g‘imlardagi harakatning kamligi tezlik, kuchlilik, muvofiqlash- gan qobiliyatlar faolligini ochib berolmaydi, shuningdek, ishlarni iqtisodiy tomondan pasaytirib, harakatni chegaralab qo‘yadi va mushaklarni jarohatlanishiga olib keladi.
Egiluvchanlik shug‘ullanuvchilarning yoshiga va jinsiga bog‘liq. Faol egiluvchanlik 10-14 yoshda, sust egiluvchanlik 9-10 yoshda kuzatiladi. Egiluvchanlik o‘sishining turli bosqich-lari bor.
Qizlarda 14-15 va 16-17 yoshda egiluvchanlik o‘sishining yuqori sur’atlari belgilangan, o‘g‘il bolalarda esa 9-10, 13-14 va 15-16 yosh- dir. 13-15 yosh turli bo‘g‘imlarning harakatchanligi rivojlanadigan paytdir.
Egiluvchanlikni rivojlantirish ustida ishlash kichik va maktab yoshidagi bolalarda kattalarga nisbatan oson kechadi. 12-20 yoshdan keyin harakat amplitudasi kamayadi va yosh o‘zgargan sari tayanch- harakat apparati rivojlanishi qiyinroq bo‘ladi.
Qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan 20-30% yuqori bo‘ladi. Bu farq erkaklarda va ayollarda ham kuzatiladi.
Egiluvchanlik organizm holatida tashqi sharoitda (ko‘p vaqtda atrof-muhit harorati) yetarlicha katta oraliqda tez o‘zgaradi.
Egiluvchanlikning pasayishi ertalab uyqudan keyin kuzatiladi va u asta-sekin kuchayib, kunduzi yuqori nuqtasini egallaydi, lekin kechga borib, yana pasayadi.
Egiluvchanlikning eng ko‘p o‘sishi 12-17 bo‘lgan vaqt oralig‘ida kuzatiladi. Badan qizdirish, uqalash, isituvchi muolajaalar (issiq vanna, qaynoq dush) harakat amplitudasini ko‘taradi. Bo‘g‘imlar- dagi harakatning pasayishi ovqat egandan keyin mushaklarning sovib qolishidan hosil bo‘ladi.
Mushaklarning charchab qolish darajasi egiluvchanlikka har xil ta’sir qiladi: faol egiluvchanlik kamayadi va sust egiluvchanlik ko‘payadi. Xayajonlanish yuqori bo‘lgan paytda (musobaqa vaqtida) harakat amplitudasi o‘sadi. Egiluvchanlik qaysidir ma’noda genetik omillarga ham bog‘liq. Shunday odamlar borki, ularning bo‘g‘imlar- idagi harakatchanlik tug‘ma chegaralangan bo‘ladi, boshqalarida esa buning yuqoriligi kuzatiladi. Bu esa egiluvchanlik muhim bo‘lgan sport turlari uchun bolalarni tanlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |