Abdullayev Mehriddin


Jismoniy qobiliyatlarning ko‘chishi



Download 307,22 Kb.
bet48/148
Sana04.09.2021
Hajmi307,22 Kb.
#164673
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA 1 QISM 22.01.2021

Jismoniy qobiliyatlarning ko‘chishi. Turli jismoniy qobiliyatlar bir-birlari bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Bir qobiliyatning rivojlanish darajasidagi yo‘naltirilgan o‘zgarish boshqasining rivojla- nish darajasida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Bu hodisa “jismoniy qobiliyatlarning ko‘chishi” deb ataladi.

Ko‘chish ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy ko‘chishda bir qobiliyatning rivojlanishi boshqasining takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, “portlovchi” kuchning ortishi – harakatlar tezli- giga. Salbiy ko‘chishning xususiyati shuki, bir qobiliyatning rivojla- nishi ikkinchisining o‘sishini sekinlashtiradi yoki uning rivojlanish darajasini pasaytiradi.

Ko‘chish bir tarkibli va har xil tarkibli bo‘ladi. Bir tarkibli ko‘chishda bir xil qobiliyat darajasining qo‘llanilayotgan va qo‘llanil-

mayotgan mashqlar orqali ortishi kuzatiladi. Masalan, osilib turgan holda qo‘llarni bukib – yozish orqali kuch chidamliligi ortadi; xuddi shu qobiliyat qo‘lga tayangan holda ularni bukib – yozish chog‘ida ham rivojlanadi. Har xil tarkibli ko‘chishda bir qobiliyatning ri- vojlanishiga olib keladigan mashg‘ulot xuddi shu qatori boshqa jismoniy qobiliyatlar darajasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, blokli qurilmada shug‘ullanganda qo‘l bukuvchilarining izometrik kuchi ortar ekan, bu kuch chidamliligi-ning ham oshishini ta’minlaydi.

Ko‘chish yana ikki tomonlama (masalan, agar kuch qobiliyat- lari rivojlantirilganda, tezlik qobiliyatlari ham takomillashsa, tezlik qobiliyatlari takomillashtirilganda esa kuch qobiliyatlari ham rivoj- lanib boradi) va bir tomonlama (masalan, harakat tezkorligi rivojlan- tirilganda, reaksiya vaqti ham takomillashadi, lekin reaksiya vaqtini yaxshilashga yo‘naltirilgan mashqlar harakat tezkorligi rivojiga mut- laqo ta’sir ko‘rsatmaydi) bo‘ladi.

Nihoyat to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita ko‘chish turlari ajratiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chishda bir qobiliyatning rivojlanish darajasi ko‘tarilsa, bu boshqa qobiliyatning rivojida bevosita aks etadi. Masa- lan, qisqa masofalarga yuguruvchilar oyoq mushaklarining tezlik – kuch tayyorgarligi darajasi ortsa, yugurish tezligi ham kuchayadi. Bilvosita ko‘chishda qobiliyatning takomillashuvi uchun faqat sha- roit yaratiladi. Masalan, sprinter oyoqlarining mak-simal kuchi tezkor yugurish natijasi bilan hech qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga ega emas.

Lekin uning sakrash mashqlari bilan bog‘liqligi borki, ularning natijalari, o‘z navbatida, tezkor yugurish bilan ancha mustahkam alo- qada hisoblanadi. Shuning uchun oyoqlarning maksimal kuchini rivo- jlantirishga yo‘naltirilgan darslar tezlik – kuch qobiliyatlari uchun funksional baza yaratishga yordam beradi, ular esa pirovard natijada yugurish tezligini belgilaydi. Ko‘chish turlarining ta’siri ko‘pgina sport turlarida maxsus va umumiy jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etishda qo‘llaniladi.

Bir xil qobiliyatlarning boshqalariga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi va xususiyatlari ko‘p jihatdan quyidagi omillarga bog‘liq:



    1. Pedagogik ta’sirotning ustun yo‘nalishlari va ularni rivojlantirib navbatlashga (masalan, tezlik va kuch, chidamlilik qobiliyatlarini

barobar talab qiluvchi mashqlardan iborat dars ulardan faqat bittasini hatto ikki barobar oshirilgan yuklama bilan rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotdan ko‘ra yaxshiroq natija beradi).

    1. Shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorlik darajasiga (jismoniy tayyorlik darajasi past bo‘lganda, bir qobiliyatning rivojlanishi odatda boshqalarining ham rivojlanish darajasi ortishiga olib keladi, biroq keyinchalik qobiliyatlarning bunday muvoziy tarzda o‘sishi to‘xtab qoladi).

Jismoniy qobiliyatlarning “ko‘chishi” jiddiy pedagogik ahami- yatga ega. Shu hodisa tufayli jismoniy mashqlarning nisbatan tor doirasi bilan shug‘ullangan holda harakat faoliyatining har qanday turini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olish mumkin. Bu imkoniyat jis- moniy tarbiya amaliyotida kishilarni mehnat, sport faoliyatiga, harbiy ishga tayyorlashda qo‘llaniladi.


Download 307,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish