YaMM = C + I + G + (x - m), bu yerda C – iste’molchilar xarajatlari;
I – investitsiyalar;
G – davlat xarajatlari;
x – eksport;
m – import;
Tabiiyki agar import eksportdan oshib ketsa, unda YaMM dagi o’sish kamayadi. SHuning uchun O’zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida fuqarolarimizni chet elga sayohatga yuborishdan ko’ra mamlakat iqtisodiyoti uchun foyda keltiruvchi chet el turistlarni mamlakatimizga ko’proq jalb qilish hamda ularni ko’proq mablag’ sarflashi uchun sharoitlar yaratish va rag’batlantirish zarur
Mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotga turizmni bevosita ta’siri - bu turizm tovarlari va xizmatlarini xarid qilishga turistlar daromadi natijasidir. Bevosita ta’sir deganda uni turistik korxonalarda turistik mablag’ hissasining natijasi sifatida, turizm xodimlarini moddiy ta’minoti va yangi ishchi o’rinlarini yaratish kabi jarayonlar tushuniladi.
3. Yevropa mintaqasida xalqaro turizmni rivojlanish yo’nalishlari 2009-2010 yillarda Yevropadagi umumiqtisodiy taraqqiyot bir oz sekinlashdi. Yevropadagi ishsizlar soni 12.6 mln. kishini tashkil etib. ularning salmog’i o’tgan yillardagiga nisbatan (11.1%dan) bir oz kamayib 10.2% ni tashkil qildi. Iqtisodiy o’sishda ham pasayish kuzatildi. Yalpi ichki mahsulot Germaniyada o’tgan yili 2.2% dan atigi 1.4% ga o’sdi. Bu bilan Germaniya. Italiyadan tashqari barcha Yevropa mamlakatlari YAIM larining o’sish darajasidan ancha ortda qoldi: Muhim iste’mol bozorlaridagi o’zgarmas inflyasiya darajasi hamda bir nacha yillardan byeri birinchi bor ko’rsatilgan ta’rif keliShuvlari shaxsiy iste’molga katta ta’sir o’tkaza olmadi. Germaniyada shaxsiy iste’mol 2.0% ni tashkil etib. sal pastroq (2.3%) ko’rsatgichga yerishdi.
2012 yilning makroiqtisodiy ko’rsatgichlari bunday bo’lishiga qaramasdan. turizmdagi ahvol umumiy kon’yunktura taraqqiyotidan ancha farq qilmoqda. Chunki Germaniyada sayyohlik harajatlarining o’sishi shaxsiy iste’molnikidan ikki marotaba ortiq bo’ldi. ya’ni 5.0%. Ayni vaqtda ta’til sayohatlari boshqa iste’mol mollariga nisbatan konyunkturaga unchalik bog’liq emas. “Ta’til” iste’mol mahsulotiga bo’lgan talabning tobora ortib borishi olinayotgan daromad tarkibida sayohat harajatlari salmog’ining ortishiga olib keldi. Bunday baho quyidagi sabablarga ko’ra byerilgan: shaxsiy uy xo’jaliklarining uzoq muddatli maishiy tovarlari bilan yuqori darajada jihozlanganligi; ta’til sayohatining mohiyati nuqtai nazaridan yagona xollarda uchrab. saqlab qo’yish imkoniyati bo’lmagan va ehtiyojlar shkalasida yuqori ahamiyatga ega bo’lgan sarguzasht ekanligi; shaxsiy uy xo’jaliklari daromadining oshganligi.
Ichki turizmdagi aylanmalar va nemis xalqining xorijda sarflagan valyuta mablag’lari miqdori 158 mlrd. Doych markani tashkil etmoqda. Shuning uchun ham. Germaniya aholisi xalqaro sayohat almashinishida eng ko’p sof valyuta etkazib byeruvchi manba hisoblanadi. Ularning xorijiy sayohatlar uchun sarf harajatlari shaxsiy iste’molning 4.2%ni tashkil etadi. Nemis turistlarining xorijda qiladigan harajatlari miqdori 2010 yil 47.6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib. yana bir bor rekord darajasiga etdi. Turizmning kon’yunkturasining ijobiy tomonga o’zgarishining yana bir sababi yakka xoldagi sayohatga nisbatan pekij turlar raqobatbardoshligining oshib borishidir. Bunga sabab mijozga yo’naltirilgan narx-xizmat munosabatining ustunligi. qisqa muddatli davomiylik. qulaylik. tavakkalchilikning kamligi hamda kuchli va sifatli xizmatni kafolatlovchi firmalar orqali farqli strategiyalarning ishlab chiqilganligi. deb hisoblanmoqda. Bu rivojlanish deyarli barcha Yevropa bozorlarida tashkil etiladigan sayohatlar salmog’ining umumiy turizm bozorida ortishi bilan ko’zga tashlandi. Masalan. 1980 yili nemislarning deyarli chorak qismi tashkiliy ravishda sayohatga chiqqan bo’lsa. 2010 yil esa ularning soni deyarli 2 marotaba ortdi. 1980 yili 26%ni tashkil etgan bo’lsa. 2010 yilga kelib 50%ni tashkil etdi. Hozirgi kunda Yevropa mintaqasi zamonaviy turistik markazlardan biri bo’lib hisoblanadi.