Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet88/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Biznes – safar geografiyasi. Har yili dunyoda 100 mln. dan ziyod biznes – safarlar amalga oshadi. Ularning hududiy taqsimlanishi juda ham notekisligi bilan harakterlanadi. Turistik oqimlarning katta qismi xizmat maqsadlarida Yevropaga yo’naladi. Yevropa qit’asida ishga aloqador safarlarda biznesmenlar xizmat safari, kongresslar turlari, ko’rgazma va yarmarkalarga borish, firmalar xodimlari uchun insentiv – turlar ustun turadi.
Ishga aloqador turizmga harajatlar va kelishlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallagan holda Yevropa asta-sekin turistik bozorning yetakchilik mavqiyeni yo’qotmoqda. Ishga aloqador turizm o’sish sur’atlari bo’yicha u dunyoning boshqa hududlaridan orqada qolmoqda, qolganda ham ular o’rtasida oraliq uzayib borayapti. Iqtisodiy pasayish sharoitida kompaniyalar qat’iy iqtisodiy siyosatga o’tdilar. Ular xizmat safari sonini qisqartirdilar. Bir necha safarlarni bittaga birlashtirdilar. Ko’pchilik masalalarni joyida hal etish uchun aloqalar tizimiga takomillashtirishlar kiritdilar. Joylashish vositalarida arzon bronlashtirishlarni qidirdilar, aviabiletlarni chegirma bilan sotib olaboshlashdilar. Yevropaliklardan farqli ravishda amerika firmalari moliyalashtirish, hajmini oshirib boradilar. Beqaror iqtisodiy aqvolga qaramay, ular safarlarning ishga daxldor qismiga harajatlarni ko’paytirdilar. Biznesmenlar dam olishlari va ko’ngil xushliklarni tashkil etish uchun tejamkorlik bilan ish ko’rildi. Xizmat maqsadlarida sayohatga chiquvchi tipik erkak – bu o’rta yoshdagi oliy ma’lumotli erkak malakali mutaxassis yoki rahbar xodim, ishga aloqador turizm uchun majburiy shartlardan biri albatta ingliz tilini bilish hisoblanadi.
Kongress – ko’rgazma geografiyasi. Ish yuzasidan sayohatlar bozori dinamik segmentida kongress – ko’rgazma turizmi ko’proqdir. Dunyoda simpoziumlar, konferensiyalar, kengashlar, seminarlar va shuningdek ko’rgazma va yarmarkalarga qiziqish ortib bormoqda. Biznesmenlar va olimlar eng yangi axborotlar olish, hamkasblari bilan uchrashish, fikr almashinish, muzokoralar olib borish, odatiy vaziyatdan biroz, bo’lsada dam olish va taklif qilinayotgan madaniy dasturlar bilan tanishish uchun forumlarda ishtirok etadilar.
Agar XX asrning 30 – yillarida har yili 200 ga yaqin xalqaro konferensiyalar o’tkazilgan bo’lsa, so’nggi yillarga oxiriga kelib kongressli tadbirlar yiliga 8 mingdan oshib ketdi. Ularning asosiy qismi – 80 % G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlariga to’g’ri keladi. Xalqaro simpozumlar va kengashlar soni bo’yicha birinchi uch o’rinni AQSH, Fransiya, Buyukbritaniya mustahkam egallab turibdi. To’rtinchi o’rindagi Germaniya o’zining ko’rgazma va yarmarkalari bilan mashhur. Ularning mashhurligi ushbu bu mamlakatlar ko’pchilik sanoat tarmoqlarida qulay kon’yunktura, investitsion tovarlarga talab kattaligi va infratuzilma taraqqiy etganligi bilan izohlanadi.
Germaniya keyingi ikkinchi ming yillik yakuni – Butunjahon ko’rgazmasini o’tkazish huquqini qo’lga kiritdi. “Yekspo – 2000” 2000 yil 1 iyunda mashhur kongresslar va ko’rgazmalar va ko’rgazmalar markazi – Gannoverda ochildi. Unda 189 mamlakat ishtirok etdi. Ular namoyish qilgan eksponatlar 53 pavilonda 170 gektar maydonni egallaydi. «Yekspo» an’anaviy tushunchadagi ko’rgazma emas. Uning tashkilotchilari fikrlariga ko’ra, bu ochiq osmon ostidagi ulkan teatrdir. Maydonning asosiy qismini “Insoniyat – tabiat – texnologiya” mavzusidagi ekskursiyalar egallaydi. Uning ishtirokchilari fantaziyasi va ijodkorliklari tufayli tashrif buyuruvchilar zamon va makonga sayohat qiladilar, xayolat dunyosiga sayr qiladilar. “Yekspo – 2000” o’tkazilgan kunlar madaniy va sport voqealariga boy bo’ldi.
Kongresslar – yarmarkalar faoliyatida yirik markazlar bo’lib Yevropa va Amerikada Amsterdam, Barselona, Bryussel, Vashington, Vena, Jeneva, Kopengagen, London, Madrid shuningdek Parij va Strasburg hisoblanadilar. Har yili davlatlar boshliqlari va ishbilarmon doiralar vakillari Davos (Shveysariya)ga tashrif buyuradilar. Bu yerda jahon xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha muhim masalalar muhokama qilinadigan forum o’tkaziladi. Mazkur shaharlar xorijiy mehmonxonalarning vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun yetarli moddiy – texnik bazaga, katta imkoniyatlarga ega. Konferensiyalar kongress markazlarda, mehmonxonalar, teatr va konsert zallarida universitetlar va boshqa o’quv muassasalarida o’tadi. Keyingi yillarda xalqaro tadbirlar tez-tez tarixiy ahamiyatga molik binolarda, va noan’anaviy inshootlarda o’tkazilmoqda. Kongresslarni kemalarda o’tkazish ham mashhur bo’lib bormoqda.
Ixtisoslashgan turistik ko’rgazmalar va birjalar ham alohida ko’rib chiqishga arziydi. Ular 30 yildan buyon o’tkazib kelinadi va turistik mahsulotlar harakati uchun alohida ahamiyatga ega. Ularning soni tobora oshib borayapti. Faqat Yevropada har yili 200 dan ortiq xalqaro turistik ko’rgazmalar va birjalar tashkil etilmoqda. Xalqaro turistik birja (Internatonal Tourismus Borse, ITB) eng yirigi hisoblanadi va Berlinda o’tkaziladi. 1998 y. unda jahonning 188 mamlakatidan 7 mingdan ko’proq eksponentlar ishtirok etishdi. «Mekke - Berlin» ko’rgazma kompleksida yangi ishtirokchilar – Armaniston, Tojikiston, Turmanistonning kamtarona stendlari va jahon turizm bozori yetakchilari – Germaniya, AQSH, Fransiya, Ispaniya pavilonlari joylashtirildi. Birjaning besh ish kuni mobaynida 55 ming turizm industriyasi mutaxassislari va ko’psonli sayohat ishqibozlari kelib ko’rdilar.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish