Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet34/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Xalqaro turizm - bu bir davlatdan boshqa davlatga uyushtiriladigan sayohatdir. U viza, meditsina tekshiruvi, valyuta almashtirish va boshqa ko‘pgina tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro turizm ma’lum maqsadda uyushtirilgan marshrut yo‘nalishi asosida guruh yoki yakka tartibda kechishi mumkin. Bunda eng avvalo sayyohlar Shu davlatning o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy obida va shaharlari, madaniyati, san’ati, urf odati bilan tanishish hamda boshqa betakror turistik ob’ektlaridan zavq olishdan iboratdir. Shuningdek, xalqaro turizm sport musobaqalari, ilmiy anjumanlar, konfyerensiya, madaniy aloqalar, diniy marosimlar (masalan, haj safriga borish) bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Xalqaro turizm juda qadimdan rivojlanib kelgan. Chunki o‘sha davrda mamlakatlar o‘rtasida aniq chegaralar bo‘lmaganligi, bir davlatdan ikkinchi davlatga, shaharlardan-shaharlarga borish hech qanday qiyinchiliklar tug‘dirmagan. Ayni vaqtda shu davlatning hududida joriy etilgan tartib qoidalarga qat’iy rioya qilinganligi uchun savdo-sotiq, madaniyat, san’at va fanning dunyo miqyosida yoyilishida turizmning ahamiyati katta bo‘lganligi tarixdan ma’lumdir.
Kasbiy sayohat qadimdan rivojlangan bo‘lib, hozirgi paytda ham bu sayohat eng ananaviy va faol hisoblanadi. Kasbiy, jumladan, ilmiy sayyohlik olimlar, ilm namoyondalari va boshqa kasb egalari tomonidan biror hudud, mintaqaning tarixiy, arxeologik joylarini tekshirish, aholisi, etnografiyasi, madaniyati va san’atini o‘rganish hamda ilmiy anjumanlar, hamkorlikdagi ilmiy ishlarni bajarish, malaka oshirish yuzasidan qilgan safarlarining turizm bilan aloqadorligidir.
Sog‘lomlashtirish, sog‘liqni tiklash turizmi bevosita rekreatsiya turizmi bilan bog‘liq bo‘lib, kishilarning mehnat ta’tili vaqtlarida o‘z salomatligini va ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan faoliyatdir. Sanatoriya-sog‘lomlashtirish rekreatsiya majmuiga kurort deyiladi. “Kurort” so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, u “davolanadigan joy” ma’nosini anglatadi.
Diniy turizm halqlarning o‘z diniga bo‘lgan xurmati va e’tiqoti nuqtai nazaridan muqaddas qadamjoylar, shaharlar, qabriston va aziz sanalgan maskanlarga ziyorat qilishdir.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish