Adabiyot[tahrir]
Krukovskaya S. M., Iskandar Ikramov, T., 1967; Kitob naqqoshi, T., 1993.[1]
Aleksey Nikolayevich Ivanov
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Aleksey Nikolayevich Ivanov (1905.1.8, Ulyanovsk - 1987.24.5, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (1955). Samara badiiy texnika ustaxonasida ishlagan (1919— 20). 1929 y. dan Samarkandda, keyinroq Toshkentga kelib, ijodiy ish bilan shugʻullangan. Ilk asari — "Kitob ushlagan oʻzbek qizi" (1937). Asarlarini asosan gipsda ishlagan: "Shaxtyor" (1947), "Zveno boshligʻi" (1953), "M. Turgʻunboyeva" (1955), "Ibn Sino" (1956) va b. haykallari, Mehnat Kahramonlari (M. Ubaydullayeva, O. Yoʻldosheva, N. Niyozov, H. Tursunqulov va b.) portretlari ustida ishlagan; 50—60y. larda mehnat ahli aks etgan haykallar ("Poʻlat quyuvchi", "Choʻpon", "Payvandchi qiz" va b.), H. Olimjon byusti (bronza, 1958) ni yaratdi. [1]
Jalil Hakimov
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Hakimov Jalil (1920. 16.5 - Toshkent — 1980.29.10) — naqqosh. Toshkent naqqoshligining yirik vakili; Oʻzbekiston xalqrassomi (1969). Toshkent badiiy oʻquv-ishlab chiqarish k-tida Olimjon Qosimjonovsgn taʼlim olgan (1935—38). 1948 yilgacha umumiy taʼlim maktablarida oʻqituvchi, 1948 yildan Ostrovskiy nomidagi pi-onerlar saroyida toʻgarak rahbari, 1951 yildan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida naq-qoshlikdan dars bergan. H. qogʻoz, yogʻoch, ganchga boʻyama naqsh ishlash sanʼati (ay-niqsa handasiy naqshlar yechimi)ni puxta egallagan, usta ijodida gulli girihni koʻp qoʻllab ajoyib bezaklar ishlagan; u yaratgan naqshlar, mujas-samotlar aniqligi, mayda qismlarga boyligi, oʻziga xos yorqin yashil rangli koloriti, ranglar uygʻunligi hamda nafosati bilan diqqatga sazovor. Toshkentdagi "Moviy gumbazlar" choyxonasi (1970); Toshkent markaziy univer-magi (1971), Toshkent vokzali (1978) va boshqa jamoat binolaridagi naqshin bezaklar ustaning mahoratidan darak beradi. H., shuningdek, meʼmoriy obi-dalar (Amaliy sanʼat muzeyi binosi va boshqalar)ni taʼmirlashda qatnashgan. H. bezagan xontaxta, kursi, quticha va boshqa buyumlar respublika va chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda namoyish etilib, yuqori baholangan. Ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi. H. koʻplab shogirdlar (A. Ilhomov, K. Karimov, M.Toʻrayev va boshqalar) yetishtirgan.
Jalolov Bahodir Fazliddinovich
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Do'stlaringiz bilan baham: |