Bekor qilish to‘g‘risida bildirish
shartnomani bekor qilish yoki to‘xtatish to‘g‘risida bir tomon ikkinchi tomonga yozma xabar berishi muddatlarining shartlarini belgilaydigan sug‘urtalash yoki qayta sug‘urtalash shartnomasining bandi.
Benefitsiar (Naf oluvchi)
sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta polisida sug‘urta qoplamasini yoki sug‘urta summasini oluvchi deb ko‘rsatilgan uchinchi shaxs.
Birinchi qaltislik tizimi
sug‘urta ta’minotining tashkiliy shakli. Haqiqiy zarar miqdorida, ammo tomonlar belgilab olgan sug‘urta summasidan ortiq bo‘lmagan sug‘urta qoplamasi, ya’ni sug‘urta summasi doirasida zararning butun hajmi qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |