Bolalar sug‘urtasi
bolaning yoki voyaga etmaganning (18 yoshga etmagan) hayoti sug‘urta ob’ekti bo‘lib hisoblanuvchi sug‘urta turi.
Bosqinchilik
hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘ravonlik ishlatish yoki u bilan qo‘rqitish yo‘li bilan birovning mulkini o‘g‘irlash maqsadida qilingan hujum.
Boshqa shaxslar hisobiga sug‘urtalash
biron bir shaxs tomonidan boshqa shaxsning manfaatlarini sug‘urta qoplamasi bilan ta’minlash maqsadida tuzilgan sug‘urta shartnomasi.
Bosh polis
kelishilgan shartlarda sug‘urtalanuvchi barcha ma’lum turdagi qaltisliklarini sug‘urtalovchida sug‘urtalash majburiyatini olishi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi. Masalan, kelishilgan vaqt mobaynida sug‘urtalanuvchi tomonidan jo‘natiluvchi va qabul qilib olinuvchi yuklar bir sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanishi shart, u esa sug‘urtalanuvchining barcha ko‘rsatilgan qaltisliklari, jumladan sug‘urtalash uchun O‘z vaqtida taqdim etilmagan qaltisliklari bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga oladi. Odatda, bir yil muddatga tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |