A ta’limiy: O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikning fanining tarixiy zaruriyati hamda uning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berish va o’rgatish. B tarbiyaviy



Download 2,44 Mb.
bet57/112
Sana18.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#452706
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
Bog'liq
10-sinflar uchun ChQBT fanidan tayyor dars ishlanma

T/r

Darsning elemenlari

Davomiyligi

1.

Tashkiliy qism

12- min

2.

Yangi mavzu bayoni

20 min

3.

Yangi mavzuni mustahkamlash

5- min

4.

Darsni yakunlash va baholash

5- min

5.

Uyga vazifa berish

3- min

Jami:

45 min

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni: O‘t ochish pozitsiyasi — bu askar bilan dushmanning jang olib borish joyi yoki joy uchastkasi. O‘t ochish pozitsiyasi joyga bog‘liq holda tanlab olinadi va u askar tomonidan shunday tanlab olinishi (yoki komandir ko‘rsatishi) kerakki, u yerdan oldinda turgan dushman kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan joy yaxshi ko‘rinsin. Joy o‘qotar qurolning ta’sirli o‘q uzish uzoqligida ko‘rinib turishi kerak. Agar oldinda ochiq joyda jangovar harakatlar olib borish turgan bo‘lsa, askar unga ko‘rsatilgan o‘t ochish pozitsiyasi joyini diqqat bilan o‘rganib chiqishi lozim. O‘t ochish pozitsiyasi dushman olovi ostida egallanishi mumkin. Dushman olovi ostida yotib otish uchun bir kishilik okop qazish quyidagicha bajariladi: tanlangan joyda askar qurolini o‘zidan o‘ngroqqa, cho‘zilgan qo‘l uzoqligida stvolning og‘zini dushmanga qaratib, yerga qo‘yadi; chap biqinga yonboshlab, piyodalar kuragini g‘ilofdan chiqaradi; keyin kurakning dastasidan ikki qo‘llab ushlab, o‘ziga qarab urib, chimni kesadi Chimni olib bo‘lib, uni yoniga qo‘yadi, okopni qazib, uni brustverni niqoblashga ishlatish mumkin bo‘lishi uchun tuproq boshidan oldinga, keyin esa yon tomonga tashlanadi, u o‘qlar, snaryad yoki mina parchalaridan saqlanishni ta’minlaydi. Ishlash paytida bosh imkon qadar yerga yaqinroqda ushlanishi kerak, chunki dushmanni uzluksiz kuzatib turishi lozim. Okopning old qismini 20 sm.cha qazib, askar ozgina orqaga siljiydi va qolgan qismini qazishni davom ettiradi. Okop kengligi 60 sm, uzunligi esa 170 sm bo‘lishi kerak. Ish oxirida brustver joyning muhiti rangiga moslab niqoblanadi. Agar dushman faollik ko‘rsatmasa, okopni jihozlash ishlari davom ettiriladi, u tizzalab otish uchun 60 sm.ga chuqurlashtiriladi va moslashtiriladi (50-rasm), keyin esa turib otish uchun 110 sm.gacha chuqurlashtiriladi.
Qulay sharoitlarda, ayniqsa, dushman o‘zini passiv ko‘rsatganda, guruh komandirining ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki mustaqil ravishda bir kishilik okoplar guruh pozitsiyasiga o‘zaro birikadi va ular to‘liq profilga (ko‘rinishga) yetkaziladi. Shu maqsadda askar okopdan chiqmasdan, o‘zining chapdagi qo‘shnisiga chiqish uchun birlashtiruvchi yo‘l qaziydi. Ish tartibi bir kishilik okop qazitish tartibi bilan bir xil. Agar okop oldida buta yoki baland o‘tlar bo‘lsa, ko‘rinishni yaxshilash va otish uchun ulardan tozalanadi, biroq buni dushman sezmasligi kerak. Bulardan tashqari, tungi jang oldida mo‘ljallagichsiz otishga avtomatlar va pulemyotlar shay holatga keltiriladi.
Okopdan o‘t ochishda, askarning xavfsizligini ta’minlash uchun mahalliy predmetlar (qurigan o‘t, shox-shabba va shu kabilar)dan foydalaniladi, joy tusiga moslashgan niqoblash to‘rlarini ham ishlatish mumkin. Okopning old qismidagi otish sektorini tozalash kerak, bu yerdan askar hujumga yotgan dushmanga qarata o‘t ochadi hamda jang maydonini kuzatib boradi.Dushmanning tanki yaqinlashishiga qarab, unga granatomyotning haqiqiy o‘t ochish uzoqligida RPG-7 bilan zarba beriladi.
Merganlar tank va bronetransportyorning otish qurilmalariga uni ishdan chiqarish maqsadida o‘t ochishadi.
Dushmanning tanki yaqinlashishiga qarab, granataning haqiqiy o‘t ochish uzoqligida tankka qarshi undan foydalaniladi. Mudofaaning oldingi marrasidagi transheyaga tanklar tushsa, ular tanklar ustiga otiladigan granata bilan zararlantiriladi.
Tanklar va boshqa harakatlanayotgan zirhli obyektlarga qarshi kurash minalar yordamida olib borilishi mumkin. Joylarda, tankka qarshi minalarni, mina g‘ovlari o‘rnatadigan mashina yordamida, askarlar esa qo‘lda o‘rnatadilar.
Dushmanning zirhlangan mashinalari kuzatish asboblariga pulemyotchi va mergan ham o‘t ochib kurashishi mumkin. Alohida hollarda guruh komandirining buyrug‘i bo‘yicha tanklar bilan kurashish uchun askar tayinlanadi. U joy relyefidan foydalanib, guruh olovi yoki to‘pchilar ostida qo‘l granatasi bilan tanklarga yaqinlashgan holda ularni yo‘q qiladi.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish