Taktik-texnik tavsifi. Tank og‘irligi — 37000 kg. Dvigatelning eng yuqori quvvati — 580 ot kuchi, tuproq yo‘lda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 22—27 km/s, shosseda 32—35 km/s, shossedagi eng yuqori tezligi — 50 km/s, shossedagi yurish zaxirasi — 450 km, tuproq yo‘lda — 320 km, o‘ta oladigan to‘siqlari: eng yuqori ko‘tarilish burchagi — 32°, eng katta kren — 30°, chuqurlik kengligi — 2,85 m, devor balandligi — 0,8 m, o‘ta oladigan suv havzasi chuqurligi — 1,4 m.
T-72. Quvvatli qurol-aslahaga, ishonchli zirhli himoyaga va yuqori manyovrchanlikka ega bo‘lgan jangovar zanjirli mashina. tank ekipaji 3 kishidan iborat. Tank ikki tekislikda bir xil to‘g‘rilanuvchi 125 mm silliq devorli to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti va 12,7 mm kalibrli zenit pulemyoti bilan qurollangan (25-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |