Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.
T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
12- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
5- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
5- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
3- min
|
Jami:
|
45 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
Trevoga e’lon qilinganda, yong‘in paytida, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar, boshqa vzvoddagi harbiy xizmatchilar kelganda, vzvod komandirini chaqirishda posbonning xatti-harakatlari Vzvod bo‘yicha navbatdagi posbon kazarma xonasi ichkarisida kirish eshigi oldida, qurol saqlash uchun xona yaqinida xizmatni o‘taydi. Xizmat burchini o‘tash uchun alohida joy jihozlanadi. Jihozlanishga quyidagilar kiradi:
-vzvod bo‘yicha navbatchining hujjatlar stendi;
-yog‘ochdan tayyorlangan tumbochka, telefon;
-O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Nizomlari va o‘t o‘chirish anjomlari. Navbatchining hujjatlarida quyidagilar yoritilishi kerak:
-vzvod bo‘yicha navbatchi va posbonlarning yo‘riqnomalari;
- trevoga sodir bo‘lganda yoki yig‘in e’lon qilinganda yoki yong‘in
chiqqanida ko‘riladigan tadbirlar yo‘riqnomasi, kun tartibi;
- vzvod harbiy xizmatchilarining, kazarmadan tashqarida yashovchilarning ro‘yxati, uy manzili, telefonda chaqirish turlari;
- vzvodga biriktirilgan hudud o‘ramini tozalash sxemasi;
-ertalabki badantarbiya o‘tkazishda askarlar kiyimi namunalari;
- navbatchilikni qayd qilish kitobi, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar berishni ro‘yxatga olish kitobi;
-vzvod bo‘yicha kasallarni yozish daftari;
-harbiy qism bo‘yicha navbatchi va o‘t o‘chirish komandasining telefon raqamlari bo‘lishi shart.
Trevoga e’lon qilinganda, yong‘in paytida, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar, boshqa vzvoddagi harbiy xizmatchilar kelganda, vzvod komandirini chaqirishda posbonning xatti-harakatlari Bu o‘quvchilar bilan amaliy bajariladi. Vzvodda trevoga e’lon qilinganda, posbon namunali komanda bo‘yicha «Vzvod, trevoga», deb harbiy xizmatchilarni chaqiradi. Agar yong‘in sodir bo‘lsa, «Vzvod, yong‘in» komandasi berish bilan ogohlantiriladi. Vzvoddagi shaxsiy tarkib uyquga yotish oldidan esa «Vzvod, uyquga» komandasini, tong saharda uyqudan uyg‘otish uchun esa, «Vzvod, uyg‘onsin» komandalari beriladi. Vzvodga to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar kelsa, «Rostlan. Vzvod navbatchisi eshikka» komandalari beriladi. Bu komandalar vzvod komandiri kelganda ham xuddi shunday
beriladi. Vzvod shaxsiy tarkibi uyquga ketgan vaqtda, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar kelib qolganda «Rostlan» komandasi berilmasdan, vzvod bo‘yicha navbatchi chaqiriladi. Vzvod komandiri biron-bir harbiy xizmatchini yo‘qlaganda, posbon chaqiruv komandasini beradi. Masalan, «Oddiy askar Soliyev, vzvod komandirining oldiga». Vzvodga uch nafargacha posbonlar tayinlanib, dam olayotgan posbonlar esa, kazarma xonalarini ozoda, sarishta holatga keltirib boradilar. Vzvoddagi navbatchi kunduzi dam olayotgan vaqtida, uning vazifasini vaqtincha vzvod posbonlaridan biri bajarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |