Masalan: Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni tashkil etadi.
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obyektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko‘rsatkichi hamda asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo‘yicha amortizatsiyani bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya meyori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko‘paytirilali. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi.
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obyektning foydali xizmat muddatidan kelib
chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to‘g‘ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya meyori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.
5.1-jadval
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
Amortizatsiya ajratmalari davri
|
Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymat
|
Amortizatsiyaning yillik summasi
|
Тo‘plangan amortizatsiya
|
Balans qiymati
|
1-yil oxiri
|
1 100 000
|
40% x 1100000= 440000
|
440 000
|
660 000
|
2-yil oxiri
|
1 100 000
|
40% x 660000= 264 000
|
704 000
|
396 000
|
3-yil oxiri
|
1 100000
|
40% x 396000=158 400
|
862 400
|
237 600
|
4-yil oxiri
|
1 100000
|
40% x 237600=95 040
|
957440
|
142 560
|
5-yil oxiri
|
1 100 000
|
(40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida") 1000000-57440= 42560
|
1000 000
|
100 000
|
|
|
|
|
|
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun amortizatsiya me‘yori amortizatsiya muldatining oxirigacha qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to‘liq yillar raqami (soni)ni amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanali.
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hamda mahrajida obyektning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) va suratida obyektning foydali xizmat muddati yillari yig‘indisi bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil etadi.
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
5.2-jadval
Amortizatsiya ajratmalari davri
|
Amortizatsnya kilingan kiymat
|
Amortizatsiyaning yillik summasi
|
Тo‘plangan amortizatsiya
|
1-yil oxiri
|
1000 000
|
(5/15x1000000)= 333333,3
|
333333,3
|
2-yil oxiri
|
1 000 000
|
(4/15x1000000)= 266666,7
|
600000,0
|
3-yil oxiri
|
1 000 000
|
(3/15x1000000)= 200000,0
|
800000,5
|
4-yil oxiri
|
1000 000
|
(2/15x1000000)= 133333,3
|
933333,3
|
5-yil oxiri
|
1000 000
|
(1/15x1000000)= 66666,7
|
1000000,0
|
Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so‘mga teng bo‘lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yo‘li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya meyori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |