Diskontlangan qiymat – joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo‘llash orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini hisoblash.
Diskontlangan xarajatlar – joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsiyenti orqali aniqlangan kapital quyilmalar bo‘yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.
Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo‘jalik yurituvchi subyektning nol darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati. Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |