A qodiriy nomidagi



Download 1,09 Mb.
bet65/196
Sana06.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#324442
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196
Reja:

1. O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishning asosiy omillari

2. Ta’lim sifatiga yondashuv tushunchalari

3. Ta’lim muassasalari o‘quv faoliyatining sifati



4. “Ta’lim sifati” tushunchasi va uning yo`lga qo`yilishi.
O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishning asosiy omillaridan biri komil inson tarbiyasida “Shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi“dir. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.

Dunyodagi barcha ta’lim muassasalari jamiyat, davlat hamda shaxs talablariga javob beruvchi o‘zining ta’lim sifati tizimini yaratmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, sifatni ta’minlashning milliy tizimi oliy ta’lim sifatini baholash metodlari hamda komponentlari bir-birlari bilan aniq me’yor va mexanizmlar asosida bog‘liq bo‘lib, natijada yaxlit ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yaratishga asos bo‘ldi.

Hozirgi paytda jahonda quyidagi tushunchalar asosida ta’lim sifatiga yondashiladi:

1) sifatli o‘quv jarayonini tashkil qilishda o‘qituvchi kompetensiyasini rivojlantirish;

2) ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda o‘qituvchining layoqatini oshirish;

3) ta’lim-tarbiya sifatining mahsulasi - natijani qo‘lga kiritish va boshqalar.

Ta’lim muassasalari o‘quv faoliyatining sifati o‘quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o‘quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki taxsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog‘liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmokda.

Birinchi yurtboshimiz o‘zining qator nutqlari va asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga to‘xtalganda, o‘qituvchilarni e’tibordan chetda qoldirmaydi. «Barkamol avlod -O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida so‘zlagan nutqida jamiyatimizda ta’lim berish tizimi, yangilanish jarayoni talablari bilan yakindan bog‘lanmaganligi sabablaridan biri o‘qituvchiga borib takalishini aytib utadi: «Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy ta’lim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu erda. O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak»2. Demak, “Ta’lim sifati” tushunchasi o‘qitish va ilmiy tadqiqot ishlarini, ta’lim muassasalarini boshqarish sifatiga qo‘yilgan talablarni bajarish, uzluksiz ta’lim muassasalarining jamiyatga ko‘rsatadigan barcha xizmatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ta’lim muassasalari tomonidan o‘zlarining faoliyatlari sifatini oshirish birinchi navbatda, uzluksiz ta’lim muassasasalariichki boshqaruv tizimi sifatini oshirish bilan ham belgilanadi.

Ta’lim sifatini boshqarish - ta’lim jarayoni sifatini loyihalashtirish, unga erishish va qo‘llab-quvvatlash hamda uni amalga oshirish, natijalarini ta’minlashdan iboratdir. Ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi- turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot gexnologiyalarini ta’limga joriy etishda o‘z ifodasini topadi. Ma’lumki, hozirgi davrda yoshlarning kasbiga oid bilimlarini hayotda qo‘llay olishlari uchun keng imkoniyat yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifa ta’lim sifatini yuksak darajada ko‘tarishni, puxta va bilimli raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashni, boshqacha qilib aytganda, ta’lim va tarbiya tizimida kompetensiyali, malakali kadrlarga bo‘lgan extiyojni qondirish masalasini talab qiladi.

Demak, bugungi kunda jahon andozalariga tenglashtirilgan ta’lim sifat tizimi asosida mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda o‘qituvchidan ta’lim berishda yuksak mahorat talab etiladi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish