A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorligining yangi bosqichi (Prezident Islom Karimovning 2005 yil 29-30 iyundagi Rossiyaga qilgan safarining ahamiyati)



Download 6,84 Mb.
bet78/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorligining yangi bosqichi (Prezident Islom Karimovning 2005 yil 29-30 iyundagi Rossiyaga qilgan safarining ahamiyati). Mustaqillik yillarida MDH davlatlari orasida eng qudratli, katta salohiyat va ulkan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmish Rossiya bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish O‘zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida bo‘ldi. SHu boisdan ham Prezident I.Karimov "Rossiya Federatsiyasi bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish O‘zbekiston uchun juda muhim va biz bu maqsadimizga erishish uchun bor kuchimiz va imkoniyatlarimizni ayamaymiz", degan edi.
O‘zbekiston Rossiya o‘rtasidagi aloqalar quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan:
1) 1995 yil 27-28 iyunda Rossiya hukumati raisi Z.CHernomirdin O‘zbekistonga kelgan edi.
2) 1997 yil 28 myrtda Rossiya Prezidentining Kremlda MDH davlat boshliqlari bilan uchrashui bo‘lib o‘tgan edi.
3) 1998 yil 11-12 oktyabrda Rossiya sobiq prezidenti B.Elsin bilan Islom Karimov Toshkentda uchrashdilar.
4) 1999 yil 2 aprelda MDH davlat rahbarlari Moskva uchrashuvi o‘tkazildi. So‘ngi yillarda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga sherikchilikning mustahkamlanishi, o‘sib borayotgan dinamiklik xos ekanligi qoniqish bilan qayd etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 iyunda Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari strategik sherikchilik tamoyillari asosida rivojlanib borayotgani, mamlakatimiz o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi hamkorlik keng ko‘lamda tarakqiy etayotgani ta’kidlandi. Prezidentlar o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Hamkorlikni kengaytirish borasida tomonlarning hamfikrligi, qarashlarning mushtarakligi muhim ahamiyatga ega ekanigi qayd etildi.
Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari Islom Karimov va V.Putinning diqkat markazida bo‘ldi. O‘zbekiston rahbari Rossiya Prezidentiga 2005 yil 13 may kuni Andijon shahrida ro‘y bergan fojiali voqealar hamda ushbu jinoyat yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari haqida so‘zlab berdi. Rossiya rahbariyati ushbu muammoga xolis yondashganini, vaziyatni to‘g‘ri baholaganini ta’kidladi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, Rossiya O‘zbekistonning muhim strategik hamkorliklaridan biridir. Ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalardagi aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda. 2004 yili O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi I milliard 641,9 million, 2005 yilning birinchi choragida esa 428,7 million AQSH dollarlariga teng bo‘ldi. Mamlakatimizda Rossiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan 360 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2004 iil Toshkentda ikki davlat prezidentlari imzolagan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma bu sohadagi hamkorlikning yanada rivojlanishida yangi bosqich bo‘ldi. Har ikkala mamlakat Prezidentlari o‘zaro hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqboli haqidagi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda birgalikdagi harakatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qildilar.
SHuni ham ta’kidlash joizki, Rossiya bilan O‘zbekiston SHanxay Xamkorlik tashkilotining a’zolari bo‘lib, bu davlatlar birgalikda xalqaro terorizmga, diniy ekstremizga, separatizm kaby "Xizbut-tahrir" oqimlariga birgalikda kurash olib bormoqdalar.


MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR

  1. O‘zbekiston davlatining jahon hamjamiyati bilan aloqalari qanday huquqiy va amaliy prinsiplarga tayanadi?

  2. Prezident Islom Karimovning mustaqil O‘zbekistonni jahon hamjamiyati bilan tanitishda, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda qanday roli bor deb bilasiz?

  3. Demokratik tartibotlar va uning asosiy yo‘nalishlarini gapirib bering?

  4. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-asoslarini bayon eting?

  5. Mustaqil O‘zbekiston dastlab va keyinchalik qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi?

  6. O‘zbekiston – AQSH strategik hamkorligining o‘ziga xos tomonlari nimalarda?

  7. Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarda demokratik institutlarning qanday roli va o‘rni mavjud?

  8. O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini gapirib bering?

  9. O‘zbekistonning yaqin va o‘rta SHarq, arab mamlakatlari bilan qanday o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan?

  10. Xalqaro terrorizmga birgalikda kurashda O‘zbekistonning roli qanday?


Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish