A qodiriy nomidag jizzax davlat pedagogika instituti biologiya va uni o


-Amaliy mashg’ulot: BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING UMUMIY TAMOYILLARI



Download 5,19 Mb.
bet72/144
Sana06.07.2022
Hajmi5,19 Mb.
#751683
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   144
Bog'liq
A qodiriy nomidag jizzax davlat pedagogika instituti biologiya v

4-Amaliy mashg’ulot: BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING UMUMIY TAMOYILLARI.


Darsning maqsadi: 1) talabalarni birinchi tibbiy yorgamning umumiy tamoyillari va jabrlanuvchini birlamchi ko’zdan kechirish va uning hayoti uchun xatarli bo’lgan holatida unga birinchi yordam ko’rsatish. haqida tushunchalar berish.
2) mavzuni yangi innovatsion texnologiyalar ( o’z o’rnini top, QQQ, BBB usuli, insert jadvali, muammoli masala, test ) usullarni qo’llagan holda yoritiladi
Darsning ta’minoti: tablisalar, tarqatma materiallar

I-Guruh
Shoshilinch vaziyatlarda birinchi yordam ko’rsatishning to’rt qoidasi mavjud bo’lib, ularni birin-ketin amalga oshirish lozim:


1. Hodisa ro’y bergan joyni ko’rib chiqish.
2. Jabrlanuvchini birlamchi ko’zdan kechirish va uning hayoti uchun xatarli bo’lgan holatlarda unga birinchi yordam ko’rsatish.
3. Tez yordamni chaqirish.
4. Jabrlanuvchini ikkilamchi ko’zdan kechirib, zarur bo’lsa, yana yordam ko’rsatish. Uni uzluksiz kuzatib turib, tez yordam kelguncha xotirjam qilib turish.
Shoshilinch vaziyat ekanligi aniqlangan zahoti diqqat bilan ko’zdan kechiriladi va quyidagilarni aniqlashga harakat qilinadi:
1. Hodisa yuz bergan joy xavf tug’dirmaydimi?
2. Qanday hodisa ro’y bergan?
3. Jabrlanganlar nechta?
4. Atrofdagilar sizga yordam bera oladilarmi?
Joyni ko’zdan kechirayotganda xavfli bo’lgan barcha narsalarga e’tibor berish kerak: elektr simlarining ochiqligi, qulayotgan parchalar, jadal yo’l harakati, yong’in, tutun, zararli bug’lanish, noqulay ob-havo sharoiti, suv havzasining juda ham chuqurligi yoki oqimning tezligi. Agar xavf juda xatarli bo’lsa, jabrlanuvchining yaqiniga bormaslik, zudlik bilan tez yordam va tegishli avariya xizmatini yoki ichki ishlar xodimini chaqirish kerak. Yuqori xavfli vaziyatda yordam tegishli tayyorgarligi va anjomlari bo’lgan malakali xizmat xodimlari tomonidan ko’rsatilishi lozim. ( 1- rasm)


  1. rasm Hodisa yuz bergan joyni ko’zdan kechirish.

Nima bo’lganini aniqlashga harakat qilish, mayda-chuyda jihatlarga e’tibor berish lozim. Shunda hodisa va olingan jarohat sababi aniqlanishi mumkin. Singan shisha parchasi, to’kilgan dori idishlari va hokazolar ro’y bergan hodisani oydinlashtiradi. Ular jabrlanuvchi hushsiz bo’lgan va boshqa kishilar bo’lmagan vaqtda ayniqsa muhim omil hisoblanadi.
Voqea sodir bo’lgan joydagi kishilar bilganlarini aytib berishlari yoki qandaydir yordam ko’rsatishlari mumkin. Agar o’sha yerda jabrlanuvchining tanishi uchrasa, u bemorning kasaliga yoki allergik reaktsiyasiga oid ma’lumotlarni berishi mumkin. Atrofdagi kishilar tez yordam chaqirishlari, yetib kelgan mashinani kutib olishlari va yo’l ko’rsatishlari, voqea sodir bo’lgan joyni transport va qiziquvchi odamlardan xoli qilishlari va birinchi yordam ko’rsatishda ko’mak berishlari mumkin. Agar atrofda hech kim bo’lmasa, baland ovozda yordamga chaqiriladi.
Avval jabrlanuvchi hushida ekanligini aniqlash, undan: "Sizga yordam kerakmi?" -deb so’rash, agar javob bo’lmasa, uning trapestiyasimon muskulini siqib ko’rish kerak. Tashqi ta’sirlarga javob bermayotgan odam hushini yo’qotgan bo’lishi mumkin. Bu holat hayot uchun xavflidir. Kishi hushini yo’qotganda, tilining muskuli bo’shashadi va natijada til ichiga tushib ketishi va nafas yo’lining to’silishi yuz berishi va, demak, nafas olishi to’xtashi va keyin yurak urishi ham to’xtashi mumkin.
Birlamchi ko’zdan kechirish jarayonida jabrlanuvchining nafas yo’lining ravonligi, nafas olish va tomir urishi bor-yo’qligini tekshirish lozim.( 2 – rasm.)



2 – rasm. Jabrlanuvchining nafasi va tomir urishini tekishirish

Jabrlanuvchini qo’zg’atmasdan turib tiriklik belgilarini aniqlash kerak. Jabrlanuvchining nafasi va tomir urishi sezilmagan taqdirdagina, uni orqasi bilan yotqizish mumkin. Bunda uning boshini umurtqa pog’onasi bilan iloji boricha bir o’qda qilib ushlab, harakatlantirish lozim.


2- guruh




Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish