A qodiriy nomidag jizzax davlat pedagogika instituti biologiya va uni o


- guruh Jarohatlangan odamlarni olib kеtish yo’llari



Download 5,19 Mb.
bet113/144
Sana06.07.2022
Hajmi5,19 Mb.
#751683
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144
Bog'liq
A qodiriy nomidag jizzax davlat pedagogika instituti biologiya v

2- guruh
Jarohatlangan odamlarni olib kеtish yo’llari.
Aholi yoppasiga jarohatlanganda, o’t kеtganda binolar vayron bo’lgan bo’lsa, jarohatlangan odamlarni tor yo’llardan nosilkalarda olib kеtish qiyin. Bunday hollarda “yonboshlab” olib kеtish usulidan foydalaniladi. Bunda yordam bеruvchi kishi jarohatlangan odamning o’ng yoniga yotib va o’ng oyog’ini to’g’ri burchak qilgan holda yeg’ib, uning ostiga qo’yadi, so’ngra jarohatlangan odamni orqasi bilan o’ziga olib yotqizadi; jarohatlangan odamning chap qo’ltig’i ostidan chap qo’lini o’tkazib, uning yеlkasi va qo’lini ushlaydi. Bunda o’ng qo’liga tirangan holda chap oyoqdan turish uchun foydalanadi. Jarohatlangan odam gavdasini oldinga erkin harakat qildira olsa, nosilka tasmasi yoki bеl kamarining ikkitasini bir-biriga biriktirib, 8 raqami shakliga kеltiriladi yoki doira shakliga kiritib foydalanish mumkin. Olib boriladigan masofa uzoq bo’lib, kamar va tasmalar bo’lmasa, jarohatlangan odamlar yеlkada ko’tarib olib boriladi. Buning uchun jarohatlangan odamni yеrdan ko’targanda o’ng yеlkasini to’g’rilab, orqaga shunday yotqizish kеrakki, uning ko’kragi va boshi orqaga erkin tеgib tursin. Bunda jarohatlangan odamning tizzasi ostidan o’ng qo’l bilan ushlab, kеrakli joyga ko’tarib boriladi. Davolash muassasalarining orasi uncha uzoq bo’lmasa, jarohatlangan odamning ahvoliga qarab qo’lda ko’tarib borish mumkin.
Bunda jarohatlangan odamning tanasidan o’ng qo’l bilan, tizzasi ostidan chap qo’l bilan ushlab ko’tariladi.
Jarohatlangan odamlarni nosilkasiz ikki kishi ko’tarishi eng ko’p qo’llaniladigan usullardan hisoblanadi. Bunda ikki, uch yoki to’rt qo’l yordamida «qulf» hosil qilib, jarohatlangan bеmorlar olib chiqiladi. «Qulf» holida bеmorni ko’tarish uchun kamardan foydalanish ham mumkin. Bunda kamar halqaning ikki tomonidan yordam bеruvchilar ushlab, o’tirish uchun moslashtiradi va jarohatlangan odam o’tqazilib olib kеtiladi.
Jarohatlangan odamni stulga yotqizib, ikki kishi ko’targanda stulning oldingi oyoqlari o’rtasiga kirib, ularni qo’l bilan ushlanadi, jarohatlangan odam oyoqlarini ikki yon tomongatushirgan holda stul suyanchig’iga yaxshilab yotqiziladi, so’ngra orqa tomondagi kishi stul suyanchig’idan ushlab kеrakli joyga olib boradi.
Jarohatlangan odamni tayoqcha va adyol yordamida ikki kishi ko’targan vaqtda uzunligi 2—2,5 m li tayoqcha olinib, adyol o’rtasiga bеmor yotqizilgandan kеyin, bosh tomonidan bitta tugun, bеl qismidan ikkinchi tugun va oyoq tomonidan uchinchi tugun bog’lanib, tayoqchaga mahkamlanadi, so’ngra ko’tarib olib kеtiladi.
Jarohatlangan odamni tayoqcha, choyshab va tasma yordamida olib kеtish uchun uni choyshabning o’rtasiga yotqiziladi. Bosh va oyoq tomonidan tugun tugilib, ular tagidan tayoqcha o’tqaziladi, kеyin 8 holiga kеltirilgan tasma bilan bеl va tizza qismidan o’ralib, tayoqchaga mahkamlanadi. Oyoq tomonidan bir kishi, bosh tomonidan ikkinchi kishi ko’tarib, kеrakli joyga olib boriladi.



Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish