D) A va B javoblar to‘g‘ri 223. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega va boshqa fuqarolar bilan tengma teng tarzda o‘zining ana shu ovozga egalik huquqini amalga oshira oladi. Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ushbu okruglar tenglik asosida tashkil etilishi ta’minlanadi. Bir mandatli saylov okruglarining saylovchilar soniga qarab tuzilishi tenglikka amal qilishning o‘ziga xos mezonidir. Teng saylov huquqi prinsipi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida mustahkamlangan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida C) 4-moddasida
D) 5-moddasida
224. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida «qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun bir yuz yigirmata hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi. Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi» deb qayd etilgan?
A) 6-moddasida
B) 7-moddasida C) 8-moddasida
D) 9-moddasida
225. O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi o‘z aksini topgan bo‘lib, fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz beradilar. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida «qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar» deb qayd etilgan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida
C) 4-moddasida D) 5-moddasida 226. O‘zbekistonda fuqarolarning saylovda ishtirok etishi erkin va ixtiyoriydir. Hech kim ularning muayyan nomzod uchun «tarafdor» yoki «qarshi» ovoz berishga majbur etish huquqiga ega emas. Hech kim fuqaroga uni saylovda ishtirok etishga yoxud ishtirok etmaslikka majburlash maqsadida ta’sir o‘tkazishga, shuningdek, o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun majburlashga haqli emas. «Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarining xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi». «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida yuqoridagi fikrlar qat’iy belgilangan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida
C) 4-moddasida
D) 5-moddasida 227. O‘zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning ochiqligi va oshkoraligi prinsipiga alohida o‘rin berilgan. Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning qaysi moddasida belgilab qo‘yilgan?
A) 6-moddasida B) 7-moddasida
C) 8-moddasida
D) 9-moddasida
228. Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saytini belgilang.