A. N. Samadov, O. S. Jumanov


V-BOB. LAZZATLI MAHSULOTLAR EKSPERTIZASI



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

V-BOB. LAZZATLI MAHSULOTLAR EKSPERTIZASI 
 
5 . 1 .   C h o y   v a   c h o y   i c h i m l i k l a r i  
 
Choy.  Choy  yoqimli  ta‟mi  va  xushbo„yligi,  shuningdek, 
sog„lomlashtiruvchi  hamda  parhez  xususiyatlari  tufayli  juda  keng 
tarqalgan  ichimlik  hisoblanadi.  Choyning  sifati  ko„k  choy  bargining 
ximiyaviy tarkibiga bog„liq. Ko„k choy bargi tarkibida: choyga ta‟m, rang 
va  shira  beradigan  dubil  moddalari;  asab  tizimini  ko„zg„atuvchi  kofein; 
choyga  yoqimli,  xushbo„y  hid  beradigan  efir  moyi  bo„ladi.  shuningdek, 
choy  bargi  tarkibida  oqsillar,  uglevodlar,  kislotalar,  pektin  va  mineral 
moddalar,  vitaminlar  va  fermentlar  bor.  Tayyor  choyning  sifatiga, 
shuningdek, ko„k bargga ishlov berish usuli ham ta‟sir qiladi. Ishlov berish 
usuliga  ko„ra  bayxa  (sochma)  va  presslangan  choy  (taxta  choy  va  tosh 
choy)  larga  bo„linadi.  Rangiga  ko„ra  choy  famil  hamda  ko„k;  o„stirilgan 
joyiga ko„ra- gruzin, ozarbayjon, krasnodar, hind, tseylon choyi va boshqa 
turlarga bo„linadi.  
Bayxali  famil  choy  o„simlikning  uchidagi  yosh,  rivojlanmagan 
barglari  (fleshlar)  dan  tayyorlanadi.  Terib  olingan  barglar  sifatiga  qarab, 
navlarga ajratiladi, so„litiladi, buraladi, fermentatsiya qilinadi va quritiladi. 
So„litish jarayonida xlorofill qisman buziladi, kraxmal va oqsil parchalana, 
dubil  moddalari  nordonlasha  boshlaydn.  Buralgan  barg  shama  shakliga 
kiradi, bunda barg xujayralari buziladi, ulardan shira ajralib, bo„tun bargni 
ho„llaydi.  Fermentatsiya  nisbiy  namligi  yuqori  bo„lgan  issiq  xonada 
o„tkaziladi.  
Fermentatsiya  vaqtida  buralgan  choy  barglarida  choyni  xushbo„y 
qiluvchi  efir  moyi  hosil  bo„ladi;  dubil  moddalarining  miqdori  kamayadi; 
xlorofillning  buzilishi  natijasida  bargning  rangi  o„zgaradi  (qizg„ish-jigar 
rangga o„ta boshlaydi). Quritilgandan keyin shamalar  qora rangga kiradi. 
Choyning  ta‟mi,  xushbo„yligi,  achchiqligi  va  shirasi  xuddi  shu 
fermentatsiya  jarayoniga  bog„liqdir.  Bayxali  famil  choy  -  eng  ko„p 
tarqalgan  choydir;  u  yaxshi  ta‟mli  va  xushbo„y  bo„lib,  damlaganda  tilla-
jigar rangli achchiq rang beradi.  


93 
 
Bayxali ko‗k choy bayxali famil choy xom ashyosidan tayyorlanadi, 
ammo  tayyorlash  jarayonida  choy  bargi  so„litilmaydi  va  fermentatsiya 
qilinmaydi.  Buning  o„rniga  choy  bargi  bug„latiladi.  Bayxali  ko„k  choy 
damlamasining rangi och-sariq, ta‟mi nordon va anquvchan hidli bo„ladi.  
Choy  ichimliklari.  Choy  ichimliklari  ba‟zi  mevalar,  rezavorlar  va 
o„simliklarning quritilgan barglaridan tayyorlanadi. Quritilgan, qovurilgan 
hamda patoka va qand sharbati bilan to„yintirilgan meva va rezavorlar har 
xil  (malina,  qulupnay,  limon)  essentsiyalari  bilan  xushbo„ylantiriladi, 
damlamasining intensivligini oshirish uchun unga tsikoriy qo„shiladi.  
Choy quruq, toza, yaxshi shamollatib turiladigan, havosining nisbiy 
namligi  70  -  75%  dan  oshmagan  xonalarda  saqlanadi.  Garantiyali 
saqlanish  muddati  choyning  fabrikadan  chiqqan  vaqtidan  boshlab-  6  oy. 
shu muddat o„tgandan keyin kelgusi saqlash muddati yoqi darhol sotilishi 
kerakligi belgilanishi kerak. Choy ichimliklari 100, 150, 200, 250 v a 300 
g dan qog„oz
 
pachkalarga joylanadi. Ular ham tabiiy choy kabi saqlanadi.  
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish