A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 . 3 .   K r a x m a l   v a   p a t o k a



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

3 . 3 .   K r a x m a l   v a   p a t o k a    
 
Kartoshka  va  makkajo„xori  kraxmali  savdoga  chiqariladi. 
Kartoshka  kraxmali  kartoshkadan  olinadi.  Kartoshka  oldin  yuviladi  va 
qirg„ich  mashinalarda  qirib  undan  bo„tka  tayyorlanadi.  Ezilgan  bo„tka 
elakda  chayqaladi.  Kraxmalning  mayda  donachalari  suv  bilan  elakdan 
o„tadi va idishning tagiga cho„kadi; keyin kraxmal suvdan ajratib olinadi, 
tsentrifugalarda  qayta  ishlanadi  va  quritiladi.  Sifatiga  qarab,  kartoshka 
kraxmali to„rt navga bo„linadi: ekstra, oliy, 1 va 2- navlar (keyingisi faqat 


54 
 
texnik maqsadlar uchun). Kraxmalni navlarga ajratishda rangi, yaltiroqligi, 
sirtidagi  qora  nuqtalar  (1  sm
2
  dagi)  va  tarkibidagi  kul  miqdori  hamda 
nordonligi asos qilib olinadi.  
Makkajo‗xori  kraxmali  makkajo„xoridan  olinadi,  buning  uchun 
makkajo„xori  doni  qo„shilmalardan  tozalanadi  va  36-42  soat  mobaynida 
nordonlashtirilgan  iliq  suvda  saqlanadi;  keyin  uqalanib,  murtagi  ajratib 
olinadi,  hosil  bo„lgan  bo„tqa  ikkinchi  marta  yaxshilab  maydalanadi, 
yuviladi,  tinitiladi,  tsentrifugalanadi  va  quritiladi.  Murtagidan  esa 
makkajo„xori  moyi  olinadi.  Sifatiga  ko„ra  makkajo„xori  kraxmali  ikki 
navga  -  oliy  va  1-navga  bo„linadi.  Navlarga  ajratish  belgilari  kartoshka 
kraxmaliniki bilan bir xildir.  
Patoka  kartoshka  yoki  makkajo„xori,  ba‟zan  bug„doy  yoki  javdar 
kraxmallaridan  olinadi.  Aralashmalardan  tozalangan  kraxmal  suvda 
eritiladi,  nordonlashtiriladi  va  kraxmal  suti  tarzida  kattakon  bochkalarga 
yoki  avtoklavalarga  solib  qo„yiladi.  shuning  o„ziga  bir  oz  sulfat  kislotasi 
(quruq  kraxmal  vazniga  nisbatan  0,55-0,8%)  yoki  xlorat  kislotasi  (0,19- 
0,25%)  qo„shiladi  va  eritma  qaynatiladi.  Bo„tqa  quyuqlashguncha 
qaynatiladi, keyin sovutiladi va idishlarga quyiladi.  
Kraxmal  patokasi  ishlatilishiga  ko„ra  uch  turga:  karamel  ishlab 
chiqarish  sanoatida  foydalaniladi,  murabbo  tayyorlashda  hamda  boshqa 
maqsadlar  uchun  ishlatiladigan  glyukozaga  bo„linadi.  Karamel  patokasi 
oliy nav va 1-navga bo„linadi. Murabbo glyukozasi navlarga bo„linmaydi.  
Patoka qandolat  mahsulotlari ishlab chiqarish va novvoylikda keng 
qo„llaniladi.  Yaxshi  patoka  cho„ziluvchan,  rangsiz  yoki  nimrang,  begona 
ta‟m  sezilmaydigan  shirin  va  quyuq  sharbat  bo„ladi.  Patokaga  har  xil 
qo„shilmalarning qo„shilib ketishiga yo„l qo„yilmaydi.  
Kraxmal  25,  50  va  60  kg  dan  toza  va  quruq  zig„ir,  kanop  yoki  jut 
qoplarga  joylanadi.  shuningdek  u  sig„imi
 
100  g  dan  1  kg  gacha  qog„oz
 
pachka,  polietilen  va  tsellofan  xaltachalarga  ham  joylanishi  mumkin. 
So„ngra  bu  pachkalar  sig„imi
 
30  kg  gacha  bo„lgan  quruq,  toza  yog„och 
qutilarga  joylanadi.  Kraxmal  quruq,  yaxshi  shamollatib  turiladigan, 
harorati  ko„pi  bilan  15°C  bo„lgan  va  havosining  nisbiy  namligi  75%  dan 
oshmagan xonalarda saqlanadiQoplar maxsus o„rinlarga taxlab qo„yilishi 


55 
 
kerak. Kraxmalni o„tkir hidli va kuchli bug„lanuvchi mollar bilan bir joyda 
saqlash mumkin emas.  
Patoka sig„imi
 
50 dan 300 kg gacha bo„lgan bochkalarga joylanadi. 
Patokani  quruq,  salqin,  havo  harorati  8-12°C  bo„lgan  xonalarda  saqlash 
tavsiya etiladi.  
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish