A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

XX
asr 30-40-yiIlarida olib borilgan qazishma ishlarida II asrga oid 
m a’muriy inshootning topilganligi va unda shohona darajadagi 2000 
dan ortiq san’at asarlarining mavjudligi kishini hayratga soladi.
Shu bilan birga, Hindistondan ham Kushon davrida oid bir 
qator tarixiy topilmalar topib o ‘rganilgan. Fil suyagidan ishlangan


turli buyumlar, barelef usulidagi yunon-rim haykal va medallari, 
Pompey uslubidagi bronza haykallar shular jumlasidandir.
Kushon davlati mavjud bo ‘lgan davrda buddaviylik dini ham 
Afg‘oniston hududiga tarqalib rivojlandi. Garchi buddaviylik 
Hindistonda vujudga kelgan b o ‘lsa-da, uning taraqqiy etishida 
Kushonlaming xizmati katta. Jumladan, Afg‘onistonning markaziy 
qismi bo‘lgan Bomiyonda milodiy III-IV asrlarga oid Buddaning 
eng katta haykallari (36 va 53 metr balandlikda) qoyatoshlarga o ‘yib 
ishlangani Kushon hukmdorlarining buddaviylikka bo'lgan alohida 
hurmatini ko‘rsatib beradi12. Ushbu haykallar va shunga o ‘xshash 
boshqa yana ko ‘plab kichik hajmdagi Budda haykallarining 
butun Afg‘onistondan topilganligi Kushonlar davrida san’at, 
haykaltaroshlik va qurilish ishlari yuksak darajada taraqqiy 
etganidan dalolat beradi.
Kushonlar davrida hozirgi Afg‘onistonning markaziy va shi­
moliy qismlarida ko‘plab buddaviylik ibodatxonalari mavjud 
b o ‘lib, ularda VII asrgacha, y a’ni arablar bosqiniga qadar minglab 
buddaviylik ruhoniylari yashagani haqida m a’lumotlar bor.
Kanishka buddaviylik dini homiysi sifatida hind falsafasi va 
adabiyotini ham qadrlagan, garchi u zardushtiylikni ham qo‘llab- 
quvvatlagan bo‘lsa-da buddaviylik aynan shu davrdan boshlab 
Osiyoning boshqa hududlariga keng tarqala boshladi. Xususan, 
buddaviylikning Gandahara maktabi Buyuk Ipak yo ‘li orqali Xi- 
toyga va M o‘g‘ilistonga hamda Koreyaga yoyilgan va keyinchalik 
esa Yaponiyaga ham tarqaldi13.
A fg‘onistonning Bomiyon vodiysidagi yodgorlik majmuasi bu­
tun Osiyo madaniyati va san’ atiga katta ta’sir ko‘rsatgan buddaviylik 
dinining ajoyib qadamjosi edi. Eramizning boshida hozirgi 
Afg‘oniston hududida keng yoyilgan buddaviylik Kobul, Jalolobod, 
Qandahor va Balx shaharlarida katta yodgorliklar qoldirgan b o ‘Isa
12 Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History of Afghanistan. - New 
York: Facts On File, 2007. - P. 48.
13 Qarang: Samad, R. The Grandeur of Gandhara: The Ancient Buddhist 
Civilization of the Swat, Peshawar, Kabul and Indus. - New York: Algora 
Publishing, 2011. - P. 286.


ham, ammo Bomiyondagidek ulug‘vor majmuani buddaviylikning 
vatani bo‘lgan Shimoliy Hindistonda ham topib bo ‘lmaydi.
Bomiyonga mamlakat poytaxti Kobuldagi Xojikek do- 
voni orqali bosib o ‘tiladigan masofa 150 km bo ‘lib, uning eng 
baland cho‘qqisi 3000 metrdir. Bomiyonga olib boradigan yo‘l 
butunlay qirrali xarsang burilishlaridan iboratdir. Dovon balandligi 
yo‘lovchiga sezilarli ta ’sir etadi. Pastda shunday manzara ochiladiki, 
gullagan vodiy tomon cho‘qqilardan qorli choyshab yoyilgandek 
tuyuladi. Qizg‘ish yer va qor chegarasida archalar ko ‘kka b o ‘y 
cho‘zganki, ular kichik butalardek ko‘rinadi. Dovondan oshib, 5 
soatda Bomiyonga kirib borish mumkin.
Bomiyonga 
yaqinlashib, 
to‘satdan 
bosh 
aylantirgudek 
balandlikda osilib turgan qizg‘ish qoyalarda qadimgi shahaming 
qudratli qal’alari qoldiqlarini ko ‘rish mumkin. Ular xuddi Shahri 
Zaxxok (Zaxxokning shahri)ning qadimgi qal’asiga kirish yo ‘lini 
qo‘riqlayotgandek tasavvur tug‘diradi. Firdavsiy o‘zining mashhur 
dostoni bo‘lgan “Shohnoma”da haddan tashqari zolim siymosini 
Zaxxok shaxsida tasvirlagan ediki, xalqni uning zulmidan temirchi 
Kova qutqargan edi. Bomiyondan unchalik uzoq bo‘lmagan tog‘li 
vodiyda rivoyatlarga qaraganda Kova yashagan va shuning uchun 
ham hozirgacha bu yemi temirchilar vodiysi deb atashadi.
Pishgan g‘ishtdan barpo qilingan Zaxxok qo‘rg‘onining qudratli 
devor qoldiqlarini hamon o‘zida saqlagan bo‘lib, ulaming balandligi 
20 metrgacha yetadi. U deyarli qizg‘ish tog‘ cho‘qqilari bilan 
qo‘shilib ketgan b o ‘lib, xalq orasida Qizil shahar deb nom olgan. 
Taxmin qilishlaricha, bu shaharga eramizning birinchi asrlarida 
(Kushonlar davrida) asos solingan. Arxeologlaming fikricha, 
Bomiyonda barpo etilgan g‘orlardagi ibodatxona va Buddaning 
haykallari Kushonlar davriga taalluqlidir.
Xitoylik rohib buddaviy Fa Shen Hindiston va Seylon bo ‘ylab 
15 yil sayohat qilgandan keyin, 400-yilda karvonlaming biri 
bilan Bomiyonga keladi va o ‘z kundalik daftarida quyidagilami 
yozadi: “Bu mamlakatda toshga o ‘yib ishlangan, sadaqalar uchun 
ko‘zlangan Buddaning kosasi bor. U yerda Buddaning tishi ham


bo ‘lib, uning uchun kishilar qadamjo barpo qilgandirlarki, unda 
1000 dan ortiq rohiblar xizmat qiladilar... Bu mamlakat piyozshakl 
tog‘lar о ‘rtasida joylashgan bo ‘lib, unda qor yozda ham, qishda ham 
mavjud. U yerda zaharli ajdaholar ham borki, agar ulami bezovta 
qilinsa, ular og‘izlaridan zaharli havoni puflab, qor bo ‘ronlarini, 
qumli va toshli bulutlami yog‘diradilar va bunday xavf-xatarga 
yo‘liqqan hech kim najot topa olmaydi” .
Bomiyon vodiysiga islom dini kirib kelgandan keyin qayta 
qurilgan eski Bomiyon 1221-yilda Chingizxon qo‘shinining birin- 
chi zarbalarini qabul qildi. Aytishlaricha, qal’aga hujum vaqtida 
shafqatsiz istilochining yaxshi ko‘rgan nevarasi o‘ldirilgach, u 
shaharda va uning atrofida bo‘lgan barcha tirik jonni yo‘q qilishga 
buym q bergan. Ulug‘vor qal’a juda yaxshi himoyalangan bo ‘lib, 
agar tasodif yordamga kelmaganida m o‘g ‘ul bosqinchilari uni 
ololmas edilar. Aytishlaricha, Bomiyon hokimining qizi Lali Xo- 
tunning xoinona sotqinligi bo‘lmasa, Bomiyon taslim bo‘lmas edi. 
U o ‘z otasining ikkinchi marta uylanganligi uchun o‘ch olish niyatida 
Bomiyonni suv bilan ta ’minlovchi soy yo ‘lini maxfiy ravishda 
Chingizxonga m a’lum qilgan. Bomiyonni ishg‘ol qilib, barcha 
aholini qilichdan o ‘tkazgan Chingizxon o ‘z otasiga xoinlik qilgani 
uchun bu qizni ham qatl qilishga hukm chiqargan.
Eski shahar xarobalari tepasidan Bomiyon vodiysi kaftdek te- 
kis ko‘rinadi. Qoyalardagi g‘orlardagi ibodatxona o ‘zining ko‘p 
sonli bir-biriga tutashgan chuqurliklari bilan yaxshi ko‘rinadiki, 
ulaming soni mingdan oshadi. Majmuani qoyatosh jinsiga ke- 
sib ishlangan ikki bahaybat Buddaning 35 va 53 metrlik haykali 
yakunlaydi. Bahaybat buddalardan eng qadimgisi Kichik Budda deb 
ataladi. Uning pastida kvadrat shaklida g‘or bo ‘lib, ehtimol, ushbu 
ibodatxonaga kirish qismini qo‘riqlovchi qorovulga m o‘ljallangan 
bo‘lishi mumkin14.
Eramizdan oldingi II—
I asrlarda buddaviylik Afg‘oniston bilan 
bir qatorda 0 ‘rta Osiyoga, Sharqiy Turkiston va Xitoyga kirib
14 
Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History of Afghanistan. - New 
York: Facts On File, 2007. - P. 48.


keldi. Buddaviylik ushbu mamlakatlaming mafkurasi, hayot tarzi, 
maishiy va madaniy jihatlariga katta ta ’sir ko‘rsatdi. Tabiiyki, 
buddaviylik madaniyati ham ular hisobiga boyib bordi. Jahonga 
mashhur bo'lgan I-V III asrlar davomida Sharqiy Turkistonda barpo 
etilgan g‘orlarda qurilgan ibodatxona majmuasi “Ming uy (Mingta 
g‘or)” o ‘zida m e’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik sin- 
tezini ifodalab, hind, eron, xitoy va Sharqiy Turkiston san’atlari 
bir-birini boyitganligini ko ‘rsatadi.
Kushonlar davriga oid Surxko‘tal diniy kompleksida o'tkazilgan 
qazishmalar fanga katta yangiliklar olib kirdi. Ikkinchi Jahon Uru­
sh i dan keyingi yillarda amerikalik va fransiyaliklar ekspeditsiyasi 
tomonidan Afg'oniston janubidagi ibtidoiy jam oa davri yodgor- 
liklarini o'rganish boshlandi.
В agramdagi qazishmalar natij asida yuksak badiiy mahorat bilan 
yasalgan bir qancha buyumlar topildi. Bundan tashqari Qunduzdagi 
buddaviylik monastiri, Kobul yaqinidagi Xayr-xona braxmanlar 
ibodatxonasi, Bagramdan uncha uzoq bo'lm agan Shotarak manzil­
gohi va Fundukistondagi monastirda olib borilgan qazishma ishlari 
natijasida qadimgi Afg'oniston tarixiga oid ko'plab m a’lumotlar 
oydinlashdi. Bu ishlar vaqtida mashhur rassomlik, haykaltarosh­
lik va arxitektura yodgorliklari sinchiklab o'rganildi hamda o'nlab 
yodgorliklar ochildi, ulaming ko'pchiligi hozirda Kobul tarixiy 
muzeyida saqlanmoqda.
Milodiy III asrda Kushonlar hukmronligi davrida Afg'oniston 
hududiga yana bir diniy qarash - moniylik dini tarqaldi. Bu dinning 
yetakchisi Moniy (217—275-yillar yashagan) o'zini payg'am bar deb 
e ’lon qildi. M a’lumotlarga ko'ra, bu din Afg'onistonning markaziy 
qismi bo'lgan Bomiyonda rivojlangan. Moniylik dini butun qadim­
gi dunyoda ko'plab kuchli tarafdorlariga ega bo'lib, u xristianlik, 
jaynizm, buddaviylik va zardushtiylik elementlarini o 'z ichiga ola­
di. Bu din keyinchalik Afg'onistonda islom dinining tarqalishi bilan 
o'z ta’sirini yo'qotdi.
Ushbu davr tarixini o'rganish bo'yicha bir qator qadimshunos 
olimlar yetakchiligidagi ilmiy ekspeditsiyalar Afg'onistonda


muvaffaqiyatli izlanishlar olib bordilar. Jumladan, 1957-yilda 
Gardin tomonidan Balxda, 1946-yilda Girshman tomonidan 
Bagramda olib borilgan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Kuvayamaning 1974, 1991-yillarda Bagramda olib borgan 
tadqiqotlari, Misunoning 1968-yilda D o‘rmontepada, 1970-yilda 
Chakalaktepada olib borgan tadqiqotlari, Bemardning 1964-yilda, 
Fussmanning 1990-yilda Qo‘hna Masjidda olib borgan tadqiqotlari 
natijasida Baqtriyaning Kushon davriga oid yodgorliklari tadqiq 
qilindi. D.Shlyum berje (1945-64) va P.Bernar (1964-1978) 
rahbarliklaridagi ekspeditsiyalar tomonidan Oyxonim yodgorligi 
xarobalaridan ellin madaniyatiga doir shahar qoldiqlarining topili- 
shi alohida ahamiyatga egadir.
Kobul Yunon-baqtra hukmronligi davri, ayniqsa Kushonlar 
hukmronligi davrida oriylaming siyosiy-madaniy va diniy hayotida 
muhim rol o‘ynagan. Hindikushdan janubda (Paropamis) Sind 
daryosi qirg‘og‘igacha bo‘lgan katta hududni egallagan Gandxara 
sivilizatsion-madaniy havzasi buddaviylik davri madaniyati va 
san’atiga katta hissa qo‘shgan. Uning muhim markazlaridan biri, 
shubhasiz, o‘zining 3 mingyillik tarixidan hikoya qiluvchi ko‘plab 
madaniy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan Kobul shahri 
bo ‘lgan.
Ushbu davrda hozirgi Afg‘oniston hududida bir qator tillar 
muomalada bo ‘lganligini ko ‘rishimiz mumkin. Bunday tillar 
orasidan Baqtriya tili alohida e ’tibomi talab qiladi. Baqtriya tili 
Shimoliy A fg‘onistonning 0 ‘rta eron tillari guruhiga kiruvchi til 
sifatida m a’lum edi. Bu til Kushon davlati hukmdori Kanishka 
davridan Arablar bosqiniga qadar bo‘lgan uzoq davrgacha asosiy 
mahalliy til edi. XX asming ikkinchi yarmida Baqtriya tili haqidagi 
asosiy manbalar - bizgacha yetib kelgan tangalar va muhrlar 
ustidagi afsonalar hisoblanar va ularda faqatgina hukmdorlaming 
nomlari zikr etilgan edi. 0 ‘z navbatida, Baqtriya kursiv yozuvidagi 
bu m a’lumotlami qiyoslab o‘rganish uchun qo‘shimcha manbalar 
ham yetarli emas edi. XXI asrga qadar topib o ‘rganilgan bu tildagi 
yodgorliklar quyidagilar:


- Afg ‘ onistondan topilgan ikkinchi Kushon shohi Vima Taktoga 
tegishli maxsus Dasht-e-Navur yozuvi;
-ja n u b iy 0 ‘zbekistonda Termiz yaqinidan topilgan Huvishka 
davriga tegishli Ayritom yozuvi;
- 1905-yilda A.Fon Le-Кок tomonidan Sharqiy Turkiston- 
ning Turfon vodiysida Tuyoq daryosi vohasidagi ibodatxona 
xarobalaridan topilgan qog‘oz, beresta va palma barglariga yozilgan 
manixey, xristian va budda qo‘lyozmalari;
-jan u b iy 0 ‘zbekistondagi Qoratepa budda monastiri devoridagi 
baqtriya kursiv yozuvi;
- shoh Kanishka va uning vorislariga tegishli muhr hamda 
tangalar;
- Sharqiy Turkistondagi Lou-Lan xarobalaridan topilgan va 
F.Tomas tomonidan nashr qilingan “London fragmenti”;
- 1952-yilda Shimoliy A fg‘onistondan topilgan ilk Kushon 
davriga oid Delbarjin yozuvi;
- 1957-yili fransuz arxeologlari tomonidan B ag‘lon yaqinidagi 
Surh K o‘tal yodgorligidan topilgan baqtriya yozuvi. Ushbu topilma 
bu boradagi ilmiy ishlaming rivojlanishi uchun yangi yo‘l ochdi. 
Topilgan yozuv haqidagi ilk maqola 1957-yili “Kushonlar im­
periyasi va Kanishka” nomi ostida Andre Marik tomonidan nashr 
qilingan. Topilma mazmunini o ‘rgangan lingvist olim V.B.Xenning 
maTumotlariga ko‘ra, bu matn Kanishka davrining 30-yilida, 
aniqrog‘i, uning vorisi Huvishka (II asr boshlarida) hukmronligi 
davrida Nukunzuk ismli yuqori mansabdor tomonidan qazdirilgan 
bir quduq va uning qurilishiga oid maTumotlardan iborat. Bu 
tarjimalaming to ‘g ‘riligini esa arxeologik topilmalar isbotlagan. 
Bu kashfiyotdan qirq yil o‘tib, Surh K o‘taldagi baqtriya yozuvi 
Baqtriya tarixini o‘rganish borasidagi eng muhim manba bo ‘lib 
qolaverdi. Qo‘shimcha yozuvlar topildi, ammo ular baqtriya tili 
borasidagi maTumotlarga keng va aniq darajadagi hissa qo‘shmadi.
1993-yilda kashf qilingan hamda 1995-1996-yillarda Jo Gribb 
va Nikolas Sims Vilyams tomonidan o ‘rganilib, ommaga e’lon 
qilingan ravatak yozuvi. Baqtriya tili va yunon yozuvi (yunon-


boxtar) asosidagi bu yodgorlik Doro I buyrug‘iga binoan yaratilgan 
Behistun bitiklariga o ‘xshab ketadi, unda Kanishka va undan ol- 
dingi davming ayrim voqealari tasvirlagan. Bundan tashqari, ushbu 
topilmada ikki shoh - Kanishkaning ilgari nom a’lum bo‘lgan bo- 
bosi va Vima Takto haqida m a’lumot topilgan.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish