A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


kttfolati  bo‘lgan. Yunon-Baqtriyada shahar-polis kengashlarida  iholi



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

kttfolati 
bo‘lgan. Yunon-Baqtriyada shahar-polis kengashlarida 
iholi 
uchun qonunlar joriy qilingan bo ‘lsa, oliy qonunchilik albatta 
ihohning 
kotibiyati tarafidan butun mamlakat uchun qonunchilik 
tuzib 
chiqilgan. Ellin davlatlarida shoh mamlakat diniy hayotida 
hum 
o 'z o'm iga ega bo'lganligini ko'rishim iz mumkin. Masalan, 
Pcrgum 
davlatida attalistlar kengashi shohni ilohiylashtirishda 
katta 
rol o'ynagan. Yunon-Baqtriyada ham shunday kengashlar 
mavjud 
bo'lgandir, chunki bekorga shohning xudo darajasiga olib 
chiqilganligi 
bejiz emas.
I ill in hukmdorlarining qarorgohlari va saroylari mamlakatning 
turli joylarida bo'lgan. Misol uchun Oy Xonim saroyi va Baqtra 
ahahridagi shoh saroyi Salavkiylaming ikki yillik hujumlariga dosh 
bcrgunligining o'zi mudofaaning mustahkamligidan dalolat beradi. 
Dundun tashqari hukmdor nomini olgan shaharlar - Evtidemiya, 
Hvkratidiya kabi shaharlar ham mustahkam bo'lganligi haqida 
manbalar ma’lumot beradi.
Yunon-Baqtriya 
davlati 
mustaqillikka 
erishgach, 
yangi 
mn’muriy-hududiy bo'linish zaruriyati tug'ildi. M a’lumki, Baqtri­
ya witrapliklarga bo'lingan edi. Ulardan Aspion va Turiva nomlari 
haqida yunon tarixchi va geografi Strabon (miloddan avvalgi I asrda 
yanhagan) cslatib o'tadi. Bu satrapliklar hudud jihatidan Iskandar va 
Ahamoniylar davlati satrapliklaridan ancha kichik bo'lgan. Baqtri- 
yining o'/.i ham Ahamoniylar davlati tarkibida alohida satraplik 
bo'lgan.
Huqtriya satrapliklari unchalik darajada mustaqil faoliyat olib 
bemwganlar. Ular faqatgina siyosiy sohada mustaqil bo'lganlar.


Mustaqil o‘z nomlaridan tanga zarb eta olmaganlar. Taxminlarga 
ko‘ra, yunon-baqtr satrapliklari boshqaruvchisi strateg unvonini 
olgan b o ‘lishi mumkin. Viloyatlarning hind-sak yo ‘lboshchilari 
baqtriyalik va hindiy-yunonlaming unvonlarini o ‘zlashtirishgan 
edi.
Baqtriyada ilk ellin davrida “bo ‘linmaga rahbarlik qiluvchi” 
fxurarlar - amaldorlar faoliyat olib borishgan. Arrianning yozishicha, 
Baqtriya shaharlari akropolida joylashgan Iskandaming qo‘shini 
orasidan bo‘linmalar rahbari “getaytlar”dan tayinlangan. Bu kabi 
harbiy-ma’muriy lavozim Yunon-baqtr davlatida saqlanib qolgan 
edi. Ular Shimoliy chegara nomadlarida ko'chmanchilar hujumini 
qaytarishda mudofaani tashkil etishlari kerak edi.
Polibiy mil.avv. 208-yili Ariy (Gerirud) daryosi yaqinida Antiox
III qo‘shini bilan jang qilgan baqtriyalik otliqlar haqida hikoya qila- 
di. Muallifning guvohlik berishicha Evtidem I ning 10 ming kishi- 
lik suvoriylari bo‘lgan. B a’zi manbalarga ko‘ra, “o‘n ming kishi- 
lik jangchilar” bo‘linmasi aynan “miriad” deb nomlangan. Ushbu 
bo ‘linma uch qismga - gipparxiyalarga bo‘lingan. Otliq qo‘shinga 
mahalliy obro‘li shaxs - gipparx boshchilik qilgan.
Keyinchalik hind-yunon shohliklarida yuqori lavozimni mahal­
liy aholi vakillari ham egallagan. Satrap, strateg, meridaxrlaming 
vazifasi nafaqat m a’muriy, balki harbiy xarakterga ham ega bo ‘lgan. 
Ushbu lavozimlardagi shaxslar harbiy yurish vaqti qo‘shinni idora 
qilishgan, tinchlik hukm surgan vaqtlarda qo‘shinning sifati va 
tayyorgarligiga javobgar b o ‘lishgan.
Yunon-Baqtriya davlati markaziy boshqaruvida shoh devo- 
ni katta rol o ‘ynagan. Bu organning vazifasi shoh farmonlari va 
buyruqlarini joylarga yetkazish hisoblangan. Yunon-Baqtriyada 
hujjat ishlari yunon yozuvida olib borilgan.
Markaziy boshqaruvda ellin davlatlarida muhim davlat ishlari- 
ga shohning yaqinlari ham jalb qilingan. Misol uchun Evtidem I 
ning o ‘g‘li Demetriy Antiox III huzuriga elchi qilib yuborilgan.
Shoh harbiy yoki elchilik ishlari bilan safarda bo‘lgan vaqtlarda 
uning o‘m ini yaqin qarindoshlaridan biri egallab turgan.


Bu hududlami koloniyalarga aylantirish siyosatini salavkiy­
lar davrida ham davom etgan. Antiox III davrida Kichik Osiyo- 
ning Kariya hududlaridan A fg‘oniston hududlariga kolonizatorlar 
ko'chib kelishgan. Misol uchun Yunon-Baqtriya shohi Evtidem 
I Magneziyalik bo'lgan. Kariyadan sharq tomon yollanma va 
ko'ngilli kolonizatorlar ko‘chib kela boshlashgan.
Yunonlami bu hududlarga ко‘chib kelishga qiziqtirish maqsa­
dida Salavkiylar Iskandaming koloniyaiashtirish siyosatini o‘zgarti- 
rishlariga to‘g‘ri kelgan. 0 ‘rta Osiyo va Baqtriyadagi koloniyalarga 
polis maqomini bera boshlashgan. Polislaming mustaqilligi ortishi 
bilan ularga nisbatan markaziy hokimiyatda demokratik munosa- 
but shakllana borgan. Keyinchalik bu polislar o‘zini-o‘zi boshqa- 
rifih imkonini qo‘lga kiritib, Baqtriya hududlarida polislar ittifoqini 
tashkil etishib, mustaqillik talab qila boshlashgan. Mil.avv. Ill asr 
o'rtalarida Baqtriyada mustaqillikka harakatni aynan yunon polis- 
lari boshlashgan. Keyinchalik yunon polislari Diodotni qo‘llashdi 
vu oqibatda Salavkiylar bilan raqobatda yengib chiqdi.
Yunon-Baqtriya tarkibiga kirgan polislar ham keng imtiyozlarga 
ega boigan. Hatto shoh siyosati ulami qanoatlantirmasa, uni taxtdan 
Imm ag‘darishgan. Xususan, bunga misol qilib, Evtidem tomonidan 
Diodot II ning hokimiyatdan chetlatilishini ko‘rishimiz mumkin.
Mar bir polisda xalq kengashi bo ‘lgan. Unda shahaming diniy 
rahnamosi, kotiblar, gimnaziarlar va turli amaldorlar saylanishgan. 
Polislar kengashi nazorat, qonunchilik shahar rejalarini amalga 
onhirib kelgan. 0 ‘ta harbiylashgan sharoitda Yunon-baqtr polislari- 
dfl Ntratcglar katta rol o‘ynashgan.
1л1 linizm 0 ‘rta Osiyo shaharlarida mustahkam o‘mashib 
bo'lgach, barcha jabhalarda yunon xaraktemi o ‘zida aks ettirgan. 
Tarixchi V.Tamning fikricha polislar yunoncha nom olishi kerak 
bo'lgun. Ya’ni, Iskandar nomini olishligi lozim bo‘lgan. Polis dara- 
Jlttini olishligi uchun albatta bu hududda yunonlar yashashligi kerak 
edi. Polislar kleruxlar boshqamviga o‘tgach, markaziy hokimiyat 
harbiy qo‘shinidan kamroq foydalanishgan. 0 ‘zlari mustaqil o‘z 
hududlurini mudofaa eta olganlar.


Yunon-Baqtriya tub aholisi etnik jihatdan turli-tuman bo'lgan. 
Shahar markazlarida doimo yunonlar yashashgan. Mahalliy aholi 
o‘zining turmush tarzini, madaniyati, tili va e ’tiqodini antik davr 
oxirlarigacha saqlab qolishgan.
Ellinizm davrida Baqtriyadagi yunon shaharlari tarkibidagi 
aholini yuridik jihatdan uch kategoriyaga bo ‘lish mumkin: fuqaro- 
lar, fuqaro bo‘lmaganlar (to‘la huquqqa ega bo‘lmaganlar) va qul­
lar. Tarixchi Diodotning yozishicha, yuqori satrapliklarda qo‘shin 
tarkibida yunon-makedon bo‘lmagan aholi orasidan mahalliy baqtr 
va so‘g ‘d yoshlari Iskandar buyrug‘iga k o ‘ra makedoncha qurol- 
lantirilgan va jang m ashg‘ulotlariga o‘rgatilgan. Bu tadbir Filipp II 
tomonidan ishlab chiqilgan standart qurollanish va qo‘shin safini 
to ‘ldirish tadbiri b o‘lgan. Bu an’ana, y a’ni o ‘rta osiyolik mahalliy 
aholi bilan qo‘shin tarkibini shakllantirish Salavkiylar davrida ham 
saqlanib qolgan.
Baqtriya hududidagi Oy Xonim shahar polisi misolida yunon- 
makedonlaming mahalliy aholi bilan aralashib ketishini ko‘rishimiz 
mumkin11. Shahar qarorgohidan tashqaridagi binolar monumental 
ko ‘rinishda bo‘lganligini ko‘rish mumkin va ulardan 14 tasidan 12 
tasining nomi yunoncha bo'lgan. Ushbu m a’lumotlami o ‘rganish as- 
nosida mil.avv. Ill asr o ‘rtalarida Parfiya davlatining tashkil topishi 
bilan Salavkiylar saltanatini dushmanlar orasida qolib ketganligini 
hisobga olsak, yunon polislarining rivojlanishi va yunonlaming 
mahalliy aholi bilan munosabatlari o ‘zgacha kechganligini 
ko ‘rishimiz mumkin.
Yunon-Baqtriya qo‘shinining asosi polislardan kelgan, kelib 
chiqishi ellin bo‘lgan ko‘ngilli kishilardan tashkil topgan. Aynan 
ulaming xizmati tufayli Baqtriya va So‘g ‘diyona mustaqillik 
uchun kurashda faol qatnashgan. Hindistonga bo‘lgan yurishlarda 
va Salavkiylar hamda Parfiya bilan bo ‘lgan janglarda polislar faol 
ishtirok etishgan. Lekin ular shimoldan kelgan ko‘chmanchilaming 
xavfini kamaytira olmagan. Yunon-Baqtriya harbiy yurishlarida
11 
Holt F.L. Into the Land of Bones. Alexander the Great in Afghanistan. -
Los Angeles: University of California Press, 2005. - P. 71.


polislardagi ko‘ngillilardan tashqari, Kichik Osiyodan kelgan yol- 
lunma qo‘shin Hindiston va Sharqdagi harbiy yurishlarda ishtirok 
ctgan.
V.Tamning yozishicha, Yunon-Baqtriya o ‘z o ‘m iga ega bo ‘lgan 
mahalliy zodagonlar va ellinlar tomonidan boshqaruvdagi “ikki 
boshqaruvli davlat” bo ‘lgan. Baqtriyaliklar nafaqat yunonlar uchun 
otliq qo‘shin yetkazib berishgan, balki, mil.avv. 256-yilda salavkiy- 
larga qarshi qo‘zg‘olonda faol ishtirok etishgan.
Yunon-baqtr va yunon-hind hukmdorlarining nomi yunon- 
clut bo‘lgan. Yunon-hind jamiyatida ierarxik tarafdan yunon ayol- 
luri hind vamlari: brahman, kshatriya, vayshiylardan ustun turgan. 
Sluindan kelib chiqib, bosib olingan Hindistonning shimoli-g‘arbiy 
hududlarida yunonlaming avlodlari va aralash nikohdan qolgan av- 
lodlur ham oliy maqomga ega bo‘lganligini xulosa qilish mumkin.
Oy Xonim akropolida kichik harbiylar binnosida kichik eroniy 
ibodatxona topilishi, mahalliy jangchilar uchun xizmat qilganligi 
xuNusida tarixchi P. Bemar xulosa qilgan.
Mahalliy aholi ellinlardan darajasi pastroq ekanligini hisobga 
olmik, Areya daryosi bo ‘yidagi jangda Antiox III ga qarshi faqat 
biiqlriyalik suvoriylar qarshi chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin. 
Snvol tug‘iladi: Nega Evtidem o ‘z qo‘shini bilan Areya jangida 
qutnashmadi? V. Tarnning fikricha, Evtidem qonuniy hukmdorga 
qurshi chiqishga qo‘rqqan va o‘z qo‘shini bilan chetroqqa chiqib 
lUi'HHn. 
A. Simonettaning fikricha esa, Evtidem o‘z suvoriylari bilan 
Anliox III ning piyoda qo‘shiniga sezilarli zarba berishi mumkin 
Ho" lgan. Lekin keng maydonda jang qilish uchun Evtidemda piyoda 
q o ’ Nhin 
yetishmagan va Baqtra shahrini mudofaasi ishini m a’qul 
ko'rgan boMishi mumkin. Bir tomondan Evtidem strategik jihatdan 
lo 'g 'r i 
o'ylagan bo‘lishi mumkin. Chunki o ‘sha paytu Antiox III bi- 
|«M niyosiy kelishuvga erishishi mumkin b o ‘lgan. Oqibatda Evtidem 
Ikki yillik qamalda o ‘z qo‘shini va hokimiyatini saqlab qola oldi.
I latto Yunon-Baqtriyada siyosiy inqiroz kechgan vaqtlarda ham 
baqtriyaliklar o ‘z jangovarligini yo‘qotishmagan. Tarixchi Yustin- 
п1пц yo/.ishicha, Demetriy II parfiyaliklarga qarshi kurashda baqtri-


/
yalik yollanma qo‘shinni yordamchi kuch (auxilia) sifatida harbiy 
to‘qnashuvlarda qo‘llagan.
Shuni ta ’kidlash kerakki, ellin davlatlarda, xususan Yunon- 
Baqtriyada qo‘shinni “makedonlashtirish” bilan bir qatorda 
sharqona jang elementlari ham qo‘llanilgan. Misol uchun janglarda 
Demetriy I Yengilmasning jangovar fillami qo‘llaganligini buning 
tasviri tushirilgan tangalarda ko‘rish mumkin.
Yunon-Baqtriya piyoda qo‘shini falanga tarzida bir qatorda 
tizilgan b o ‘lgan. Ular og‘ir qurollangan bo‘lishgan. Ulaming ortida 
yordamchi kuch yoyandozlar, tosh uloqtiruvchi drotiklar falanga 
qanotlarini mudofaa qilishgan. Tarixchi Polibiy baqtriyaliklar otliq 
qo‘shiniga e ’tibor qaratmay ulaming yengil qurollanganini va saf 
tortgan holda jangga kirmaganligiga, yaqin masofada dushman bilan 
yuzma-yuz jang qilishdan qochganliklarini ishora qilgan. Bunday 
tasvimi Gerodot asarlarida va qadim hind eposi “Mahobharat”da 
baqtriyaliklaming qurollanishi haqidagi yozuvlami uchratish mum­
kin. Jang qilishning turli usullarini qo‘llagan holda baqtriyaliklar 
makedonlaming jang qilish texnika va taktikasini yaxshi bilishgan. 
Misol uchun baqtriyalik suvoriy o‘zi bilan bir piyoda askami jangga 
olib kirgan va dushmanga yaqinlashganda otni boshqarayotgan su- 
voriyning ortidagi piyoda jangchi otdan sakrab tushib jangga kirib 
ketgan. Bu jang usulini makedonlar bilmagan.
Keyinchalik 
Yunon-baqtr 
shohlari 
Areya 
bo‘yidagi 
m ag‘lubiyatdan so‘ng og‘ir qurollangan suvoriylar (katafrakta) 
ni qo‘llay boshlashgan. Oy Xonimdagi qazishma ishlarida topil­
gan suvoriylaming temir sovutlari suvoriylar yunonlardan emas, 
eroniylardan bo‘lganligidan darak beradi. Ilk katafraktalar yu­
non-baqtr qo‘shinida o ‘rta osiyolik dasht xalqlari ta ’sirida paydo 
boTgan. Yunon suvoriylari haqida “Mahobharat” eposida m a’lumot 
uchraydi. Lekin Yunon-Baqtriya qo‘shinida yunon suvoriylari katta 
rol o ‘ynashmagan.
Tarixchi Yustin hikoyalarida Evkratidga tegishli 300 suvoriy- 
ning Demetriyga qarshi jangi haqida aytib o‘tilgan. Hikoyada 
shuningdek, 300 jangchi Demetriyning 60 ming kishilik qo‘shinini


ycngganligi aytiladi. Bizningcha, ushbu saralangan 300 jangchi 
shohning maxsus agama - shaxsiy tan soqchilari bo‘linmasi bo ‘lgan.
Yunon-Baqtriya qo‘shinining yana bir qismi fillardan tashkil 
topgan harbiy qism bo‘lgan. B a’zi olimlaming fikricha, baqtriya- 
liklarda jangovar arava qo‘shilgan otliq qo‘shin turi ham bo‘lgan. 
Tarixchi Yustin Evkratidning fojiali halok bo‘lishini, uning Hindis- 
tondan qaytganida o‘z o ‘g‘li tomonidan oTdirilgani va oTigi usti- 
dan ot qo‘shilgan arava bilan o‘tib ketganligiga e’tibomi qaratadi. 
Ba’zi olimlaming fikricha, ot qo‘shilgan aravalar jang uchun emas, 
balki hashamat uchun aslzodalar tomonidan qoTlanilgan va bunga 
shoh Menandmi misol qilib ko‘rsatishgan.
Oy Xonimdagi qazishma ishlarida topilgan diametri 12,3 dan 
25,8 sm gacha va og‘irligi 2 kg dan 20,5 kg gacha bo'lgan metall 
sharlar va katta nayzalar baqtriyaliklar dushmanning yengil piyoda- 
sini safdan chiqarish uchun uzoq masofaga uloqtiruvchi qurilmalar- 
tlan foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yunon-Baqtriya qo‘shini soniga kelsak, A.Simonetta Polibiy- 
ning m a’lumotlari asosida keltirgan m a’lumotlarga ko‘ra, Evtidem I 
ning qo‘shini soni 22 ming kishilikbo‘lgan. Ulardan 10 ming nafari 
piyoda, 2 ming nafarini otliq suvoriylar tashkil etganligini aytadi. 
Yustin m a’lumotlariga ko‘ra esa, Yunon-Hind shohi Demetriyning 
60 ming kishilik qo‘shini boTgan.
Makedoniyalik Iskandar vafot etgandan keyin ellin davlatlari 
qo'shinining asosini baribir jangchi piyodalar tashkil etgan. Iskan- 
dur Hindistonga yurishga otliq qo‘shinni ishga solishni reja qilgan 
bo’lishi mumkin. Lekin otliq katafraktalami keng qoTlash keyingi 
davr - yuechjilar hukmronligi davriga borib taqaladi. Bundan 
lushqari ellinlarda og‘ir nayzalar sarissoforlar janglarda qoTlangan. 
1‘illardan ko‘proq Yunon-Hind shohlari janglarda qoTlashgan. Fil- 
l«r bilan dushman safidagi fillami birinchi bor ko ‘rgan askarlami 
qo’rqitganlar.
Afg‘ oniston hududida Yunon-Baqtriya davriga oid qazishma 
iehlorida topilgan qilichlar - maxayra va ksifoslar yunon-make- 
donlarga xos boTgan. Ksifos - yaqin masofada jang qilishga


m o ‘ljallangan ikki tarafi o ‘tkir qilich hisoblanadi. M axayra -
uchi qayrilgan va dastagi grifon boshi bilan bezatilgan b o ‘lib, 
piyodalar va suvoriylar tom onidan foydalanilgan. N ayzalar yu­
non-baqtr qo ‘shinida asosan sarissalardan keng foydalanishgan. 
Sarissa qadim dunyoda P.A.Manti fikricha, eng uzun nayza qurol 
b o ‘lgan.
Yoy-kamon o ‘qlari saklamiki kabi bo‘lgan. Yunonlaming yoy 
nayzalari yasash namunasi Baqtriyada ommalashmagan, k o ‘proq 
saklaming uchi temirli va bronzali nayzalari amalda bo‘lgan.
Yunon-baqtr jangchisining yana bir quroli bu sekir bo‘lib, jang- 
lardan tashqari xo‘jalikda o ‘tin yorishda qo‘llangan. Uch shoxli 
nayzalar Neptun (Poseydon) xudosi belgisi shaklidagi qurol jang- 
dan tashqari baliq ovida va hayvonlami ovlashda qo‘llangan. Ke­
yinchalik uch shoxli nayza qurol hokimiyat ramziga aylangan. Bu 
ko ‘proq kushonlar davrida u rf bo‘ lgan. Shu qurollar qatorida sopqon 
(0,7 dan 1,5 kg) bo‘lib, yengil piyodalar foydalanishgan. Baqtriyada 
“attika” va “beotiya” dubulg‘alari keng u rf bo ‘lgan.
Sovutlardan yunon-baqtriyaliklar bronza va misdan yasalgan -
karasa va sharq xalqlariga xos bir-biriga zanjir bilan ulangan plas- 
tinkali sovutdan foydalanishgan. Bu sovutlardan namunalar Kampir 
tepa va Oy Xonim manzilgohlaridan topilgan.
A fg‘oniston hududidan topilgan qalqonlar antik tipga ega bo‘lib, 
biri qalin terilar bilan qoplangan inson yuzi aks etgan qalqon, ik- 
kinchisi Kampirtepadan topilgan likop-lagan ko‘rinishdagi temirli 
qalqon va uchinchisi Oks ibodatxonasi (Taxti Sangin)da topilgan 
oval shaklga ega qalqondir. Oksda topilgan qalqon Attikaga xos 
an’anada qalqonda “trisikl”, ya’ni epik qahramon Axillesning tez- 
korligigaxos bo ‘lib, uning “oyoqlari” ramziy qilib olingan. Gerodot 
va Plutarx Baqtriya satrapi, fors sarkardasi Masistaning tantanavor 
jangovar aravada sovutlar bilan kiyingan holatini tasvirlashgan. Bu 
Baqtriyaga aloqador shaxsning jangovar holatda tasvirlangan yago- 
na holati hisoblanadi.
Oy Xonim manzilgohidan og‘ir qurollangan otliq suvoriyning 
va otning jangovar sovuti topilgan.


Yunon-Baqtriya davlati mil. avv. 130-yilgacha mavjud bo‘ldi va 
mamlakat hududiga shimoldan kirib kelgan ko‘chmanchi yue-chji 
qabilalari tomonidan ag‘darib tashlandi. Baqtriya hududi Osiyoning 
ichki hududlaridan kelgan ko‘chmanchi qabilalar bilan to‘lib ketdi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish