A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

0 ‘zbekiston  teleradiosi  qoshida  simfo-jaz  orkestrining 
tashkil  topishi.  1960-yillarda  Moskva  teleradio  qo‘mitasi  qoshida 
«Simfo-jaz  orkestri»ning  tuzilishi,  estrada  san’atini  rivojlanishi 
jarayonida  muhim  ahamiyat  kasb  etdi  va  barcha  qardosh; 
respublikalarda ham  «Simfo-jaz orkestrlari»ni  shakllanishiga zamin 
yaratdi.  0 ‘zbekiston  teleradio  qo‘mitasi  tarkibida  ham  1964-yilda 
kompozitor Enmark  Salixov  rahbarligida  «Estrada orkestri»  tashkil 
etildi.  Kelgusi  yildan  boshlab  torli  va  ayrim  o‘zbek  xalq  musiqa 
cholg‘ulari ham kiritildi va «Estrada-simfonik orkestri» deb ataldi.
Estrada-simfonik  orkestri  ijodiy  yo‘nalishi  va janrlar  qamrovi 
har  tomonlama  o‘zbek  musiqa  san’atining  an’anaviylik  va 
zamonaviylik  jihatlar  bilan  boyita  bordi.  Yillar  davomida 
orkestming  repertuari  yangi,  original  qo'shiq  va  cholg‘u  asarlar 
bilan  boyitildi.  I.  Akbarov,  M.Burxonov,  Sh.Ramazonov,  A.Muha- 
medov,  X.Izomov,  E.Salixov,  D.Zokirov,  SJalil,  E.Qalandarov,
D.Saydaminovalar ijodida milliy musiqa an’analariga asoslangan va 
zamon  ruhi  bilan  sug‘orilgan  estrada  yo‘nalishidagi  bir  qator 
qo‘shiqlar ijod  etildi.  1.  Akbarovning  «Gazli»,  «Qaydasan»  (Turob 
To‘la),  «Yor kel»  (H.G‘ulom),  «Ra’no»  (S.Akbariy),  «Qor yog'ar» 
(S.  Zunnunova);  A.Muhamedovning  «Bu  oqshom»  (M.Qoriyev), 
X.Izomovning «Ko‘zi xumor» (Sh. Shomahmudov); E.  Salixovning 
«Umid»  (A.Muxtor),  «Qiz  bola»  (P.Mo‘min);  D.Zokirovning 
«Ko‘chalar» (T.To‘la); M.Burhonovning « 0 ‘zbekiston gul diyorim» 
(E.Vohidov);  Sh.Ramazonovning  «Sevdim  dildan»  (A.Isroilov);
E.Qalandarovning 
«Yor-yor»; 
D.Soatqulovning 
«Mohigul» 
(H.G‘ulom) kabi asarlar shular jumlasidandir.
B.Zokirov,  Yu.To‘rayev,  L.Zokirova,  N.Zokirov,  E.Qandov, 
R.Sharipova,  M.Shamayeva  kabi  xonandalar  o‘zbek  estrada 
musiqasining mohir xonandalari qatorida elga tanildilar.
151


Qo‘shiqlar  qatorida  estrada  yo‘nalishida  kompozitorlar 
tomonidan orkestr uchun maxsus asarlar yaratililishi ijodiyotda keng 
ommalashdi. A. Malaxovning o‘zbek xalq kuylari asosida yaratilgan 
«Doira  yulduzi»  va  «Shodlik»  pyesalari,  LAkbarovning  «Ketma 
nigor»  qo‘shig‘i  asosida  yaratilgan  «Fantaziya»si;  A.Goncheren- 
kovning  «Sharq  syuitasi»,  E.  Salixovning  «Final-pyesa»si  shular 
jumlasidandir.
70-yillaming boshlariga kelib ommaviy musiqa san’atida yangi 
yo‘nalish  -   bit-musiqa  ommalasha  boshlanadi.  Orkestr  jamoasini 
faoliyatini  saqlagan  holda  Botir  Zokirov  va  Yunus  To'rayevlar 
hamkorligida  «Toshkent  myuzik-xoll»  ni  tashkil  topdi.  Toshkent 
myuzik-xolli  o‘z  yo‘nalishida  adabiy  mazmun  asosida,  dramatik 
spektakllar  orqali  qiziqarli,  rang-barang  konsert  dasturlarini  tuzish 
va jamoaviy tarzda namoyish etish maqsadlarini  amalga oshiradilar. 
Teatrlashtirilgan  ssenariylar  asosida  konsert  namoyishlarini  tashkil 
etadilar. Eng muhimi o‘zbek estrada musiqasi ijrochiligi amaliyotida 
vokal-cholg‘u  ansambllari  tuzila  boshlanadi,  estrada  xonanda  va 
sozandalarining  yangi  avlodi  tarbiyalanadi.  Myuzik-xoll  yosh 
xonandalar  uchun  haqiqiy  estrada  maktabi  vazifasini  o‘taydi.
E.  Salixov, A.  Kalvarskiy, E. Qalandarov, G£. Xoliqov kabi kompo­
zitorlar  bu  yo‘nalishda  samarali  ijod  qiladilar.  Estrada  san’atida 
yangi  guruhlar  va  ijrochilar  avlodi  shakllanadi.  Buning  zaminida 
albatta  o‘zbek  estrada  simfonik  orkestrlarining  samarali  faoliyati, 
respublikada  zamonaviy  estrada  musiqa  san’atini  rivojlantirishda 
alohida ahamiyat kasb etdi.
E strada  guruhlari.  Shu  davrga kelib o'zbek estra  ijrochiligi 
san’atida jahon  musiqa  ijrochiligi  andozalariga  xos  ijro  an’analari 
kirib  keladi.  Jamoaviy  ijro,  ya’ni  vokal-cholg‘u  ansambllari 
shakllanadi. 
Buning 
keng 
rivojlanishiga 
1970-yili 
yosh 
san’atkorlardan  tuzilgan  “Yalla”  vokal-cholg‘u  ansamblining 
faoliyati  alohida  o‘zining  ta’sirini  namoyon  etdi.  Estrada  san’atida 
pop-musiqa,  rok-musiqalarining  vokal-cholg‘u  guruhlari  ustuvor 
o‘ringa  chiqib  ketdi.  «Yalla»  vokal-cholg‘u  ansambli  o‘zining  ilk 
konsert  dasturmi  namoyishidan  boshlab  tomoshabinlar  e ’tiboriga 
tushdi.  Amaliyotda,  yosh  xonanda  va  sozandalami  birlashtirgan 
“Navo”,  “Sado”,  “Navruz”,  ....... .  kabi  bir  qator  vokal-cholg£u
152


ansabllari  tashkil  etildi  va  o‘ziga  xos  yo‘nalishlarda  faoliyat  olib 
bordilar.
80-yillar  o‘rtalariga  kelib,  ansambllar  o‘mini  yakkaxon 
xonandalar  ijodi  egallaydi  va  o‘ziga  xos  ijodiy  rivojlanish  yangi 
bosqichi  boshlanadi.  0 ‘zbek  estrada  musiqasining  ijrochilik 
amaliyotida  milliy  musiqaga  yo‘naltirilgan,  folklor  musiqasiga 
asoslangan,  mumtoz  musiqasiga taqlidan  ergashgan,  kompozitorlik 
ijodida yaratilgan yangi  namunalarga asoslangan  qator yo‘nalishlar 
yuzaga  keldi.  Buni  albatta,  o‘zbek  estrada  musiqasining  umumiy 
panoramasidagi  turli  milliy  va  professional  yo‘nalishlar  deb  qabul 
qilish lozimdir.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish