“Kadrlarni hisobga olish” moduli
rahbarlar va personal bo’yicha
mutaxassislar uchun mo’ljallangan. Uning vositasida xodimlarni ishga qabul qilish,
xizmat lavozimlarida siljitish, ishdan bo’shatish bo’yicha barcha asosiy
operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Buning uchun xodimlarning hamda
muayyan lavozimga nomzodlarning shaxsiy varaqlaridan foydalaniladi. Korxona va
tashkilotda xodimlar faoliyat boshlashi bilan ularga oid hujjatlar (buyruqlar,
farmonlar, qarorlar)ni tezlik bilan tayyorlash va hisobga olish choralari ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |