2.Xodimlar talablarini tayyorlash va taqdim etish.
Ish beruvchi bilan
jamoa shartnomasi tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba
uyushmasi o’z vakilligi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik
yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig’ilishi (konferentsiyasi) ega. Buning
uchun
xodimlar
vakolat bergan organ ish beruvchiga tegishli yozma xabar yo’llaydi. Bu yozma
xabarni olgan ish beruvchi yoki u vakolat bergan organ etti kun ichida munozaralarga
kirishishi shart. Xodimlar va ish beruvchi o’rtasida avvalgi jamoa shartnomasi amal
qilayotgan bo’lsa, yozma xabar jamoa shartnomasi amal qilish muddati tugashiga
qadar uch oy muddatda yoki bu hujjatlar belgilab qo’yilgan muddatda yuborilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |