Bosqichma-bosqich
kar’era.
U vertikal va gorizontal kar’era
xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Ya’ni xodimning xizmat vazifasida o’sishi
bosqichma-bosqich vertikal hamda gorizontal holda kechishi mumkin. Bu sezilarli
darajada samara beradi. Bosqichma-boskich kar’era korxona ichidagi kar’era
shaklida hamda korxonalararo kar’era shaklida uchraydi.
6.
Yashirin kar’era.
Bu atrofdagilar uchun aniq-ravshan holda ro’y
bermaydigan xizmat lavozimida o’sishdir. Bunday imkoniyatga odatda o’z
korxonasidan tashqarida juda keng amaliy aloqalari mavjud tor doira xodimlari ega
bo’ladilar. Boshqacha qilib aytganda, yashirin kar’era deyilganda kompaniya yoki
firma rahbariyatiga yaqinlashish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |