Shaxsiy sifatlarni aniqlash juda oson ko’rinsa ham, ko’rsatkichlarning ushbu
guruhini tanlash, tavsiflash va hisoblashda jiddiy muammolar yuzaga chiqadi. Bu
shaxsiy sifatlar qo’rsatkichlari muayyan darajada cheklanganligi, ularni baholashda
sub’ektivizmdan qochishning murakkabligi, shaxsiy sifatlar namoyon bo’lishini
bevosita kuzatish imkoniyati yo’qligi bilan bog’liqdir.
Xodim muayyan ishni bajarar ekan, uning mehnat faoliyati, erishgan
natijalarini baholash qiyin emas. Ammo bu faoliyat jarayonida uning shaxsiy sifatlari
209
ochiq-ravshan namoyon bo’lmaydi. Shuning uchun shaxsiy sifatlarni baholashga juda
ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur.
Kompaniya va firmalarda