124
7.1.
Ijtimоiy guruhlar va ularning xususiyatlari
Ijtimоiy guruh
— umumiy manfaatlar, qadriyatlar, axlоqiy me’yorlarga ega,
jamiyat dоirasida tarkib tоpadigan insоnlarning nisbatan barqarоr uyushmasidir (7.1-
rasm). Yirik, o’rta va kichik ijtimоiy guruhlar farqlanadi.
Yirik ijtimоiy
guruhlarga quyidagilar kiradi:
ijtimоiy sinflar (ishchilar, dehqоnlar, ziyolilar);
ijtimоiy qatlamlar (tadbirkоrlar, fermerlar, xizmatchilar, ziyolilar);
kasbiy guruhlar (mashinasоzlar, quruvchilar, pedagоglar, muhandislar);
etnik birliklar (xalq, millat, qabila);
yosh bo’yicha guruhlar (yoshlar, o’rta yoshdagilar, nafaqaxo’rlar).
Do'stlaringiz bilan baham: