50. Quyidagi kompetensiyalarning qaysi biri fanga oid kompetensiya?
*a) Kognitiv
b) Ijtimoiy faol faqarolik
c) Kommunikativ
d) Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
18. Qaror qabul qilish insoniyat faliyatidagi
*a) maxsus jarayon
b) maxsus axborot xizmati
c) maxsus ijtimoiy faoliyat
d) maxsus siyosiy faoliyat
6. Qaysi xalqaro tadqiqot 15 yoshli o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha hamda o‘qish savodxonligini baholaydi?
*a) Xalqaro PISA tadqiqoti
b) Xalqaro TIMSS tadqiqoti
c) Xalqaro PIRLS tadqiqoti
d) Xalqaro TALIS tadqiqoti
38. Qozizoda Rumiy nechanchi yillarda yashagan?
*a) 1360–1447
b) 1385–1457
c) 1048–1156
d) 1048–1131
95. Qavariq beshburchak burchaklaridan ikkitasi to’g’ri, qolganlari o’zaro 2:3:4 nisbatda.Beshburchakning katta burchagini toping.
*a) 160º
b) 150º
c) 120º
d) 90º
47. Qanday kompetensiyada ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
*a)Kommunikativ kompetensiya
b)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
48. Qanday kompetensiyada mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
*a)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
b)Kommunikativ kompetensiya
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
49. Qanday kompetensiyada doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi?
*a)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
b)Kommunikativ kompetensiya
c)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
d)Milliy va umummadaniy kompetensiya
50. Qanday kompetensiyada jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
*a)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
b)Milliy va umummadaniy kompetensiya
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
51. Qanday kompetensiyada vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi?
*a)Milliy va umummadaniy kompetensiya
b)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
c)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
d)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
52. Qanday kompetensiyada aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
*a)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
b)Milliy va umummadaniy kompetensiya
c)O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
d)Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
50. Quyidagi qaysi sinfdan tashqari mashgulotda o’qituvchi o’quvchilar tomonidan muayyan mavzularda kuzatishlar o’tkazish,qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullarini rejalashtiradi?
*a) Yakka tartibda individual tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgulotlarda
b) Guruhlarda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotda
c) Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg’ulotda
d) to’g’ru javob yo’q
Do'stlaringiz bilan baham: |