1.4-rasm. О‘lchami va hisoblash quvvati bо‘yicha kompyuterlarni turlarga ajratish.
Kompyuterlarning o‘z vazifalarini bajarish imkoniyatlari ularning quyidagi muhim texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari bilan bog‘liq:
tezligi (vaqt birligi oralig‘ida mashina bajaradigan о‘rtacha amallar soni bilan о‘lchanadi);
kompyuter ishlov beradigan sonlarni razryadligi va ifodalanish shakli;
xotira turlari va barcha xotiralarning tezligi;
axborotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilmalari turlari va texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari;
kompyuterlarning о‘zaro va qismlarini ulash hamda aloqa qurilmalarining turi va о‘tkazish xususiyatlari;
kopyuterlarni bir vaqtda bir necha foydalanuvchi bilan ishlashi va bir necha dasturni parallel bajara olishi (kо‘p masalali);
kompyuterda ishlatiladigan operatsion tizimning turi va texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari;
dasturiy ta’minotning mavjudligi va vazifalarining imkoniyatlari;
boshqa turdagi kompyuterlar uchun yozilgan dasturlarni bajara olish imkoniyati (boshqa kompyuterlar bilan dasturiy moslashuvchanligi);
mashina buyruqlarining tarkibi va tizimi;
aloqa kanallariga va kompyuter tarmoqlariga ulanish imkoniyati;
kompyuterning foydalanishdagi ishonchliligi.
Yuqorida qayd qilib о‘tilgan zamonaviy kompyuterlarning ba’zi qiyosiy kо‘rsatkichlari 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval
Zamonaviy kompyuterlarning qiyosiy kо‘rsatkichlari
Kо‘rsatkichlar
|
Kompyuter guruhlari
|
Super kompyuterlar
|
Katta kompyuterlar
|
Kichik kompyuterlar
|
Mikro -kompyuterlar
|
Unumdorlik MIPS
|
1000 – 1000 000
|
100 – 10 000
|
10 - 1000
|
10 - 200
|
TX sig‘imi, Mbayt
|
2000 – 100 000
|
512 – 10 000
|
128 - 4096
|
128 - 2048
|
Tashqi XQ sig‘imi, Gbayt
|
500 – 50 000
|
100 – 10 000
|
100 -1000
|
100 - 1000
|
Razryadligi, bit
|
64 - 256
|
64 - 128
|
32 - 128
|
32 - 128
|
Birinchi katta EHMlarni paydo bо‘lish tarixi element asosi elektron lampalardan to yuqori darajada integrallashtirilgan integral sxemalargacha bо‘lgan yо‘lni bosib о‘tdi.
ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer) birinchi katta EHM 1946 yili yaratilgan. Mashinaning og‘irligi 30 tonnadan ortiq bо‘lib, sekundiga bir necha yuz amal bajarish tezligiga ega bо‘lib, tezkor xotirasi esa 20 ta son sig‘imida bо‘lgan, katta zalda 150 m2 atrofidagi maydonni egallagan.
Vaqt o‘tishi bilan katta kompyuterlarning unumdorligi qator masalalarni (ob-havoni bashorat qilish, murakkab mudofaa majmualarini boshqarish, biologik tadqiqotlarni, ekologik tizimlarni modellashtirish) yechish uchun yetarli bо‘lmay qoldi. Shu sababli superkompyuterlarni, ya’ni yuqori quvvatli hisoblash tizimlarini loyihalashtirib, ishlab chiqishga zaruriyat tug‘ildi, ular hozirgi vaqtda ham jadallik bilan rivojlantirilmoqda.
1970 yillarda kichik kompyuterlarning paydo bо‘lishiga bir tomondan element asosining keskin rivojlanishi sabab bо‘lsa, ikkinchi tomondan qator ilovalar uchun katta kompyuterlarning resurslari ortiqchalik qila bоshladi. Kichik kompyuterlar kо‘pincha texnologik jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ular ancha ixcham va katta kompyuterlarga nisbatan ancha arzon. Element asosi texnologiya va arxitekturaviy yechimlarning keyingi yutuqlari tufayli supermini kompyuterlar paydo bо‘la boshladi. Ular о‘lchami, arxitekturasi va narxi bо‘yicha kichik kompyuterlar guruhiga tegishli bо‘lsa ham, ammo unumdorligi bо‘yicha katta kompyuterlarga tenglasha oladi.
1969 yilda mikroprotsessorlarning ixtiro qilinishi 1970 yillarda yana bir kompyuterlar guruhi – mikrokompyuterlarni paydo bо‘lishiga olib keldi. Aynan mikroprotsessorlarning mavjudligi mikrokompyuterlarning aniqlab beruvchi belgi bо‘lib qolishiga xizmat qildi. Hozir mikroprotsessorlar barcha kompyuter guruhlarida ishlatiladi.
Ba’zi kompyuter guruhlarining hozirgi holatini qisqacha kо‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |