Modbus protokoli
Modbus uzatish protokoli Gould Modicon (hozirda AEG) firmasi tomonidan texnologok jarayonlarni boshqarish tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Muhokama qilingan boshqa protokollardan farqli o‘laroq, unda hech qanday qat‘iy interfeys mavjud emas. Shuning uchun foydalanuvchi RS-422, RS-485 yoki 20 mA da ishlovchi tarmoq konturlaridan birini tanlashi mumkin, ma’lumotni uzatish tezligini tanlangan protokol ta‘minlaydi. Modbus boshqa protokollarga nisbatan sekin bo‘lsada, ishlab chiqarishda va foydalanuvchilar tomonidan keng qullaniladi. Taxminan 20-30 ta dunyoning erik qurilma ishlab chiqaruvchi korxonalari asboblarni Modbus protokoli bilan ishlab chiqarfdi. Deyarli barcha ishlab chiqarish jarayonlarida Modbus protokoli qullaniladi, shuning uchun ushbu protokol sanoat standarti sifatida qabul qilingan. Yaqinda o‘tkazgan American Control Engineering jurnali so‘rov natijasiga ko‘ra aloqa ilovalarining 40% dan ko‘prog‘i interbus uchun Modbus protokolidan foydalanganini ko‘rsatdi. Standart Modbus protokoli bilan bir qatorda Modbus protokolining ikkita tuzilishi ham mavjud:
Modbus Plus eng ommabop protokollardan biri hisoblanadi. Klassik Modbus kabi ochiq standartga ega emas. Modbus II qo‘shimcha kabel talab qilishi va boshqa qiyinchiliklar mavjudligi tufayli juda ko‘p foydalanilmaydi. Bu protokollar master/slave prinsipiga asoslangan, bitta master va 247 ta yordamchi qurilmani ulanishini ta‘minlaydi. Ma’lumot almashinuvini faqat master boshqaradi. Transaksiyalarda faqat bitta yordamchi qurilmaga yoki barcha yordamchi qurilmalarga murojat qilinadi. Transaksiya bitta so‘rov va bitta javobdan tashkil topadi. Modbus protokoli xususiyatlariga kadr formati, kadr ketma-ketligi, aloqa xatolarini vujudga kelishi, istisno shartlari va boshqalar kiradi.
Modbus protokolining RTU yoki ASCII rejimlari mavjud. Har bir qurilmada foydalanuvchi xarakteristikalari o‘rnatiladi va tizim ishlayotgan vaqtda o‘zgartirilmaydi. Modbus protokoli asosiy (master) va qushimcha (slave) qurilmalari o‘rtasidagi xabarlarni uzatish uchun kadr taqdim etadi.
Ma’lumot almashinuvi ikkita rejimida amalga oshirilishi mumkin:
Modbus ASCII- Ma’lumot ASCII simvollarida yoboriladi, test qilish uchun keng foydalaniladi;
Modbus RTU-kompakt va tezkor, normal operatsiyalar uchun foydalaniladi.
Modbus protokoli shuningdek, uzatish va aloqa xatolarini tekshiradi. Aloqa xatolari simvollarni hosil bulishi, juftlikka tekshirish yoki CRC kodini tekshirish bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |