SONET/SDH tarmoqlari. Amaliyot PDH texnologiyasining kamchiliklarini aniqladi, ularning asosiylari quyidagilar:
Foydalanuvchilarning axborotini multipleksirlash va demultipleksirlash operatsiyalarini samaradorsizligi va murakkabligi, masalan, YE-1 kanalini YE-3 kanalidan shoxlamasi uchun oxirgisini YE-2 kanalda demultipleksirlash kerak bо‘ladi va faqat shundan keyin YE-2 aniqlangan kanal tо‘plamidan YE-1 kanalida demultpleksirlanadi.
PDH da buzilishga barqarorlikni ta’minlovchi vositalarning yо‘qligi, yani bu texnologiyada asosiy kanal ishdan chiqqandagi holatda zaxira kanaliga avtomatik ravishda о‘tkazish amali quvvatlanmaydi
Hatto bosqichli tezliklarning yuqori pog‘onasida ham unumdorlikning yetarli emasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |