Axborot topologiyasi – bu tarmoqdan uzatilayotgan axborotlar oqimining yо‘nalishidir.
Misol uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «shina» tarmog‘i axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalanishi mumkin (ya’ni bu xalqa ma’nosida) va bir vaqtning о‘zida barcha axborotni alohida ajratilgan bir kompyuterdan uzatishi ham mumkin (ya’ni bu yulduz ma’nosida). Mantiqiy topologiyali «shina» tarmog‘i, jismoniy topologiyali «yulduz» (passiv) va «daraxt» (passiv) kо‘rinishga ham ega bо‘lishi mumkin.
Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma’nosida yulduz deb hisoblanishi mumkin, agarda bir server va bir necha mijoz asosida yig‘ilgan tarmoq bо‘lsa, faqatgina shu server bilan aloqa qilinadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining kamligi haqidagi fikirlar markazdagi buzilishlarning sababi deyish adolatli bо‘ladi (bu holda – server).
Do'stlaringiz bilan baham: |