28
P
qizlar 13 yoshdan oshganlarida ularning bo‘ylari o‘g‘il bo-
lalarnikidan balandroq bo‘ladi.
P
qizlar 10 yoshdan 11 yoshga yetganlarida ularning bo‘ylari
o‘g‘il bolalarnikidan balandroq bo‘ladi.
Kod 99: Javob yozilmagan.
3-savol: Bo‘yning o‘sishi
Berilgan grafikdan foydalanib,12 yoshdan keyin qizlar bo‘yining o‘rtacha
o‘sish darajasi sekinlashib borishini qanday aniqlash mum kinligini tu-
shuntirib bering.
3-savol to‘g‘risida ma’lumot
Matematikaga oid mazmun sohasi: o‘zgarish va munosabatlar.
Kontekst: ilmiy.
Aqliy faoliyat turi: talqin qilish.
3-savolning baholash mezoni
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda,
ushbu javoblar to‘liq qabul qilinadi va to‘liq kredit beriladi:
Masalaning javobini yozishda grafikning egilishining “o‘zgarib”
borayotganini ko‘rsata olish kerak. Bu bevosita yoki bilvosita bajarilishi
mumkin. Kod 11 va kod 12 grafik egri chizig‘ining keskin o‘zgarishi
tushuntirilgan holatda yoziladi, kod 13 qizlar bo‘yining 12 yoshdan bo‘y
avvalgi va keyingi davrida o‘sish darajasini qiyoslash uchun yoziladi.
Kod 11: Qizlarning 12 yoshdan keyin o‘sish darajasida keskin o‘zgarish ku-
zatilgani
matematik yechim bilan emas, balki so‘zlar bilan ifoda-
langan:
P
grafik yuqoriga qarab to‘g‘ri yo‘nalmasdan, u gorizontal holatda
yo‘nalmoqda;
P
egri chiziq gorizantal holatda yo‘nalmoqda;
P
12 yoshdan keyin grafik egri chizig‘i gorizontal holatda
yo‘nalmoqda;
P
qizlar uchun berilgan chiziq gorizontal holatda yo‘naladi, ammo
o‘g‘il bolalar uchun berilgan chiziq tobora yuqoriga ko‘tarilishda
davom etadi;
P
qizlar uchun berilgan grafik gorizontal yo‘nalishda
davom
etadi, ammo o‘g‘il bolalar uchun berilgan grafik yuqoriga ko‘tarilib
boradi.
Kod 12: Matematik amallardan foydalanib, 12 yoshdan keyin qizlar bo‘-
yining o‘sishi cheklanishini aniqlash mumkin:
29
P
chizma yoyi tobora pasayib bormoqda;
P
12 yoshdan keyin chizmaning o‘zgarish sur’ati
pasayadi;
P
[o‘quvchi 12 yoshdan avval va keyin x o‘qiga nisbatan yoy
burchagini hisoblagan.]
Umuman olganda, masalaning yechimida “pasayish”, “egilish”
yoki “o‘zgarish sur’ati” kabi so‘zlar ishlatilgan va bu so‘zlar
matematik ifodalar sifatida qabul qilinadi.
Kod 13: Haqiqiy o‘sish darajasi qiyoslangan (qiyoslash bevosita amal-
ga oshirilgan):
P
10 yoshdan 12 yoshgacha 15 santimetrga o‘sgan, ammo
12 yoshdan 20 yoshgacha o‘sish darajasi taxminan 17
santimetr-
ni tashkil etgan;
P
10 yoshdan 12 yoshgacha o‘rtacha o‘sish darajasi yiliga
7,5 santimetrni tashkil etgan, ammo 12 yoshdan 20
yoshgacha
esa yiliga o‘rtacha o‘sish taxminan 2 santimetrni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: