Testlar
1. ”Biz tariximizdan bir sahifani ham olib tashlamaymiz.Bu tarix bizniki, uni unutishga hech kimning haqqi yo’q” so’zlari kimga tegishli?
A) A.Fitrat
B) U.Xo’jayev
C) B.Ahmedov
D) I.Karimov
2. O’rta Osiyoda qaysi davlat poytaxti islom dini markazlaridan biri hisoblangan?
A) Afg’oniston davlati
B) Buxoro amirligi
C) Qo’qon xonligi
D) Xiva xonligi
3. XIX asrda Buxoro amirligining hududi qancha edi?
A) 130 ming kv.km
B) 200 ming kv.km
C) 448 ming kv.km
D) 267 ming kv.km
4. Buxoro amirligining hududini ko’rsating.
A) Janubda Kichik Juz yerlaridan Amudaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Xiva xonligi hududlarigacha cho’zilgan.
B) Janubda Afg’onistondan, sharqda Xiva xonligidan g’arbda Qo’qon xonligi hududlarigacha cho’zilgan.
C) Janubda Afg’onistondan Sirdaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Mang’ishloq yarimoroligacha cho’zilgan.
D) Janubda Amudaryoning qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan.
5. XIX asrda Buxoro amirligi hududi janubda qayerdan boshlangan?
A) Pomir tog’lari
B) Amudaryoning chap qirg’ogi
C) Xiva xonligi
D) Sirdaryo
6. XIX asrda Buxoro amirligi hududi sharqda qayerdan boshlangan?
A) Xiva xonligi
B) Amudaryoning chap qirg’ogi
C) Pomir tog’lari
D) Sirdaryo
7. XIX asrda Buxoro amirligi hududi g’arbda qayergacha borgan?
A) Pomir tog’lari
B) Amudaryoning chap qirg’ogi
C) Xiva xonligi
D) Sirdaryo
8. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi bilan chegaradosh davlatlar xato berilgan javobni aniqlang?
A) Eron, Afg’oniston
B) Sharqiy Turkiston va Xitoy
C) qozoq juz yerlari
D) Qo’qon va Xiva xonliklari
9. Buxoro amirligining markaziy qismini aniqlang.
A) Sirdaryo vodiysi
B) Qarshi vohasi
C) Zarafshon vodiysi
D) Jizzax vohasi
10. Buxoro amirligining markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida qanday shaharlar joylashgan?
A) Buxoro, Samarqand
B) Kitob, G’uzor
C) Termiz, Sherobod
D) Shaxrisabz, Qarshi
11. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
A) Kitob, G’uzor
B) Chorjo’y, Marv
C) Shaxrisabz, Qarshi
D) Buxoro, Samarqand
12. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
A) Oqmachit, Turkiston
B) Hisor, Ko’lob
C) Termiz, Sherobod
D) Termiz, Ko’lob
13. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Tojikistondagi hududlar xato berilgan javobni toping.
A) Vaxsh vodiysi
B) Murg’ob vohasi
C) Panj vodiysi
D) Kofirnihon vodiysi
14. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Turkmanistondagi hudud to’g’ri berilgan javobni toping.
A) Kofirnihon vodiysi
B) Murg’ob vohasi
C) Panj vodiysi
D) Vaxsh vodiysi
15. Buxoro amirligi qanday boshqarilgan?
A) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni devonbegi boshqargan.
B) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni amir tayinlagan beklar boshqargan.
C) Amirlik beklik va noiblikka bo’linib, ularni amir tomonidan tayinlangan noib boshqargan.
D) Amirlik viloyatlarga bo’linib, viloyatlarni qushbegi boshqargan.
16. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan?
A) 27ta
B) 18ta
C) 40ta
D) 23ta
17. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi hududi qancha edi?
A) 200 ming kv.km
B) 448 ming kv.km
C) 267 ming kv.km
D) 130 ming kv.km
18. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi janubda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Eron
B) Kaspiy dengizi
C) qozoq juzlari
D) Buxoro amirligi
19. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sharqda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Buxoro amirligi
B) qozoq juzlari
C) Eron
D) Kaspiy dengizi
20. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi g’arbda qayer bilan chegaradosh edi?
A) qozoq juzlari
B) Eron
C) Buxoro amirligi
D) Kaspiy dengizi
21. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chegaradosh edi?
A) Kaspiy dengizi
B) qozoq juzlari
C) Eron
D) Buxoro amirligi
22. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang.
A) Vazir
B) Qo’ng’irot
C) Xiva
D) Urganch
23. XIX asr o'rtalarida Xiva xonligining yirik shaharlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) Xiva, Kat
B) Vazir, Mang’it
C) Yangi Urganch, Hazorasp
D) Qo’ng’irot, Xo’jayli
24. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularni xon tomonidan tayinlangan…… boshqargan.
A) beklar va to’ralar
B) noiblar
C) biy va beklar
D) beklar
25. Xiva xonligida qancha beklik bo’lgan?
A) 40ta
B) 27ta
C) 23ta
D) 18ta
26. XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat-Qo’qon xonligi tashkil topdi?
A) Farg’ona vodiysi va Amudaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
B) Farg’ona vodiysi va Norin daryosigacha bo’lgan hududlar
C) Farg’ona vodiysi va Irtish radyosining quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
D) Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar
27. Qo’qon xonligi g’arbda qayerlar bilan chegaradosh edi?
A) Buxoro amirligi
B) B va C
C) Sharqiy Turkiston
D) Xiva xonligi
28. Qo’qon xonligining qaysi tog’li o’lkalarni o’z ichiga olgan?
A) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar
B) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non
29. Qo’qon xonligining qaysi hududlar borasida Buxoro amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlari ro’y bergan?
A) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa
B) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non
30. Qo’qon xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlari xato berilgan javobni aniqlang?
A) Marg’ilon, Namangan, O’zgan
B) Chimkent, Qorategin, Darvoz
C) O’sh, Pishpak, Turkiston
D) Qo’qon, Toshkent, Andijon
31. O’rta Osiyoda qaysi davlat boshqa xonliklardan farqli o’laroq, sersuv daryolar, so’lim vodiylar, serhosil yerlarga boy bo’lgan?
A) Afg’oniston
B) Qo’qon xonligi
C) Xiva xonligi
D) Buxoro amirligi
32. O’rta Osiyoda qaysi xonlik bekliklarga bo’linib, ularni asosan xon tomonidan o’z qarindoshlari va yaqinlaridab tayinlangan kishilar boshqargan?
A) Xiva xonligi
B) Afg’oniston
C) Qo’qon xonligi
D) Buxoro amirligi
33. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha kishi edi?
A) 2 mln.atrofida
B) 800 ming
C) 3 mln.dan ortiq
D) 3 mln.ga yaqin
34. Buxoro amirligining etnik tarkibi asosan kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1,3,4,5
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 5, 6
35. XIX asr o’rtalariga kelib Xiva xonligida aholi soni qancha edi?
A) 3 mln.ga yaqin
B) 800 ming
C) 3 mln.dan ortiq
D) 2 mln.atrofida
36. Xiva xonligi aholisi asosan kimlardan tashkil topgan?
A) tojiklar
B) o’zbeklar
C) turkmanlar
D) qozoqlar
37. Xiva xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz
A) 1, 2, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5
D) 1,3,4,5
38. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi aholisi qancha edi?
A) 3 mln.dan ortiq
B) 800 ming
C) 2 mln.atrofida
D) 3 mln.ga yaqin
39. Qo’qon xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 5, 6
D) 1,3,4,5
40. Qo’qon xonligida yashagan boshqa elat vakillari xato berilgan javobni toping.
A) uyg’urlar
B) xitoyliklar
C) hindlar
D) yahudiylar
41. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi o’zbeklar shug’ullangan sohalar xato berilgan javobni toping.
A) dehqonchilik
B) chorvachilik
C) hunarmandchilik
D) savdo-sotiq
42. XIX asr o’rtalarida uchala xonlikda ham chorvachilik bilan shug’ullangan millat vakillari xato berilgan javobni toping?
A) turkman, qirg’iz
B) o’zbek, tojik
C) qozoq, qirg’iz
D) qozoq, qoraqalpoq
43. Uchala xonliklarning hududi bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari qaysi davlatlarni o’z ichiga olgan? 1.Qozog’iston 2.Qirg’iziston 3.Tojikiston 4.Turkmaniston 5.Eron 6.Xitoy
A) 1, 3, 4, 5
B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 2, 3, 4
D) 2, 4, 5, 6
44. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisi asosiy qismining shug'ullangan sohalari xato javobni toping.
A) dehqonchilik
B) termachilik
C) hunarmandchilik
D) chorvachilik
45. Quyidagi nomlar bir-biriga mos kelmagan javobni toping.
A) Avliyoota-Taraz
B) Oqmachit-Qizilo’rda
C) O’zgan-Jand
D) Pishpak-Bishkek
46. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Dushanbe, Sherobod
B) Shaxrisabz, Qarshi
C) Qunduz, Shibirg’on
D) Buxoro, Samarqand
47. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Qashg’ar, Yorkend, Badaxshon
B) Pishpak, Avliyoota, Xo’jand
C) Namangan, O’zgan, Marg’ilon
D) Oqmachit, Turkiston, Andijon
48. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping.
A) Urganch, Xiva
B) Astrobod, Qunduz
C) Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch
D) Hazorasp, Marv
2-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ma'muriy boshqaruv tizimi (38)
Testlar
1. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping.
A) amir hokimiyati avloddan avlodga meros tariqasida o’tgan
B) 1826-1861-yillar Amir Nasrullo hukmronlik davri
C) Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblangan.
D) amirlikni 1756-1920 yillarda mang’itlar sulolasi boshqargan
2. Buxoro amiri Amir Muzaffar hukmronlik yillarini toping.
A) 1860-1885-yillar
B) 1800-1826-yillar
C) 1826-1860-yillar
D) 1785-1800-yillar
3. Buxoro amirligining ma’muriy markazi qaysi shahar edi?
A) Vardonze
B) Termiz
C) Chorjo’y
D) Buxoro
4. Buxoro amirligida ijro hokimiyati kimning qo’lida bo’lgan?
A) mirzaboshi
B) amir
C) devonbegi
D) qo’shbegi
5. Buxoro amirligida bosh vazir kim edi?
A) mirzaboshi
B) dodhoh
C) qo’shbegi
D) devonbegi
6. Buxoro amirligida viloyat va tuman hokimlari kimning tavsiyasi bilan tayinlangan?
A) mirzaboshi
B) devonbegi
C) qo’shbegi
D) dodhoh
7. Buxoro amirligida moliya va xazina ishlari, soliqlar to’planishi, tashqi aloqalarni yuritish kabi sohalarni kim boshqargan?
A) mirzaboshi
B) qo’shbegi
C) dodhoh
D) devonbegi
8. Amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul shaxsni aniqlang?
A) devonbegi
B) mirzaboshi
C) dodhoh
D) qo’shbegi
9. Amirlikda soliqlarni o’z vaqtida yig’ish va ularni hisobga olib borishga kim javobgar bo’lgan?
A) dodhoh
B) shayxulislom
C) mushrif
D) parvonachi
10. Buxoro amirligida xalqning shikoyatlari bilan kim shug’ullangan?
A) mushrif
B) parvonachi
C) shayxulislom
D) dodhoh
11. Buxoro amirligida oliy hukmdor farmonlarini kim e’lon qilgan?
A) mushrif
B) shayxulislom
C) dodhoh
D) parvonachi
12. Buxoro amirligida shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni kim amalgam oshirgan?
A) shayxulislom
B) dodhoh
C) parvonachi
D) mushrif
13. Buxoro amirligida devonbegiga bo’ysungan mansab egasi?
A) mirzaboshi
B) dodhoh
C) muhtasib
D) qo’shbegi
14. Buxoro amirligida shayxulislomga bo’ysungan mansab egasi
A) qo’shbegi, dodhoh
B) dodhoh, mushrif
C) sadr, otaliq
D) muftiy, muhtasib
15. Buxoro amirligida diniy-huquqiy masalalar bilan kim shug’ullangan?
A) otaliq
B) muhtasib
C) muftiy
D) sadr
16. Buxoro amirligida shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilish masalalari bilan kim shug’ullangan?
A) otaliq
B) sadr
C) muhtasib
D) muftiy
17. Buxoro amirligi bilan bog’liq xato javobni toping.
A) amirlikda valiahd tarbiyalovchisi otaliq hisoblangan
B) amirlikda sud boshlig’-qozikalon, raiskalon hisoblangan
C) mirshabboshi amir qo’shinining bosh qo’mondoni hisoblangan
D) vaqf ishlari va mulklari bilan sadr shug’ullangan
18. Buxoro amirligi shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga kim mas’ul hisoblangan?
A) muhtasib
B) to’pchiboshi
C) mirshabboshi
D) ko’kaldosh
19. Buxoro amirligida mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do’stlari va dushmanlari to’g’risida ma’lumotlar to’plash bilan kim shug’ullangan?
A) muhtasib
B) to’pchiboshi
C) mirshabboshi
D) ko’kaldosh
20. Xiva xonligi to’g’risida xato ma’lumotni toping.
A) Xiva xonligi oliy hukmdori xon hisoblangan
B) Xiva shahrida ichki-Dishan qal’a va mudofaa devori bilan o’ralgan tashqi-Ichan qal’a mavjud bo’lgan.
C) Xon qarorgohi Xiva shahrida joylashgan
D) Xiva xonligini 1770-1920-yillarda qo’ng’irotlar sulolasi boshqardi.
21. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlari xato berilgan javobni toping.
A) Xiva, Urganch
B) Vazir, Marv
C) Qiyot, Hazorasp
D) Qiyot, Qo’ng’irot
22. Xiva xonligida oliy amaldor kim hisoblangan?
A) otaliq
B) devonbegi
C) mehtar
D) qo’shbegi
23. Xiva xonligida devonbegining ixtiyoridagi kengashga kirgan mansablar xato berilgan javobni toping.
A) qo’shbegi
B) otaliq
C) mehtar
D) mirshabboshi
24. Xiva xonligida mirshabboshi…..
A) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni
B) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan
C) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan
D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan.
25. Xiva xonligida yasovulboshi…..
A) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan
B) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni
C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan
D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan.
26. Xiva xonligida shayxulislom…..
A) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan.
B) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni
C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan
D) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan
27. Xiva xonligida mirobboshi…..
A) xonlikdagi tartib intizom ishlariga bosh bo’luvchi xon qo’shinlarining bosh qo’mandoni
B) aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug’ullangan
C) sug’orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga rahbarlik qilgan
D) diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga bosh bo’lgan.
28. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida taxminan qancha otliqdan iborat qo’shin bor edi?
A) 50 ming
B) 60 ming
C) 45 ming
D) 40 ming
29. Xiva xonligida qo’shinga kim qo’mandonlik qilgan?
A) mirshabboshi
B) otaliq
C) lashkarboshi
D) qo’shbegi
30. Xiva xonligida askarlik xizmatida bo’lganlarga qanday imtiyoz mavjud edi?
A) xirojdan ozod qilingan
B) oila a’zolariga katta miqdorda maosh berilgan
C) soliqlardan ozod qilingan
D) katta yer berilgan
31. Qo’qon xonligi bilan bog’liq xato javobni toping.
A) xonlikda oliy hukmdor xon hisoblangan
B) eng yuqori mansab mingboshi hisoblanib, u harbiy vazir hisoblangan
C) xonlikni 1710-1876-yillarda ming sulolasi boshqargan
D) xonlikning ma’muriy markazi Qo’qon shahri hisoblangan
32. Qo’qon xonligida alohida harbiy bo’linmalarga kim rahbarlik qilgan?
A) muhtasib-raislar
B) mehtar
C) qozikalon, qozilar
D) mingboshi
33. Qo’qon xonligida xazina ishlari va xarajatlarini kim nazorat qilgan?
A) qozikalon, qozilar
B) muhtasib-raislar
C) mehtar
D) mingboshi
34. Qo’qon xonligida islom dini qoidalari asosida sud ishlarini kimlar olib borganlar?
A) mehtar
B) muhtasib-raislar
C) mingboshi
D) qozikalon, qozilar
35. Qo’qon xonligida kimlar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to’g’ri yuritilishini nazorat qilganlar?
A) mingboshi
B) muhtasib-raislar
C) mehtar
D) qozikalon, qozilar
36. Qo’qon xonligidagi tartib-intizom masalalari bilan kimlar shug’ullangan?
A) mirshab
B) qozikalon, qozilar
C) muhtasib-raislar
D) mehtar
37. Qo’qon xoni zaruriyat tug’ilganda qancha askar yig’a olgan?
A) 1200 aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar
B) 60 ming aravaga ega bo’lgan 12 mingtacha askar
C) 12 ming aravaga ega bo’lgan 600 mingtacha askar
D) 12 ming aravaga ega bo’lgan 60 mingtacha askar
38. Xudoyorxon saroyi qachon qurilgan?
A) XVIII asrda
B) XIX asr o’rtalarida
C) XIX asr oxrida
D) XIX asr boshlarida
3-XIX asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (29)
Testlar
1. Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar qanday nom bilan atalgan?
A) “chorikor”
B) “muzoriy”
C) “barzikor”
D) “yarimchi”
2. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi davlat yerlarini aniqlang?
A) vaqf
B) tanho
C) amlok
D) mulk
3. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi xususiy yerlarni aniqlang?
A) mulk
B) tanho
C) amlok
D) vaqf
4. XIX asr o’rtalarida uchala xonliklardagi masjid va madrasalarga, diniy muassasalarga tegishli yerlarni aniqlang.
A) mulk
B) amlok
C) tanho
D) vaqf
5. Xonliklarda vaqf yerlaridan olinadigan foyda hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug’ullangan?
A) mirob
B) sadr
C) mushrif
D) mutavalli
6. XIX asr o’rtalarida aholi soliqlarni qanday ko’rinishda to’lashgan?
A) pul
B) A va B
C) ishlab berishgan
D) mahsulot
7. Xonliklarda aholining ishlab berishi , mehnat majburiyati…….deyilgan
A) hachi
B) otlanuv
C) begar
D) obrok
8. XIX asr o’rtalarida aholidan yig’ilgan soliqlar turlari xato berilgan javobni toping.
A) ushr, qopchur, kalon
B) xiroj, zakot
C) mulk, tomorqa, bog’
D) suv, tegirmon, tuz
9. Xiva xonligida asosiy soliq qanday nom bilan atalgan?
A) zakot
B) alg’ut
C) salg’ut
D) kafsan
10. XIX asr o’rtalarida xonliklar chorvadorlaridan olingan soliq turini aniqlang?
A) zakot
B) alg’ut
C) salg’ut
D) kafsan
11. XIX asr o’rtalarida xonliklar shahar aholisi-hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliq turi xato berilgan javobni toping?
A) qozon puli
B) savdo puli
C) do’kon puli
D) tarozi puli
12. O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi taraqqiyoti …….
A) sug’orish ishlarining holatiga bog’liq
B) xonning qishloq xo’jaligiga ajratgan mablag’iga bog’liq
C) A va B javoblar to’g’ri
D) suv ta’minotining qay darajada ekanligiga bog’liq
13. XIX asr o’rtalarida xonliklarda sug’orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan shug’ullanadigan mutaxassislar bu…..?
A) miroblar
B) mutavallilar
C) poykorlar
D) jo’ybonlar
14. XIX asr o’rtalarida Farg’onadagi aholi asosan qanday soha bilan shug’ullangan?
A) sug’orma dehqonchilik
B) hunarmandchilik
C) chorvachilik
D) savdo-sotiq
15. O’rta Osiyoning qaysi hududida sug’orish ishlariga katta e’tibor qaratilgan?
A) Zarafshon vodiysi
B) Farg’ona vodiysi
C) Qarshi vohasi
D) Xorazm
16. Farg’ona vodiysi yirik sug’orish inshootlari xato berilgan javobni toping.
A) Oqdaryo, Norin
B) Ulug’nor, Qoradaryo
C) Shaxrixonsoy, Andijonsoy
D) Marg’ilonsoy, Yangiariq
17. Suv chiqishi qiyin bo’lgan joylarga suv chiqaradigan maxsus inshoot?
A) charxfalak
B) suv tegirmoni
C) to’g’on
D) chig’ir
18. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo xonliklarida qishloq xo’jaligida asosiy ekinlar qaysi?
A) paxta
B) paxta va donli ekinlar
C) poliz ekinlar
D) donli ekinlar
19. XIX asr o’rtalarida Marg’ilonda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalarini ko’rsating.
A) do’ppichilik, pichoqchilik
B) kulolchilik
C) atlas to’qish, do’ppichilik
D) zargarlik
20. XIX asr o’rtalarida Rishtonda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ko’rsating.
A) do’ppichilik, pichoqchilik
B) zargarlik
C) kulolchilik
D) atlas to’qish, do’ppichilik
21. XIX asr o’rtalarida Buxoroda ixtisoslashgan hunarmandchilik sohasini ko’rsating.
A) kulolchilik
B) do’ppichilik, pichoqchilik
C) zargarlik
D) atlas to’qish, do’ppichilik
22. XIX asr o’rtalarida Shaxrixonda rivojlangan hunarmandchilik sohalari xato berilgan javobni toping.
A) pichoqchilik
B) duradgorlik
C) zargarlik
D) do’ppichilik
23. O’rta Osiyoning qaysi hududida do’ppichilik, pichoqchilik sohalari yaxshi rivojlangan.
A) Chust
B) Xiva
C) Shaxrixon
D) Qo’qon
24. O’rta Osiyoning qaysi hududida temirchilik, duradgorlik, zargarlik sohalari yaxshi rivojlangan.
A) Qo’qon
B) Xiva
C) Shaxrixon
D) Chust
25. Xivada rivojlangan hunarmandchilikning sohalarini ko’rsating.
A) do’ppichilik, pichoqchilik
B) atlas to’qish, do’ppichilik
C) zargarlik
D) me’morchilik, ganchkorlik
26. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida yaxshi rivojlangan hunarmandchilik turlari xato berilgan javobni aniqlang?
A) kulolchilik, temirchilik, miskarlik
B) me’morchilik, ganchkorlik
C) kandakorlik, badiiy kashtachilik
D) zardo’zlik, shishasozlik,
27. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo savdogarlari qaysi davlatlar bilan savdo qilganlar? 1.Eron 2.Xitoy 3.Hindiston 4.Afg’oniston 5.Rossiya 6.qozoq juzlari 7.Ozarbayjon 8.Misr 9.Arab davlatlari
A) 1,3,5,7,9
B) 2, 4, 6, 8,9
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6
D) 4,5,6,7,8,9
28. XIX asr o’rtalarida xorijda yuqori baholangan O’rta Osiyo hunarmandlarining buyumlari xato berilgan javobni toping.
A) shoyi va atlas
B) pichoqlari
C) zargarlik mahsulotlari
D) kulolchilik buyumlari
29. Agrar so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
A) arabcha-o’lka
B) yunoncha-yer
C) inglizcha-sanoat
D) lotincha-yerga, dalaga oid
4-5-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo aholisining madaniy hayot (43)
Do'stlaringiz bilan baham: |