9 sinf. Fan: Geografiya Mavzu



Download 114,96 Kb.
bet1/22
Sana30.06.2022
Hajmi114,96 Kb.
#720821
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
9-sinf konspekt 4


Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari, tabiati va mehnat resurslari
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

T/R

Darsning bosqichlari

Dars vaqti taqsimoti

Dars mazmuni

1

Tashkiliy qism



5 daqiqa


  1. Salomlashish

  2. Davomatni tekshirish

  3. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  4. Shu kunning muhim yangiliklari bilan tanishish

2

Kirish


12 daqiqa



  1. O’tilgan mavzuni o’zlashtirilganini tekshirish

  2. O’tilgan mavzuni mustaxkamlash

3

Asosiy qism



15 daqiqa



Mavzu: Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari, tabiati va mehnat resurslari

  1. Iqtisodiy geografik o’rni

  2. Tabiiy boyliklari

  3. Aholisi

4

Mustahkamlash



10 daqiqa



  1. Tarqatma materiallar, jadvallar va diagrammalar bilan ishlash

  2. O’z-o’zini baxolash

  3. Xaritalar bilan ishlash

5

Yakuniy qism

3 daqiqa

  1. O’quvchilarni baxolash

  2. Uyga vazifa



Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish



Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

2. O’tilgan mavzuni so’rab baxolash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
5. Uyga vazifa.


O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Darslik matni va «Atlas» (41-bet) materiallaridan foydalanib, mintaqaning ko‘p tarmoqli asosiy sanoat markazlari va ular joylashgan davlatlarni aniqlang. Mintaqa mamlakatlari sanoatining rivojlanish ko‘rsatkichlariga ko‘ra rivojlangan va kam rivojlangan davlatlar guruhlariga ajrating.

  2. Darslik matni va «Atlas» (41-bet) materiallari asosida mintaqaning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi geografiyasini o‘rganing. Unda: birinchidan, sug'oriladigan maydonlar keng tarqalgan mamlakatlarni, qanday daryolardan sug‘orishda foydalanishini; ikkinchidan, asosiy dehqonchilik va chorvachilik mamlakatlarini aniqlang.

Yangi mavzu bayoni
Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagini o‘z ichiga oladi. Bu regionda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin va Sharqiy Timor joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lgan bu mamlakatlar o‘z mustaqilliklarini, asosan, 1945—1984-yillar orasida qo'lga kiritdilar.
Hududi 4,5 mln. km2 bo‘lib, uning yarmidan ko‘pi orollardan iboratdir. Jumladan, regionning eng yirik davlati bo'lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin davlatining hududi minglab orollarda joylashgan.
Iqtisodiy-geografik orni, asosan, ancha qulay. Region IGO‘ ning qulayligi, awalo, Yevropadan Tinch okeani havzasi mamlakatlariga ohb boradigan serqatnov savdo yo‘li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan boshqa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo‘yida yoki orollarda joylashgandir. Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol o'ynamoqda.
Mintaqa mamlakatlari yer yuzasining deyarli yarmi tog‘lar va tog‘oldi balandliklaridan iborat. Ayniqsa, hududning shimoliy va ko'plab orollar hududining asosiy qismini tog‘lar egallaydi. Hududda, ayniqsa, Indoneziya va Filippinda o‘nlab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar mavjud. Unda vaqt-vaqti bilan kuchli zilzilalar bo‘lib turadi.
Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar bor. Ayniqsa, qalayi, volfram kabi rangli metallaming yirik konlari bor. Shuningdek, rux, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko‘mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topilmoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi davlatlar ancha boy.
Janubi-sharqiy Osiyoning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi.
Hoziigi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 583,1 mln. kishidan iborat. Mintaqada ahoU tabiiy o'sish hisobiga ancha tez (yiliga 9 mln. kishi) o‘smoqda. Aholining o‘sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o‘sish har 1000 kishiga 24—26 kishi to‘g‘ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich, aksincha past, 8—14 kishini tashkil qiladi.
Aholi mintaqa bo ‘ у lab notekis joylashgan. 0‘rtacha har 1 km2 maydonga 130 kishi-aholi to‘g‘ri kelgani holda , bu ko'rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o'rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 maydonga 50—80 kishini tashkil qiladi.
Urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 44,1% ga teng. Ushbu ko‘rsatkich Singapurda 100% ni tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (73,5%), Malayziya (67,3%), Filippin (62,7%) davlatlariga xos. Eng past ko'rsatkichlar Laos (20,6%), Vyetnam (26,4%) va Sharqiy Timorda (26,5%) kuzatiladi. Mintaqada «millioner» shaharlar: Jakarta, Singapur, Bangkok, Yangon, Pnompen, Xanoy, Kuala-Lumpur mavjud.

Download 114,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish