8-sinf jahon tarixi



Download 0,55 Mb.
bet57/84
Sana29.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#80802
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Bog'liq
7-sinf JAHON TARIXI

014-V-XI asrlarda Xitoy (41)

Savollar va javobi


1. Qadimgi Xitoyda Xan quldorlik imperiyasi qachon inqirozga uchradi?
 III asrda
2. Qadimgi Xitoyda Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchrab, uning o`rniga nechta mustaqil davlat vujudga kelgan?
 3 ta
3. Qadimgi Xitoyda Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchrab, uning o`rniga qaysi mustaqil davlatlar vujudga kelgan?
 Vey, Shu, U
4. VI asrning ikkinchi yarmidan Xitoyning birlashuviga nima turtki bo`lgan?
 Turk hoqonligi istilosi xavfi
5. Xitoyda 589~618 yillarda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
 Suy
6. Xitoyda 618~907 yillarda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
 Tan
7. Xitoyda 907~960 yillarda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
 U Day
8. Xitoyda 960~1279 yillarda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
 Sun
9. Qachon Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlaydi?
 III asrda
10. Xitoyda qaysi sulola hukmronligi davrida Buyuk kanal qurilgan?
 Suy
11. Xitoydagi Buyuk kanal qaysi daryolarni tutashtirib turibdi?
 Xuanxe va Yanszi
12. Xitoyda Tan sulolasiga kim asos solgan?
 Li Yuan
13. Qaysi sulola boshqaruvi davrida barcha yerlar davlatniki deb e’lon qilinadi?
 Tan
14. Xitoyda 624 yilda chiqarilgan qonunga ko`ra, har bir xo`jalik uy-hovlisi o`rnidan tashqari necha mugacha haydaladigan yerni ijaraga olishi mumkin bo`lgan?
 80 mu
15. Xitoyda har bir xonadonga o`z bog`ida mevali daraxtlardan tashqari, yana qanday daraxtni o`stirishi majburiy edi?
 Tut
16. 1 mu necha sotix yer maydoniga teng bo'lgan?
 6 sotix
17. Xitoyda saroy a’yonlari lavozim va unvonlariga qarab qanchagacha yer olishlari mumkin bo`lgan?
 500 mudan 10 ming mugacha
18. Xitoyda Buyuk kanal hamda dengiz sohillari bo`ylab, VII asrda qaysi shaharlar yuksaladi?
 Xanchshou, Kayfin, Yanchjou
19. Xitoyda qaysi sulola imperatorlari kechasi shaharda ko`chaga chiqishni ta’qiqlaydi?
 Tan
20. Nechanchi asrlarda Xitoyda tog`~kon sanoati, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish yuksaladi?
 VII-VIII asrlarda
21. Xitoydagi eng yirik bozor qaysi shaharda bo`lgan?
 Yanchjou
22. Xitoyda nechanchi asrda yagona pul ~ syan joriy etilgan?
 VII asrda
23. Tan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy qaysi davlatga qarshi katta urushlar olib boradi?
 Turk hoqonligiga
24. Tan imperatori qo`shinlari Buyuk Ipak yo`li ustida joylashgan qaysi davlatni mag`lub etadi?
 Gaochanni
25. Tan imperatori qo`shinlari Buyuk Ipak yo`li ustida joylashgan davlatni qachon mag`lub etadi?
 640 yilda
26. Tan imperatori qo`shinlari Buyuk Ipak yo`li ustida joylashgan davlatni mag`lub etadi, shundan so`ng kimlarga qarshi uzoq davom etgan urush boshlanadi?
 Uyg`urlarga
27. G`arbiy Turk hoqonligiga qarshi Xitoyning g`alabasi bilan tugagan urushlar nechanchi yillarda bo`lib o`tgan?
 657-679 yillarda
28. Tan imperatori qo`shinlari Koreyaga qarshi qachon urush boshlagan?
 668 yilda
29. Tan imperatori qo`shinlarining Koreyaga qarshi urushi uning qaysi shahrini bosib olish bilan yakunlandi?
 Pxenyan
30. Xitoy nechanchi asrlarda faol tashqi siyosat olib borgan?
 VII-VIII asrlarda
31. Xitoy Sun sulolasi davrida qaysi davlatlar bilan savdo olib borgan?
 O`rta Osiyo, Hindiston, Hindixitoy
32. Xitoy Sun sulolasi davrida qaysi davlatlar bilan dengiz orqali savdo olib borgan?
 Yaponiya va Indoneziya
33. Xanlin akademiyasi qaysi davlatda mavjud bo`lgan?
 Xitoy
34. Xanlin akademiyasi qachon ochilgan?
 VIII asrlarda
35. Xitoyliklar qachon selitradan porox olishni kashf qiladilar?
 X asrda
36. Porox dastlab qaysi sohada ishlatilgan?
 Mushakbozlikda
37. 500 jildlik solnomalar Xitoyda qaysi sulola davriga oid?
 Sun
38. Xitoy maktablarida o`quvchilar matematik, grammatikadan tashqari qaysi fanlarni bilishlar talab qilingan?
 Falsafa va adabiyot
39. Dunyoda birinchi gazeta «Poytaxt axboroti» Xitoyda qachon nashr etila boshlanadi?
 VIII asrlarda
40. Dastlabki pantomimo ~ imo teatri qayerda tashkil etiladi?
 Xitoyda
41. Xitoyda qaysi sulola davrida Budda dini keng yoyiladi?
 Tan

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish