62) shoirlar.
44
TEST
1. Men eshitgan va ko‘rganimni aytaman-da, jo‘ra.
Berilgan gapda ismlar guruhiga kiruvchi nechta so‘z
bor va ular qanday sintaktik vazifada kelgan?
A) 4 ta; ega, to‘ldiruvchi, uyushiq bo‘lak
B) 3 ta; ega, to‘ldiruvchi, uyushiq bo‘lak
C) 5 ta; ega, to‘ldiruvchi
D) 4 ta; ega, to‘ldiruvchi, undalma
2. Qaysi gapda ot turkumiga mansub so'zlarning
undalma va ega bo'lib kelishiga misol berilgan?
A)To'xtanglar, bolalar, quyon sal nafasini rostlasin.
B)Kitob, sen mening doimiy do'stimsan.
C)O' g' lim, senga do'q urish kerakmi?!
D)O'g'lim, qo'zichog'im, orom olyapti.
3. Kirish so’z vazifasida gaplarda qaysi so’z turkumi
qatnashadi?
A) Undov so’zlar B) Modal so’zlar
C) Taqlid so’zlar D) Yuklamalar
4. Ular nazarimda janjallashishyapti.
Gapda qayerga vergul qo’yilishi kerak?
A) Faqat ular so’zidan so’ng vergul
B) Ular so’zidan so’ng ikki nuqta
C) Nazarimda so’zining har ikki tomonidan vergul
D) vergul qo’yilishi shart emas
5. Qizim, yalpiz terib kelsang-chi? Gapdagi gap
bo’laklari joylashuv tartibini aniqlang.
A) undalma, ega, kesim B) undalma, kesim
C) ega, to’ldiruvchi, kesim
D) undalma, to’ldiruvchi, kesim
6. Navbahor: ochildi gullar, sabza bo'ldi bog'lar, —
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtog’lar.
Muqimiy qalamiga mansub ushbu baytda nechta
undalma ishtirok etgan?
A)2 ta B)3 la C)4ta D) 1 ta
7. Undalmalar uyushib kelgan gapni aniqlang.
A) Yig'la, yig'la, Turkiston, yig'la, Turkiston.
B) Keldi sohibqiron, sultoni olam.
C) Meni kechiring, daryolar, tilsiz sahrolar!
D) Akmaljon, bolam, ovqatingni yeb olgin.
8. Meni fikrimcha, siz adashdingiz.
Gap bo’laklari to’g’ri keltirilgan javobni toping?
A)Undalma, ega, kesim
B)Qaratqich aniqlovchi, to’ldiruvchi, ega, kesim
C)Kirish birikma, ega, kesim
D) Modal so’z, olmosh, fe’l
9. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et, O'zbegim, jon o'zbegim.
She'riy parchadagi undalmalar sonini aniqlang.
A)3 ta B)2 ta C) 1 ta D)4ta
10. Ega va kesim orasida tire qo’yishda xatoga yo’l
qo’yilgan javobni toping?
A)Bu savolga javob berish – mushkul
B)Kishidan kishiga qoladigan meros-so’z
C)So’zga chechanlik – kirishimlik alomati
D)Ko’ngil chopmagan ishni qilish-xatar
11. Kitob—mening doimiy do'stim.
Ushbu gapning egasi undalmaga aylantirilsa, kesim
qaysi shaxs-sonda bo'ladi?
A) I shaxs birlikda B) II shaxs birlikda
C) III shaxs birlikda D) III shaxs ko'plikda
12. Qani, ayt, maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan bag'rimni, ohang? Mazkur
qo'shmisrada nechta undalma ishtirok etgan?
A) 1 ta B)2 ta C)3ta D)4ta
13. Yoyiq undalmaga misol keltiring?
A)Xayr, maktabim.
B)Biz, yoshlar, kelajak poydevorimiz
C)Aziz do’stlar, hayrlashadigan vaqt keldi D)B va C
14. Boshqa gap bo'laklari bilan munosabatga
kirishmaydigan "bo'lak"lar qaysilar?
1) uyushiq bo'lak; 2)umumlashtiruvchi
bo'lak; 3) ajratilgan bo'lak; 4)kiritma; 5) undalma.
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3 C)4,5 D)3,4,5
15. Undalma keltirilgan gapni toping?
A)Karim darsga keldi. B)Karim, u darsga keldi.
C)Sen uqiysan D)Shahzod kelsin.
16. Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar,
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar.
Boshing bukma sira, xokisor banda,
Erta ruhing topgay oliy ohanglar. Ushbu she’riy
parchada nechta undalmali gap mavjud?
A) 1 B) 2 C) 3 D) undalmali gap qatnashmagan
17. Tarkibida ajratilgan bo‘lak, kirish bo‘lak va
undalma mavjud bo‘lgan gapni belgilang.
A) Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida,
besh yil birga xizmat qilganmiz, begim.
B) Qani, ayt, maqsading nimadir sening, nega
tilkalaysan bag‘rimni, ohang!?
C) Xojam, yaxshiyamki, Sulton Mahmud yoshlik
chog‘larida, yuragida insof va adolat tuyg‘usi
tamoman so‘nib bitmagan mahallarda, bu adolatli
farmonni bergan ekan.
D) Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim,
Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am.
18. Ajratilgan bo`lagi - yo`q. Kiritma bor.Undalma
yo`q. Gap bo`laklarining joylashuvi me`yoriy. Gap
bo`laklarini aniqlash bo`yicha qilingan ushbu tahlil
qaysi gapga tegishli.
A) Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli
bo`ladi.
B) Qizim, bunaqa yigitdan sovchi bir marta keladi.
C) Mehnatda, ijodda, san`atda, fanda Kattadir
yoshlarning qo`shgan hissasi.
D) Ko`rgali topmagay imkon, nahot!
19. Tinish belgilarining ishlatilishi bilan bog‘liq
quyidagi qaysi qoida noto‘g‘ri?
1) undalmalar gap bo‘laklaridan vergul bilan
ajratiladi; 2) kiritmalar ikki nuqta bilan ajratiladi;
3) ajratilgan bo‘laklar ko‘p nuqta bilan ajratiladi;
45
4) gapning kesimi harakat nomi bilan ifodalanib,
bog‘lamasiz qo‘llanganda ega va kesim o‘rtasiga tire
qo‘yiladi. A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 2, 3 D) 2, 3, 4
20. Qanday undalmalar yoyiq undalmalar salanadi?
1) O'ziga qarashli aniqlovchisi bor undalmalar.
2) O'ziga qarashli izohlovchisi bor undalmalar.
3) O'ziga qarashli to'ldiruvchisi bor undalmalar.
4) Undalmadan oldin undov so'z ishlatilsa.
A) 1,2,3
B) 1,2, 3,4 C) 2 D) 1, 2
21. Kiritma gaplar haqidagi to'g'ri ma'lumotlarni
aniqlang.
1) kiritma gaplar, asosan, kitobiy uslubga xos;
2) kiritma gaplar, asosan, gap o'rtasida keladi;
3) kiritma gaplar orqali ifodalangan qo'shimcha
ma'lumot gapning umumiy mazmuniga bog'liq
bo'lmaydi;
4) kiritma gaplar gap tarkibidan tushirib qoldirilsa
ham, gapning asosiy ma'nosiga ziyon yetmaydi.
A) 1,3, 4 B) 1,2,4 C) faqat 1 D) 1,2, 3, 4
22. Avliyolar, daholarning beshigisan,
Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.
Tiriklikning navosi ham qo‘shig‘isan,
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh.
Ushbu parchada undalma tarkiba qanday undosh
mavjud emas?
A) til oldi B) sonor C) bo’g’iz D) til orqa
23. Undashni kuchaytirish uchun undalmadan oldin
kelgan undov so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi
qo‘yiladi?
A) undov belgisi B) vergul C) chiziqcha
D) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
24. UIug‘bek rasadxonasida — bir paytlari bu
yerdan turib ulug‘ bobomiz osmon ilmini o‘rgangan
edi — katta ko‘lamda ta’mirlash ishlari boshlab
yuborildi. Tirening qo‘yilish sababi
qaysi qatorda to'g'ri izohlangan?
A) gapda kirish gap (kiritma) bo'lgani uchun
B) gapda undalma bo’lgani uchun
C) gapda ega harakat nomi bilan ifodalangani uchun
D) A,B,C
25. Sen bola, menga ish o'rgatma, bor, jo'na!
Berilgan gapda gap bo'laklarining tartibini ko'rsating
A) undalma, to'ldiruvchi, aniqlovchi, kesim, kesim,
kesim
B) kirish so’z, to'ldiruvchi, to'ldiruvchi, kesim,
kesim, kesim
C) undalma, to'ldiruvchi, to'ldiruvchi, kesim, kesim,
kesim
D) undalma, to'ldiruvchi, aniqlovchi, ega, kesim,
kesim
26. Yig’ilishda hayotiy tajribasi va obro’ – e’tibori
bilan tanilgan keksalar ishtirok etishdi. Gapda qaysi
bo’lak uyushib kelgan?
A) Ega
B) vositali to’ldiruvchi
C) vositasiz to’ldiruvchi
D) hol
27. Muhayyo, Surayyo, Ra’no, Muqaddas,
Ko'zimni yashnatib kiyibsiz atlas. Ushbu gapdagi
uyushiq bo‘laklar qanday so‘z hisoblanadi?
A) ega B) kirish so’z C) kiritma D) undalma
28. Aziz ustozlar, do‘stlar, opa-singillar, aka-ukalar!
Bu sharafli ishda barchamiz mas’ulmiz.
Ushbu parchada ...
A) undalma uyushgan B) kiritma uyushgan
C) ega uyushgan D) to’ldiruvchi uyushgan
29. Fikrga yakun yasash munosabatini ifodalaydigan
kirish so’z qaysi gap tarkibida qo’llangan?
A) Xullas, o’qishlar yaxshi
B) Menimcha, eng yaxshisi shu
C) Bu iltimosingizni, albatta, bajaraman
D) Afsuski, men yordam berolmadim
30. So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni ifodalab,
gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga
kirishmaydigan so'z qaysi gap tarkibida qo'llangan?
1. Yurtim, senga she'r bitdim bu kun.
2. Gar shu eshitganim bo'lmasa ro'yo - Sen beshik
emassan, dorsan, tabiat
3. Men, Sarvar Komilov, Jizzax viloyatidanman.
A) 1,2,3 B) 1,2 D) faqat 1 D) undalma yo’q
31. Qaysi gapda takror sifat vositasiz to’ldiruvchiga
bog’langan?
A) Yangi-yangi ariqlar kavlaymiz
B) Yirik-yirik tomchilar yog’a boshladi
C) Chaqqon – chaqqon ishla
D) Yangi-yangi uy-joylar qurilmoqda
32. Afsuski, endi men ketaman. Ushbu gap qaysi
so'z turkumlaridan tashkil topgan?
A) undov so'z, ravish, olmosh, fe'l
B) modal so'z, ravish, olmosh, fe'l
C) kirish so'z, ravish, olmosh, fe'l
D) undov so'z, hol, ega, kesim
33. U dam hazil bilan, dam jiddiy gapirardi.
Gapda qaysi bo’lak uyushib kelgan?
A) Ega B) Kesim C) Hol D) Aniqlovchi
34. Nega yig’layapsan,
Yolg’izim, qo’zim?
Tun uzoq, uxlay qol
Ko’zlaringni yum.
Parchadagi gap bilan aloqaga kirishmaydigan
bo’lakni toping?
A) Tun uzoq
B) Yolg’izim, qo’zim
C) Uxlay qol
D) Yum
35. Qaysi gapdagi kiritma so'zlovchi fikridagi
tarkibiy qismlarning ahamiyatliligi darajasini
ifodalagan?
A) Masalan, Hakim kasali tuzalish bosqichidan
bo’lgan bemorning umidli savoliga, sizningcha,
qanday javob berishi kerak?
B) Xayriyat, vaqtida yetib keldik.
C) Aytishlaricha, bugun kelishlari kerak.
D) Birinchidan, men bu yerlik emasman.