8-laboratoriya ishi. Muallaq zarrachalarni markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish. Ishdan maqsad



Download 2,05 Mb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi2,05 Mb.
#749000
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 (1)

Neytrallash. Mineral kislota yoki ishqorlari bor bo’lgan oqova suvlarni suv xavzalariga tashlashdan oldin yoki texnologik jarayonlarda qo’llashdan oldin neytrallanadi. rN = 6.5-8.5 gacha bo’lgan suvlar amaliy neytral xisoblanadi.
Neytrallashni turli yo’llar bilan olib borish mumkin: kislotali va ishqorli oqova suvlarni aralashtirib, reagentlar qo’shib kislotali suvlarni neytrallovchi materiallar orqali filtrlab, kislotali gazlarni ishqorli suvlar bilan absorbsiyalab, yoki ammiakni kislotali suvlar bilan absorbsiyalab neytrallash usulini tanlash oqova suvlarning hajmi va konsentrasiyasiga, uni quyilish rejimiga, qo’shiladigan reagentlarning miqdori va narxiga bog’liq. Neytralizasiya jarayonida cho’kma hosil bo’lishi mumkin, ularning miqdori oqova suvlarning tarkibi va konsentrasiyasiga, shu bilan birga qo’llanayotgan reagentlarning turi va sarfiga bog’liq
Aralashtirib neytrallash. Bu usul agar bir korxonada yoki qo’shni korxonalarda boshqa komponentlar bilan ifloslanmagan kislotali va ishqorli suvlar mavjud bo’lganda qo’llaniladi.

36-rasm. Aralashtirgich neytralizatori.


1 – idish; 2 – havoni taqsimlovchi.
Kislotali va ishqorli suvlar aralashtirgichlar yordamida yoki aralashtirgichlarsiz idishda aralashtiriladi. So’nggi xolatda aralashtirish tezligi 2040 m/s bo’lgan xolda havo bilan olib boriladi.
Oqova suvlarning konsentrasiyasi o’zgaruvchan bo’lganda sxemada o’rtalashtirgich qurilmasi ko’zda tutiladi yoki aralashtirish kamerasiga uzatish avtomatik boshqarishni ta’minlaydi. Aralashtirish kamerasiga yo’naltirilgan oqova suvlarning nisbat xisobi stexiometrik tenglamalar orqali xisoblanadi. Kislotali yoki ishqorli oqova suvlarning ajralishida mos keluvchi reagentlar qo’shiladi. Neytralizasiyalangan suvni ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi, cho’kmasi esa shlam maydonlari yoki vakuum-filtrda suvsizlantiriladi.
Reagentlarni qo’shish yo’li bilan neytrallash. Kislotali suvlarni neytrallash uchun NaOH, KOH, Na2CO3, NH4OH (ammiakli suv) CaCO3, MgCO3; dolomit (CaCO3∙MgCO3), sement. Biroq eng arzon reagent kalsiy gidroksid tarkibida Ca(OH)2 510% faol ohak bo’lganda xisoblanadi. Soda va natriy gidroksidni sanoat chiqindilari hisoblangan holda qo’llaniladi. Ba’zida neytrallash uchun ishlab chiqarishning turli chiqindilari qo’llaniladi. Masalan: po’lat erituvchi, ferroxrom va domna sanoati shlaklarini oltingugrt kislotasi bor bo’lgan suvlarni neytrallash uchun qo’llaniladi.
Reagentlar kislotali suvlarning tarkibi va konsentrasiyasiga qarab tanlanadi. Bunda reagent qo’shilganda cho’kma tushishi yoki tushmasligi inobatga olinadi.
Kislota tarkibli oqova suvlari 3 turga bo’linadi:
-tarkibida kuchsiz kislotalari bo’lgan (H2CO3; H3COOH)
-tarkibida kuchli kislotalari (HCl, HNO3) bo’lgan oqova suvlar, ularni neytrallash uchun yuqorida qayd etilgan reagentlarning xar qaysisi qo’llanilishi mumkin. Bu kislotalarning tuzlari suvda yaxshi yeriydi. oltingugurt va oltingugurtli kislotalari bo’lgan suvlar.

37-rasm. Reagentli neytralizasiya stansiyasi sxemasi.
1-qumtutgichlar; 2-o’rtalashtirgichlar; 3-reagentlar skladi; 4-eritmali bak; 5-dozator; 6-smesitel; 7-neytralizator; 8-tindirgich; 9-cho’kma zichlashtirgich; 10-vakuumfiltr; 11-suvsizlantirilgan cho’kma yig’uvchi; 12-shlam maydonchasi.

Bu kislotalarning kalsiyli tuzlari suvda yomon eriydi va cho’kmaga tushadi.


Neytralizasiya uchun ohak oqova suvga kalsiy gidroksid ko’rinishida (ohakli suv “xo’l” me’yorlash) yoki quruq kukun (“quruq” me’yorlash) ko’rinishida qo’shiladi.
Kislotali suvlarni oxakli suv bilan neytrallash
Sulfat kislotasi bor bo’lgan oqova suvlarni neytrallashda oxakli suv qo’llanganda cho’kmaga gips – CaSO3∙2N2O tushadi.
Gipsning eruvchanligi temperaturaning oshishi bilan ham o’zgaradi. Bunday eritmalarning aralashuvida truba o’tkazgich devorlarida gipsning ko’chishi va uning to’lib qolishi ro’y beradi. Truba o’tkazgichning to’lib qolmasligi uchun ularni toza suv bilan yuvib turish yoki oqova suvlarga maxsus yumshatuvchilar masalan geksametafosfat qo’shish kerak. Neytrallangan suvning xarakat tezligini oshishi truba o’tkazish devorlarida gipsning ko’chishini kamaytiradi.Ishqorli oqova suvlarni neytrallash uchun turli kislotalar yoki kislotali gazlar qo’llaniladi.

38-rasm. Kislotali oqova suvlarni kalsiy gidroksid (ohakli suv) bilan neytrallash sxemasi.
1-o’rtalashtirgich; 2-oxak (CaO) ni kuydirish uchun qurilma; 3-eritma uchun baklar; 4-dozatorlar; 5-neytralizator; 6-tindirgich.



Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish