12-mavzu. Korxonaning innovatsion faoliyati
12.1 Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya
12.2 Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
12.3.Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari
12.4.Innovatsion loyihalarni baholash
Topshiriqlar:
1. Raqobatli bozor iqtisodiyotining ijobiy va salbiy tomonlarini ayting. Bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuvini oklash mumkinmi?
2. Kuyidagilarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlang:
- ijtimoiy ne’matlar davlat tomonidan ishlab chikarilishi kerak;
- iqtisodiyot amaldorlar manfaatini kondirish maqsadida boshqariladi;
- davlatni ma’muriy buyrukbozlik usuli yordamida boshqarilishi iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi;
- davlat sektori kiyim va poyabzal ishlab chiqarish ko‘rinishida bo‘ladi;
- bozorning baho mexanizmi o‘z-o‘zini boshqarish, xarajatlarni koplash va iqtisodiyotning muvozanatli xolda bo‘lishini ta’minlaydi;
- ijtimoiy ne’matlar birgalikda iste’mol kilinishi bilan tavsiflanadi;
- agarda davlat tovarlarga muvozanatli bahodan past baho belgilasa, bunda tovarlarning kamomadligi yuzaga keladi;
- davlat bozor iqtisodiyoti sharoitida axolining nochor katlamlarini ijtimoiy ximoyasini kafolatlaydi;
- davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdan maqsadi - kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ko‘llab-kuvvatlash bilan ishsizlikni qisqartirish;
- agarda qandaydir tovarga muvozanatli bahodan past bo‘lgan baho o‘rnatilsa bunda shu tovarning sifati oshadi.
Keys 1
SHimoliy poytaxtda muzqaymoqni sevib istemol qilishadi. Bu erda uni Moskvadagiga qaraganda 3 marta ko‘proq istemol qilishadi. Bu ko‘pchilik rus regionlariga qaraganda kengroq hisoblanadi: mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini boshqa shahardagi zavodlar bilan bajonudil almashadi, bubir tomondan Piterda yopiq so‘rov, boshqa tomondan esa xususiy bozorda sotishni kengaytiradi.
Peterburg muzqaymoq sotishga ixtisoslashgan ulgurji savdogarlarik uzatishlariga ko‘ra har hafta Peterburgga qiymati 3 mln. Rubldan kam bo‘lmagan miqdorda muzqaymoq olib kelinadi va 2 mln. Rubllik mahsulot olib ketiladi. Yiliga o‘rtacha 2,5 kg muzqaymoq istemol qiladigan Moskva aholisidan farqli ravishda peterburgliklar 8 yiliga kilogrammga yaqin istemol qiladi.
Peterburgda 4ta yirik muzqaymoq ishlab chiqaruvchi zavod faoliyat ko‘rsatadi. YOzda ushbu 1-muzqaymoq kombinati sutkasiga 60-80 tonna, jumladan, Talosto turidan 18 tonna, Kolibridan 15 tonnaga yaqin, Petroxolodda esa 8 tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi. Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra Peterburg bozoridagi muzqaymoqlarning 60% dan ortig‘i mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tegishli. “Agar bizning muzqaymoq ishlab chiqaruvchilarimiz bozorning faqat yarmigagina egalik qilsa, vaziyat salbiy (tanqidiy) tus oladi ”- deya takidlaydi Talosto kompaniyasining marketing va reklama bo‘yicha menejeri Dmitriy SHilov. Muzqaymoq kombinati director o‘rinbosari Svetlana Stupina shunday deb hisoblaydi: “Peterburg bozori juda istiqbolli, chunki bu erda qishin-yozin muzqaymoq istemol qilinganadi”.
Peterburgga esa juda arzon mahsulotlar yoki etarlicha qimmat bo‘lgan shimoliy Venetsiya, Rossiya javohiri kabi markalardagi Ays-Filining mahsulotlari olib kelinadi. Masalan, Peterozavoddan olib kelinadigan tvorog va yogurtli muzqaymoq Slavmoni Peterburgda boshq hech qaysi firma taklif qilolmaydi.
Peterburg zavodlari shaxsiy assortiment borasidagi kamchiliklar o‘rnini to‘ldirish uchun boshqa shahardan kelgan ishlab chiqaruvchilar bilan xilma-xil tur va ko‘rinishdagi muzqaymoqlarni almashadilar. SHunday qilib, Petroxolod Tul muzqaymoq kombinati bilan, Moskva yaqinidagi Kolomen kombinati va muzqaymoq servislar kombinati bilan barter kelishuvni tuzdi. Peterburgdagi yirik muzqaymoq ishlab chiqarish kombinati shu asosda Tver muzqaymoq kombinati bilan birgalikda ishlamoqda.
Ko‘pchilik muzqaymoqqa boy bo‘lmagan Peterburg mahsulotlarini yoqtiradigan regionlar bilan aloqada bo‘lish ko‘proq sivilizatsion xarakterga ega. SHunday qilib Peterburg ulgurji muzqaymoq sotuvchilari Sibir, Oddesiya, Rostova, Sochi kabi shimoliy-g‘arbiy hududlar uchun muzqaymoq g‘amlaydi. Petroxolod muzqaymoq zavodi o‘zining mashhur Mitya, Dasha va Belыe nochi botonlarini vagonlab Kamchatkaga yuboradi. Muzqaymoqlarni Norilsk, Vorkutu, Nadim, Salexard va boshqa shimoliy shaharlarga etkazib berish uchun samalyot reyslari tashkil qilingan.(yo‘lga qo‘yilgan)
Bunday qatnovlarga umumiy etkazib berish hajminig 5 foizi to‘g‘ri keladi va bunday etkazib berish ulgurji narxni deyarli 2 barobar qimmatlashtiradi.
Ko‘pchilik Peterburg muzqaymoq ishlab chiqaruvchilarining regional etkazib berishi – bu diversifikatsiyaning aniq darajasidir. Moskva bozori ular uchun qulay, ammo erishish qiyin bo‘lgan bozor bo‘lib qoladi. Moskva bozorlarida raqobatchilarning ko‘payishi ishlab chiqarish quvvating ortishi hamda muzqaymoq ishlab chiqarishga ixtisoslashuv va istemolning oshishiga olib keladi.
Talostlik Dmitriy SHilov so‘zlariga qaraganda Moskvadagi ulgurji savdo juda istiqbolli bo‘lib, bu erda Kalinsk, Tversk va Volga bo‘ylari savdogarlari xaridi uchun mahsulot ishlab chiqariladi. “Narxlarni hisobga olinganda, hatto yuk tushirish xarajatlari bo‘lsa ham bizning mahsulotimiz raqobatbardosh bo‘lib qoladi” – deydi o‘rinbosar SHilov.
Siz tvorog va yogurtli muzqaymoqni istiqbolli deb hisoblaysizmi?
Siz Moskva bozorini egallashga qanday takliflar berasiz?
SHahrimiz bozoriga qanday innovatsion qarorlar taklif qilasiz?
Testlar
Innovatsiya – so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, .... degan ma’noni anglatadi. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying.
A)*«yangilikni joriy etish»
B) “yangicha fikrlash”
V)“yangi maxsulot yaratish”
G) “yangi texnologiya”
Innovatsiya jarayoni – bu:
A) *yangilikning paydo bo‘lishi va uning keng miqyosida tarqalishi
B) yangilikning hayotga joriy etilishi
V) yangiliklarning paydo bo‘lishi
G) yangicha fikrlash yoki yondashish
Innovatsiya bozori – bu:
A)*yangi g‘oyalarni hayotga tadbiq etilgan qismi
B) yangi maxsulot ishlab chiqarish
V) yangi bozor talabini o‘rganish
G) sof raqobat bozori
Innovatsiya funksiyalari – bu:
A) *qayta ishlab chiqarish, investitsiya va rag‘batlantirish
B) korxonani raqobatbardoshligi
V) tadbirkorlik faoliyati
G) ishlab chiqarish va raqobatbardoshlik
Korxonaning innovatsiya salohiyati – bu:
A) *moliya, kadrlar, axborotlar, moddiy-texnik resurslar, xizmat ko‘rsatish infratuzilmalar majmui
B) korxonaning oqilona tarkibi, korxonaning tijorat strategiyasini ishlab chiqish
V) korxonaning asosiy maqsadiga mos keladi va kelajakda innovatsiya joriy etishni rag‘batlantirish
G) yangiliklarning kirib kelishi korxonada keng miqyosda qo‘llanillishi
Innovatsiya faoliyati sohalari – bu:
A) *yangiliklar bozor, investitsiya kapital bozor, sof raqobat bozori, innovatsiya infrastrukturasi
B) monopolistik bozor, oligopoliya bozori, sof monopoliya bozori
V) novatsiya va innovatsiya bozori
G) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya
YAngiliklar bozorining mohiyati – bu:
*ilmiy yangiliklar asosida mahsulot yaratish
bozorni yangi tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish
ilmiy yangiliklarga korxonaning ijobiy munosabati
ishlab chiqarish va xaridorlarga xizmat ko‘rsatish
8.Loyihani baholash qanday usullari mavjud?
* sof diskontlashgan daromad, daromad indeksi, ichki daromad me’yori;
qoplash muddati,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya miqdori, deinflyasiya
ichki investitsiyani sarflangan miqdori
investitsiyani qoplash, pul qiymati o‘zgarishi, inflyasiya
9.Loyihani yaratilishining birinchi bosqichi o‘z ichiga nimalarni oladi?
*innovatsiya g‘oyasining paydo bo‘lishi, investitsiya ob’ekti va sub’ektini xamda investitsiyalar manbalarini aniqlash
mahalliy, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
xususiy, mintaqaviy investitsiyalarni jalb qilish
tadqiqot va ishlab chiqarish hamda mahsulotni sotish
10.Loyihaning ikkinchi boskichi – bu:
*innovatsiya imkoniyatlarini tadqiqot qilish
eksportni hisobga olgan holda mahsulotga yoki xizmatga bo‘lgan talabni oshirish
loyihani texnik-iqtisodiy asosnomasini tayyorlash
importni hisobga olgan holda mahsulotga yoki xizmatga bo‘lgan talabni oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |