HAFTALIK REJA
Yillik reja – grafik asosida quyidagi shaklda haftalik reja tuzib chiqiladi.
Ish shakllari, faoliyat turlari
|
Hafta kunlari
|
Dushanba
|
Seshanba
|
va hokazo
|
Ish mazmuni va vaqti (min)
|
|
Birinchi grafaga jismoniy tarbiya bo`yicha har kungi ertadan kechgacha bog’chada va uyda bajariladigan ishning barcha shakllari yoziladi.
Ertalab (nonushtagacha) maktabgacha tarbiya muassasasida barcha bolalar harakatli o`yinlar, yakka mashg’ulotlar o`tkazish, bolalarning mustaqil harakat faoliyati rejalashtiriladi. Haftaning har bir kuniga harakatli o`yinlar, mashqlarning nomlari, qavs ichida mashg’ulotlarga jalb qilinadigan bolalarning ismlari, mustaqil harakat faoliyati jarayonida ular foydalanadigan jismoniy tarbiya jihozlarining nomlari yoziladi. So`ngra rejada shu haftaga belgilangan ertalabki gimnastika kompleksining nomeri aks ettiriladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirishning asosiy qismida hal qilinadigan vazifalar ko`rsatiladi, bunda mashqlar, harakatli o`yinlar va ular orqali amalga oshiriladigan mashqlar sanab o`tiladi. Masalan: joyda turib (siltanish) uzunlikka sakrashni mashq qilish; uzoqqa o`ng va chap qo`l bilan otishni mustahkamlash; «Lenta bilan tutish» o`yinida chaqqonlikni oshirish.
Boshqa bolalarda jismoniy daqiqalar o`tkaziladi. Rejada har-xil mashg’ulotlar uchun shu haftaga mo’ljallab tuzilgan majmualarning nomerlarini yozib qo`yish kerak.
Faol dam olish maqsadida o`tkaziladigan tadbirlar, harakatli o`yinlar reja-konspektining nomerini ko`rsatish zarur.
Kunduzgi sayrda harakatli o`yinlarning nomlarini, kichik guruhlar bo`yicha jismoniy mashq mashg’ulotlarini, shuningdek mustaqil harakat faoliyati uchun jismoniy tarbiya jihozlarining ro`yxatini ham ko`rsatishga to`g’ri keladi.
Tushki uyqudan keyin chiniqtiruvchi muolajalar tashkil etiladi: harakat chog’ida havo vannasi, oyoqdan suv quyish, dushga tushish amalga oshiriladi. Rejada havo, suv haroratini, ularning davomiyligini va uning reja-konapekt nomerini ko`rsatish kerak.
Kechki-tushki ovqatdan keyin harakatli o`yinlar yakka, mustaqil mashg’ulotlar, bo`sh vaqtni jismoniy tarbiya mashqlari bilan o`tkazish mo`ljallanishi mumkin.
Tarbiyachi jismoniy tarbiya bo`yicha ishlarni bir haftaga muayyan izchillikda rejalashtiradi. Avvalo u jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining vazifalari va mazmunini, shuningdek sayrlarda o`tkaziladigan harakatli o`yinlarning vazifalari va nomlarini yozadi.
Jismoniy tarbiya bo`yicha ishni faoliyatning boshqa turlari bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan: jismoniy mashqlar texnikasini bilish bolalarga ularni rasmlarda to`g’ri aks ettirishlarida yordam beradi.
Rejada harakatlarni egallab olishga ulgurmagan bolalar kichik guruhlarida yoki yakka mashg’ulotlar o`tkazishni belgilab qo`yish lozim.
Ota-onalarga tavsiyalar berish maqsadida shanba va yakshanba kunlariga ham jismoniy mashqlar tanlab olinadi. Bir haftaga tuzilgan reja asosida jismoniy tarbiya bo’yicha jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar va boshqa ish shakllarining reja-konspektlari tuziladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining reja-konspekti quyidagicha bezatiladi:
Dastlab sarlavha va mashg’ulotlar haqida umumiy ma’lumotlar yoziladi:
Bog’cha guruhi bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining reja-konspekti.
O`tkaziladigan kun.
O`tkaziladigan vaqti.
O`tkaziladigan joyi.
Bolalarning soni.
Jismoniy tarbiya inventarlari, atributlar, o`yinchoqlar.
Mashg’ulotlarning vazifalari.
Mashg’ulotlarning asosiy qismida hal qilinadigan vazifalargina qayd etiladi. Ularni qisqa va aniq ifodalash lozim. Avvalo ma’lumot beruvchi vazifalar yoziladi. Masalan: agar yangi mashq-uloqtirish kiritiladigan bo`lsa, unda vazifalar quyidagicha yoziladi: «O`ng qo`l bilan uzoqqa (qo`l siltab) uloqtirishni o`rganish».
Bunda qavs ichida, mazkur mashg’ulotda mashq texnikasining qaysi elementiga e’tibor berish lozimligi ko`rsatiladi. Bolalar bilan jismoniy mashq texnikasining asosiy elementlari o`rganib chiqilgach, keyin harakat malakalarini musthkamlash ko`zda tutiladi.
Bunda mashg’ulotlarning vazifasi quyidagicha yoziladi: «joy turib uzunlikka sakrashni mustahkamlash. Agar malaka o`yin shaklida mustahkamlansa, qavs ichida harakatli o`yinning nomi ko`rsatiladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarda u yoki bu darajada barcha jismoniy sifatlar (chaqqonlik, epchillik, muvozanat, chamalash, kuch, chidamlilik) rivojlantiriladi.
Odatda bir mashg’ulotda ko`proq biror jismoniy sifat rivojlanadi. Bunday vaziyatda bajariladigan vazifa quyidagicha yoziladi: «Chaqqonlikni o`stirish» yoki «Tezkorlikni o`stirish»
Do'stlaringiz bilan baham: |