859-955-yillarda – Qoraxoniylar asoschisi Abdulkarim Sotuk Bug’roxon yashagan yillari.
992-yilda – Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar.
992-yilda –Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg’ol qiladilar.
996-yilda - qoraxoniylar Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaydilar.
999-yilda – Nasr Eloqxon boshliq qoraxoniylar Buxoroni zabt etdi va somoniylar hukm-ronligi batamom barham topdi.
1006-1008-yillarda – qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo’shin tortadi.
1038-yilda – Ibrohim Bo’ritegin Xuttalon, Vaxsh va Chag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi.
XI asrda – Movarounnahrga kirib kelgan ko’chmanchi chorvadorlar dehqonchilik may-
donlarini toptab, oyoqosti qiladilar.
XI-XII asrlarda – “dehqon” degan tushuncha o’zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl ma’nosini yo’qotdi.
XI-XII asrlarda – Movarounnahr va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi.
XI-XII asrlarda – shaharlar kengayadi, aholi soni ko’payib, ular yanada gavjumlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |