5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun


EHM uchun dasturlar. EHM ma’lumotlar bazalari. Mualliflik huquqining buzilishi. Dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun talabnoma



Download 0,59 Mb.
bet13/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

2.3. EHM uchun dasturlar. EHM ma’lumotlar bazalari. Mualliflik huquqining buzilishi. Dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun talabnoma.
Kompyuter har qanday ishda insonning eng yaqin yordamchisidir. Lekin kompyuterning o’zi to’laqonli yordamchi emas. Uning qandaydir masalani hal qilishdagi foydaliligi to’laligicha u ishlaydigan dasturga bog’liqdir. Dasturiy ta’minot kompyuterning jonidir.

Har qanday EHMni ikki qismga bo’lish mumkin: apparat-texnik (hardware) va dasturiy ta’minot (software).

Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHM, uning tarmoqlari va boshqa kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida ishlash uchun mo’ljallangan ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir.

Ma’lumotlar bazalari bu ma’lumotlar (masalan, maqolalar, hisob-kitoblar) majmui bo’lib, u shunday tartibga solinganki, elektron hisoblash mashinalari yordamida ularni topish va ishlov berish mumkin. Bugungi kunda dasturiy ta’minot EHMning muhim tarkibiy qismi bo’lib, EHMni qo’llash sohasi, u yoki bu muayyan masalani hal qilish qobiliyatini belgilab beradi. Shunga muvofiq EHM va ma’lumotlar ba’zalari uchun dasturlar ishlab chiqarish katta intellektual sarf-xarajatlarni talab qiladi va katta tijorat qimmatiga ega. Lekin har qanday intellektual mulk ob’ekti kabi bu ob’ektlarning tijorat qimmati ham ularning huquqiy muhofazasiga bevosita bog’liqdir.

Bugungi kunda jahonning 30 dan ortiq mamlakatida EHM va ma’lumotlar bazalari dasturlari va algoritmlari huquqiy jihatdan himoyalangan.

Barcha dasturlar va ma’lumotlar bazasi dastlabki matn shaklida dasturlashtirishning biror-bir tilida yaratiladi.

Dasturlashning biror-bir tilida yaratilgan va biror-bir kompyutor bilan qayta ishlanmagan matn dastlabki matn hisoblanadi.

Lekin, EHM dastlabki matnni bevosita qabul qilmaydi, balki ob’ektga kodini – dastlabki matnni mashina kodiga aylantirish natijasida olingan dasturni qabul qiladi.

Birinchi marta 1972 yil Jenevada EHM dasturlarini huquqiy muhofazalash bo’yicha ekspertlar guruhining birinchi sessiyasida Parij va Bern konvenstiyalarining qoidalari EHM dasturlarini muhofazalashni kafolatlay olmasligi ta’kidlandi. EHM dasturlarining huquqiy muhofazasini ta’minlaydigan va mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunchilikka asoslanadigan hamda maxfiy ishlab chiqarishlar va noqonuniy raqobatning oldini olish to’g’risidagi qonunchilikni hisobga oladigan maxsus qonuniy hujjatlarni joriy etish to’g’risida kelishib olindi.

Keyinchalik jahon amaliyotida EHM ob’ektlarini muhofazalash masalalarini hal qilishda ikki yo’nalish keng tarqaldi:



  • mualliflik huquqi to’g’risidagi mavjud qonunchilikka o’zgartirishlar kiritish;

  • EHM dasturlari uchun mualliflik huquqi to’g’risida maxsus qonun ishlab chiqish.

Bu yo’nalishlar O’zbekiston qonunchiligida o’z aksini topdi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonuniga muvofiq EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlar mualliflik huquqi ob’ektlariga kiritilgan. Demak, tegishlicha EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga mualliflik huquqining barcha tamoyillari tarqaladi.

Shuni qayd etib o’tamizki, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lgan va ob’ektiv shaklda taqdim etilgan EHM va ma’lumotlar bazalari uchun har qanday dasturlarga, ularning maqsadi va qimmatidan qat’iy nazar, tarqaladi. EHM yoki ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarga mualliflik huquqi uning aksi isbotlanmaguncha tarqaladi.

EHM yoki ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni noqonuniy ko’chirib olish yoki tarqatish, shu jumladan o’zgalarning nomi bilan chiqarish mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.

EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun Davlat patent idorasida EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofazalash agentligi (bundan keyin-Agentlik) tashkil etilgan.

O’z dasturi yoki ma’lumotlar bazasini ro’yxatdan o’tkazish uchun muallif (yoki boshqa huquq egasi) Agentlikka tegishli talabnoma berishi zarur.

Bunday talabnoma bitta EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazalariga taalluqli bo’ladi va quyidagi hujjatlarni o’z ichiga oladi:



  • huquq egasi, muallifi, asar nomi va boshqa belgilangan ma’lumotlarni ko’rsatgan holda EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro’yxatga olishga talabnoma;

  • dastur yoki ma’lumotlar bazalarini anglantiruvchi va dastur yoki ma’lumotlar bazasining maqsadi, qo’llanish sohasi va funkstional imkoniyatlari ko’rsatilgan referatni o’z ichiga olgan deponentlangan materiallar, shuningdek dastur yoki ma’lumotlar bazasining dastlabki matni listing (bosma nusxasi)ning dastlabki 25 va oxirgi 25 beti. Listingga dasturni identifikastiyalash uchun zarur boshqa materiallar, masalan displey ekranida olinadigan tasvirning qog’ozga bosib chiqarilgan nusxalari (standart videokassetalardagi yozuvlar yoki fotografiyalar berilishi mumkin) ilova qilinishi mumkin.

  • dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro’yxatga olish uchun tegishli ro’yxatga olish bojlari to’lanadi.

Agentlik ro’yxatga olish uchun buyurtma tushgandan so’ng rasmiy ekspertiza o’tkazadi (bunda zarur hujjatlarning mavjudligi hamda qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi) va tekshirish natijalari ijobiy bo’lsa, Agentlik EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari EHM uchun dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini tegishlicha Dasturiy maxsulotlar davlat reestri yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reestriga kiritadi, buyurtma beruvchiga dastur yoki ma’lumotlar bazalarining rasmiy ro’yxatga olinganligi to’g’risida guvohnoma beradi hamda Agentlikning rasmiy byulletenida ro’yxatga olingan EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari to’g’risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Agentlik shuningdek EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga berish to’g’risidagi shartnomalarni ham ro’yxatga oladi. Bunda qonun bilan bunday shartnomalarni tomonlarning roziligi bilan ro’yxatga olish mumkinligi belgilab qo’yilgan, ro’yxatga olingan dasturlarga mulkiy huquqlarning to’laligicha boshqa shaxslarga berilishi to’g’risidagi shartnomalar belgilangan tartibda ro’yxatga olinishi shart.

Xulosada yana bir bor shuni ta’kidlab o’tamizki, hisoblash texnikasi ob’ektlarini (EHM uchun dasturlar va algoritmlar va ma’lumotlar bazalari) huquqiy muhofazalash fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi va demak, davlatimiz iqtisodiy farovonligi oshishiga ko’maklashuvchi omildir.

EHM sanoat asosida ishlab chiqarila boshlangan sanadan (1951 yil, Remington Rand Cor.) boshlab hisoblash texnikasi ob’ektlarini muhofazalash muammolarini hal qilishda ikki yo’nalish: patent va mualliflik huquqi keng tarqaldi. Bu EHMni muhofazalash ob’ektlarining dastlab ixtiro sifatida patent huquqi bilan himoyalanadigan apparat-texnika ob’ektlari hamda mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan dasturiy ta’minot ob’ektlariga bo’linganligi bilan bog’liqdir. Keyinchalik bu ob’ektlarning har biri etarli darajada mustaqil toifalarga bo’linadigan bo’ldi. EHM apparat-texnik qismining rivojlanishida sifat jihatidan birmuncha yangi bosqichlar yoki boshqacha aytganda EHMning yangi avlodi vujudga keldi. EHMning integral mikrosxemalarga o’tishi bilan apparat-texnika qismidan mustaqil ob’ekt - integral mikrochizmalar (IMS) topologiyasi ajralib chiqdi.

EHMning apparat-texnika qismini muhofazalash masalalari bilan shug’ullanadigan Patent huquqi instituti quyidagi sabablarga ko’ra IMS topologiyalarini huquqiy himoyalash masalalarini hal qila olmaydi:

IMS topologiyalarining muhofaza qilishga yaroqliligini baholash uchun ixtironing patentga layoqatliligi mezonlarini qo’llanish imkoniyati yo’k, chunki:

IMS topologiyasining IMS integrastiya darajasiga bog’lik bo’lgan (IMS ayrim elementlari topologiyasining ijro shakli va o’zaro joylashishi hamda ularning o’zaro aloqasini aks ettiruvchi) ko’plab belgilar shunchalik katta (yuz minglab atrofida) bo’lishi mumkinki, shu kabi cheklanmagan miqdordagi echimlarni qiyosiy tahlil qilish (buyurtmada ko’rsatilgan IMS topologiyasining “yangiligini” baholash) juda sermashaqqat va samarasiz ishdir;

Topologiyalarning standart (kutubxona) elementlar, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ularni sintez qilishning boshqa ma’lum qoidalarini qo’llanib yaratilishi buyurtma berilgan topologiyaning “ixtiro darajasi” mezonlariga muvofiqligini baholashni muammoli masala qilib qo’yadi.

Texnikaning hozirgi davrdagi rivojlanish darajasida ixtiroga patent muhofazasi olish jarayoni davom etadigan muddat IMS topologiyalari ma’naviy jihatdan eskirib qoladigan o’rtacha muddatga tengdir.

Bundan tashqari, ixtiro – texnik echim bo’lib, uni ifodalash shakllari turlichaligi bilan ajralib turadi (bunda muhim belgilari majmui o’zgarishsiz qoladi), IMS topologiyasi esa faqat bitta ifoda shakliga (faqat shu IMSning o’zini) ega bo’lgan echimdir, ya’ni boshqa IMS har doim ham boshqa topologiyaga ega bo’ladi.

IMS topologiyasi ob’ekti shuningdek “sanoat namunasi” ob’ektiga ham to’g’ri kelmaydi, chunki uning tashqi ko’rinishi texnik estetika talablari bilan emas, balki IMSning faqat talab etiladigan texnik xususiyatlari va funkstional maqsadi bilan belgilanadi va ishlatish jarayonida uni ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi.

IMS topologiyasini muhofazalash uchun mualliflik huquqi me’yorlarini qo’llanish ham ancha qiyin, chunki Bern konvenstiyasining 2(1)-moddasida keltirilgan mualliflik huquqi bilan muhofazalanadigan ob’ektlar ro’yxatiga muvofiq IMS topologiyasini mualliflik huquqining hech bir ob’ekti bilan identifikastiyalash mumkin emas.

Ushbu vaziyatlar munosabati bilan integral mikrosxemalar topologiyasini muhofazalash bo’yicha maxsus qonun qabul qilish zarurligi ayon bo’lib qoldi.

Birinchi marta 1986 yilning dekabrida Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (EIH)ga a’zo mamlakatlar Yarimo’tkazgichli buyumlar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risidagi bitimni qabul qildilar.

Ushbu Bitim yarimo’tkazgich buyum, yarimo’tkazgich buyum topologisi, tijorat maqsadlarida foydalanish kabi tushunchalarni belgilab beradi va har bir ishtirokchi mamlakat ushbu Bitim qoidalariga muvofiq ravishda topologiyalarga mutloq huquqlarni belgilovchi huquqiy me’yorlarni qabul qilish yo’li bilan IMS topologiyasining huquqiy muhofaza qilishini ta’minlashi zarurligini ko’zda tutadi.

1989 yilning may oyida Vashingtonda mikrosxemalarga nisbatan intellektual mulk to’g’risida shartnoma tuzildi.

IMS topologiyasini huquqiy muhofazalashning asosiy o’ziga xos hususiyatlari quyidagilardan iborat:

Muhofaza hujjati egasi sanoat mulki ob’ektiga mutloq huquqlar kabi IMS topologiyasiga ham mutloq huquqlarga ega bo’ladi. Bunda faqat topologik sxemaning o’zi muhofaza ob’ekti hisoblanadi. Beriladigan muhofaza topologiyada mujassamlashgan g’oya, usul, tizim, texnologiya yoki kodlangan axborotga tarqalmaydi.



  • IMS topologiyasini huquqiy muhofazalash mezoni uning o’ziga xosligi, ya’ni originalligi hisoblanadi. Bunda muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan topologiya original hisoblanadi.

  • IMS topologiyalari Patent idoralari tomonidan rasmiy ekspertiza o’tkazilgandan so’ng ro’yxatga olinadi va muhofaza hujjati beriladi, IMS topologiyasining o’ziga xosligi (originalligi) uning aksi isbot etilmaguncha tan olinadi;

  • Huquq muhofazalashning o’rtacha muddati turli mamlakatlarda o’n yilga teng bo’lib, bu sanoat namunasi ob’ektini muhofazalash muddatiga yaqin;

  • Ko’p qonunlarda “huquqlarning tugashi” tamoyili mavjud bo’lib, unga muvofiq integral mikrosxema yoki undan foydalanib tayyorlangan buyumning qonuniy egasi bo’lgan har qanday shaxs undan erkin foydalanishi, shuningdek huquq egasining hech qanday maxsus ruxsatnomasini olmasdan uni uchinchi shaxslarga berishi mumkin.

  • qonuniy yo’l bilan sotib olingan integral mikrosxemalar yoki tarkibida shunday mikrosxemalar bo’lgan buyumlardan foydalanish, agar foydalanayotgan shaxs bu integral mikrosxemalar va buyumlar topologiyalardan fodalanish bo’yicha mutloq huquqlar buzilgan holda tayorlanganligi va tarqatilganligi haqida bilmasa (yoki ogohlantirilmagan bo’lsa), mutloq xuquqlarning buzilishi deb tan olinmaydi (atayin buzmaslik tamoyili);

  • Boshqa muallif tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan xuddi shunga o’xshash o’ziga xos topologiyadan foydalanish bo’yicha harakatlar ham topologiyadan topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlarning buzilishi deb tan olinmaydi.

O’zbekistonda 2001 yilning may oyida “Integral mikrochizmalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risida”gi qonun qabul qilindi, unda topologiyalarni muhofazalashning yuqorida ko’rsatilgan o’ziga xos xususiyatlari o’z aksini topdi.

Bunda topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlar quyidagi sanalarning eng birinchisidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi:



  • topologiya xo’jalik oborotiga kiritilganligi hujjatlar bilan qayd љilingan eng oldingi sana bo’yicha belgilanadigan topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi;

  • topologiya ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi ma’lumot rasman e’lon qilingan sana.

Qayd qilamizki, topologiyani ro’yxatga olish (ro’yxatga olinganligi to’g’risidagi guvohnoma berish) uchun talabnoma Davlat patent idorasiga topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasidan boshlab ikki yil mobaynida muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan berilishi mumkin. Hozirgi vaqtda (2001 yil 1 may) topologiyalarni ro’yxatga olish uchun talabnomalarni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilmoqda.

Xulosada shuni ta’kidlab o’tamizki, integral mikrosxemalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi O’zbekistonda intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash tizimini rivojlantirish yo’lidagi yana bir muhim qadam bo’ldi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish