O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
1. AN’ANAVIY SHAKLDA DARS BERISH TEXNOLOGIYALARI
An’anaviy usulda darsni tashkil etishning eng muhim jihati – darsning to‘g‘ri tashkil etilishi va dars
jarayoniga qo‘yiladigan barcha talablar: davomat, uy vazifasini tekshirish, yangi mavzuni o‘tish, uni
mustahkamlash, mustaqil ishlash, baholash, uy vazifasini berish usullariga rioya qilinishi shart.
Hozirgi kunda o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, dars jarayonini jonlantirish va yaxshi natijalarga
erishish uchun turli pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish kutilgan natijani bermoqda.
Ma’lumki, har qanday fanni o‘rgatish va o‘rganish ham nazariy, ham amaliy bilimlarni talab etadi va
bunda o‘ziga xos turli usullarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Nazariy darslarga tavsiya
etiladigan usullar
Amaliy dasrlarga tavsiya
etiladigan usullar
“Case-usul” – aniq vaziyatlar usuli.
“O‘yla, izla, top” – mustaqil o‘rganish
usuli.
“Konferensiya” – ilmiy kengash usuli.
“Ekspress” – javob berish usuli.
“Kim chaqqon?” – musobaqa usuli.
“Step by Step” – musobaqa usuli.
“Loyiha” usuli.
“MyART” usuli.
“Estafeta” – musobaqa usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |