5-mavzu. Agrar islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari


-rasm. Respublikada yalpi ichki mahsulot va qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarishning yillik o’sish sur’atlari, foizda [93]



Download 323,33 Kb.
bet11/14
Sana15.01.2022
Hajmi323,33 Kb.
#366161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-mavzu

3.1-rasm. Respublikada yalpi ichki mahsulot va qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarishning yillik o’sish sur’atlari, foizda [93].

“Bugungi fermer xo’jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o’z ixtiyorida ijara asosidagi yetarlicha ekin maydonlariga ega bo’lgan, yuksak samarali zamonaviy texnika bilan ta’minlangan, ilg’or texnologiyalarni puxta egallagan yirik xo’jaliklardir. Muxtasar aytganda, ular qishloqlarimizning tayanch ustunidir. Faqat yerga mehr, uning unumdorligini oshirish va birinchi navbatda dehqon va fermerga doimiy e’tibor, ularning manfaati haqida g’amxo’rlik qilish – bu qishloqni va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo’yicha biz tanlagan yo’ldir” [20].

“Ana shunday ishlar tufayli sizot suvlari eng og’ir darajada, ya’ni, 2 metrgacha yuzada joylashgan yerlar qariyb 500 ming gektarga yoki uchdan biriga kamaydi, kuchli va o’rtacha sho’rlangan yerlar esa 100 ming gektarga yoki 12 foizga qisqardi. Meliorasiya tadbirlari amalga oshirilgan ekin maydonlarida paxta hosildorligi gektariga o’rtacha 2-3 sentner, boshoqli don ekinlari bo’yicha esa 3-4 sentnerga oshgani bu borada erishgan eng muhim natijamizdir» [18].

Fermer xo’jaliklariga barcha turdagi zarur xizmatlar ko’rsatadigan ishonchli bozor infratuzilmasining tashkil etilgani qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishda muhim rol o’ynamoqda. Ayni paytda qishloq joylarda 1,5 mingdan ziyod minibank, qariyb 2 mingta mashina-traktor parki, yonilg’i va mineral o’g’it sotish bo’yicha 2,5 mingga yaqin punkt xizmat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, 1,5 mingta Suv iste’molchilari uyushmasi, 350 dan ortiq konsalting markazlari tashkil etildi.

O’zbekistonning ko’plab mintaqalari qisqa muddatda jahon bozorida xaridorgir bo’lgan meva va sabzavot mahsulotlari yetishtiradigan va eksport qiladigan hududlarga aylandi. Yurtimizda yuqori hosil beradigan intensiv bog’lar tashkil qilindi, tomchilatib sug’orish tizimi joriy etildi.

O’tgan 23 yil davomida qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida g’alla yetishtirish hajmi 1 million tonnadan 8 million tonnaga yetdi va ilgari mamlakatimiz aholisini boqish uchun 5 million tonna bug’doy chetdan sotib olingan bo’lsa, endilikda O’zbekiston g’alla eksport qiladigan mamlakatlar qatoridan joy egalladi.

2013 yilda 2000 yilga nisbatan don ishlab chiqarish hajmi 2 marta, kartoshka - 3,1 marta, poliz - 3,4 marta, sabzavot -3,2 marta, meva va rezavorlar- 2,9 marta, uzum- 2 marta, tuxum- 3,4 marta, sut- 2,1 marta ortdi.

Mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq ko’payishiga qaramasdan, jon boshiga to’g’ri keladigan go’sht iste’molini 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini 1,6 marta, kartoshkani 1,7 barobar, sabzavotlarni 2 martadan ziyod, mevalarni qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi.

Mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 76 kilogramm kartoshka va 43 kilogramm uzum to’g’ri kelmoqda. Bu optimal, ya’ni maqbul deb hisoblanadigan iste’mol me’yoridan uch barobar ko’pdir (3.3.-rasm).





Download 323,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish