Birinchi guruhga maxsus motivlar taalluqli. Ular talabalar tomonidan barcha hayotiy ehtiyojlarni chuqur anglash, mutaxassis bo’lib etishishi uchun bilimlarni egallashning ijtimoiy zarurligini tushunishni qamrab oladi. Bu guruh motivlarini o’qituvchi kursning amaliy xarakteri va kasbiy yo’nalganligini namoyish qilish orqali talabalarning tushunchalarini amalda qo’llash yo’li bilan kuchaytirishi mumkin.
Ikkinchi guruh motivlari o’quv fanlari va bilishga bo’lgan qiziqish bilan bog’langan. Bu gurah motivlari mohiyatini o’qituvchi talabalardagi o’quv fanlariga bo’lgan qiziqishni bilish to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish orqali kuchaytirishi mumkin. Buning uchun leksiya jarayonida xatti-harakatlarning namunaviy usullari, tushunchalar tizimining mantiqiy usullari, aniqlanmalar, xislatlar va boshqa isbotlovchi qurilmalarning «tushunchalar asosida xulosalar» xatti-harakatlari shakllanishining didaktik qimmatini belgilovchi o’quv materialiga urg’u beriladi.
Talabalarda yuqorida bayon qilingan malakalarni shakllantirish uchun leksiyani o’tkazish uchun shunday tayyorgarlik ko’rish ko’zda tutilishi kerakki, ular tayyor bilimlarni chaqqonlik bilan harakat usullariga aylantira olsin. Bu didaktik maqsadga erishish uchun talabalarning echimlarni qanday shakllantirishlariga, tushunchalar echimining qanday usullari borligiga, u yoki bu ifoda qaysi talablar asosida qoniqtirilayotganiga, dastlabki omil, argumentlar hamda xulosalarga diqqatni jalb qilish lozim.
O’qitishning bu metodini leksiya o’qishning axborot - tasviriy yondashuvdan, qisman ijodiy va ijodiy metodga o’tish orqali amalga oshirish mumkin. Ular talabalarda leksiyaning turli bosqichlarida va sharoitlarida muayyan bilish mashaqqatlarini tug’diradiki, ular o’qitish jarayonida avval shakllangan bilim va ko’nikmalami joriy etish hamda qayta ishlash asosida muvaffaqiyatli hal kilinadi.
Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash tizimida o’qituvchining leksiya jarayonida ularga e’tibor qaratishi, o’quv-bilish faoliyatiga mos ko’rsatmalarni bera olishi muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda lektsiyada o’quv fani mazmunining umumiy-ta’limiy qimmatini isbotlash bilan birga uning shaxs intellekti, dunyoqarashi, bilimlarni tasniflash va qo’llash usullari, ulardan tejamli foydalanish hamda to’g’ri baholay olish tarbiyasiga ta’sir etishni ham isbotlash lozim bo’ladi.
Shuningdek, bunday eksperiment (amaliyot), egallangan bilimlar, fikrlarni (xukmlarni) qurish usullarining haqiqiyligini tasdiqlashga qaratilganligi ta’kidlanishi lozim. O’quv mashg’ulotlarining bunday borishi talabalarda ilmiy-nazariy tadqiqot va eksperiment o’tkazish malakasini shakllantiradi. Bu bilan ular ilmiy ijod kengligiga, ishchanlik muloqotiga qiziqadi, tadqiqotning bosqichlarini rejalashtiradi, uning maqsad va vazifalarini ifodalaydi, metodikasini ishlab chiqadi.
Muammoli o’qitishning talablar darajasidagi sifatini ta’minlash, talabalar tomonidan o’zlashtirilgan axborotlar bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida seminarlar o’tkazish mumkin.
Ma’lumki, bunday seminar o’tkazishning dastlabki maqsadi ma’ruza yoki axborotni jamoa bo’lib muhokama qilishdir. Seminarning samaradorligi albatta talabalami unga tayyorlash sifatiga bog’liq. Ayniqsa, ma’ruza va axborot tayyorlayotgan talabalar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega.
Talabalami seminarga tayyorlash bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |