4-Mavzu: XVII asr o`rtasi XX asr boshida Eron (2-soat) Reja


Eronga chet el mustamlakachilari kirib kelishining kuchayishi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana11.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#115921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Mavzu

4.5.Eronga chet el mustamlakachilari kirib kelishining kuchayishi. 

1856-1857 yillardagi ingliz-eron urushi. 

Bobiylar qo’zg’oloni bostirilgach, Eronda Angliya va Rossiyaning faoliyati 

kuchaydi va Shu bilan birga ingliz-rus  raqobati ham kuchaydi. Sevastopol qamali 

davrida  Eron  hukumati  Hirotga  qarshi  yangidan  hujum  qilish  payti  keldi  deb 

hisoblab,  1856  yil    Eron  qo’shinlari  Hirotni  egalladi.  Bunga  javoban  Angliya 

Eronga  qarshi  urush  e’lon  qilib,  ingliz  qo’shinlari  Fors  qo’ltig’ida  bir  qator 

hududlarni bosib oldi va Qorun daryosi bo’ylab yuqoriga ko’tarila boshladi. 

Angliya  hukumati  Rossiyaning  Qrim  urushida  mag’lubiyatga  uchraganini 

hisobga olib, qurol kuchi bilan butun Eron ustidan o’z hukmronligini o’rnatishga 

intildi. Lekin Hindistonda xalq qo’zg’olonining etilib kelishi va Xitoyda taypinlar 

qo’zg’olonining  kuchayib  borishi  inglizlarni  Eron  bilan  sulh  tuzishni 

tezlashtirishga majbur qildi. 1857 yil 4 martda Parijda bu ikki davlat o’rtasida sulh 

tuzildi. 



14 

 

Ingliz-eron  sulhi  bo’yicha  Eron  Hirotga  va  Afg’onistonning  boshqa 



hududlariga  bo’lgan  da’volaridan  abadiy  voz  kechdi  hamda  Afg’oniston  bilan 

ziddiyatlar  kelib  chiqqan  taqdirda  Angliya  vositachiligidan  foydalanish 

majburiyatini  oldi.  Angliya  o’z  navbatida  o’z  qo’shinini  Janubiy  Erondan  olib 

chiqish  majburiyatini  oldi.  1856-1857  yillardagi  urushdan  keyin  Angliyaning 

Erondagi ta’siri ancha kuchaydi. 

1856  yil  oxirida  Eron  bilan  AQSH  o’rtasida  teng  huquqli  bo’lmagan 

shartnoma  imzolanib,  ilgari  inglizlar  ega  bo’lgan  imtiyozlar  amerikaliklarga 

nisbatan ham joriy qilindi. 

Shunday  qilib,  XIX  asrning  60-yillariga  kelib  Angliya  va  chor  Rossiyasi 

Eronda  muhim  iqtisodiy  va  siyosiy  mavqelarni  qo’lga  kiritdilar.  Eron  qaram 

mamlakatga  aylana  boshladi.  Kapitalistik  davlatlar  teng  huquqli  bo’lmagan 

shartnomalarga tayanib, Eron xalqlarini asoratga solishni kuchaytirdilar. 

Bu  davrda  Eronni  asoratga  solishda  chet  el  sarmoyasi  tomonidan  qabul 

qildirilgan  kontsessiyalar  katta  rol  o’ynadi.  Inglizlar  1862-1872  yillar  davomida 

Eron  hududida  Londonni  Hindiston  bilan  bog’lovchi  telegraf  liniyasi  qurish 

to’g’risidagi  to’rtta  bitimni  shoh  hukumatiga  qabul  qildirdilar.  Bu  telegraf 

liniyalari  Angliyani  Erondagi  ta’sirini  yanada  kuchaytirish  vositasi  bo’lib  xizmat 

qildi.  Telegraf  liniyasiga  xizmat  ko’rsatuvchi  ingliz  xodimlari  eksterritoriallik 

huquqiga  ega  edilar.  Keyinchalik  mamlakatning  Shimoliy  provintsiyalarida  chor 

Rossiyasi tomonidan qurilgan telegraf liniyalari paydo bo’ldi. 

Eng  muhim  aloqa  vositalari  ham  chet  elliklar  nazorati  ostiga  o’tdi.  Ingliz 

kapitalistlari  Janubiy  va  Markaziy  Eronda  bir  qancha  shosse  yo’llarni  qurib,  o’z 

nazorati  ostiga  oldilar.  Angliya  kompaniyasi  1888  yilda  Eronda  kema  suza 

oladigan  yagona  daryo  bo’lgan  Qorunda  kema  qatnovini  tashkil  qilish  bo’yicha 

kontsessiyaga  ega  bo’ldi.  O’z  navbatida  rus  tadbirkorlari  Shimoliy  va  Markaziy 

Eronni rus chegaralari bilan bog’lovchi shosse yo’llarni o’z nazorati ostiga oldilar 

va Kaspiy dengizining janubiy sohili bo’ylab paroxod qatnovini yo’lga qo’ydilar.   

Ingliz  va  rus  kapitalistlarini  Eronning  manfaatlari  qiziqtirmas  edi.  Eron 

temir yo’llarga juda katta ehtiyoj sezardi. Lekin ingliz mustamlakachilari transeron 

(Eronning  barcha  hududlarini  tutashtiruvchi)    temir  yo’li  qurilsa,  ruslar  bilan 

ziddiyat  chiqib  qolgan  taqdirda  rus  qo’shinlarining    temir  yo’llar  orqali  Fors 

ko’rfaziga kirib kelishi oson bo’ladi deb, temir yo’llar qurilishiga qarshi edi. O’z 

navbatida  rus  kapitalistlari  temir  yo’llarning  qurilishi  arzon  ingliz  tovarlarining 

Eronning  Shimoliy  hududlariga  kirib  kelishidan  cho’chirdilar.    Natijada  rus 

hukumati 1889 yilda Nasriddinshohdan Eronda 15 yil davomida Rossiya ruxsatisiz 

hech kimga temir yo’llar qurishga kontsessiya bermaslik to’g’risidagi majburiyatni 

tasdiqlatib  oldi.  Keyinchalik  bu  majburiyat  ikki  tomonlama  shartnoma  shaklida 

1910 yilgacha uzaytirildi. 




15 

 

 Chet  el  tadbirkorlari  kontsessiyalar  yordamida  Eronni  to’la  bo’ysundirib 



olishga  intildilar.  1872  yilda  Eron  shohi  mashhur  ingliz  telegraf  agentligi  egasi 

baron  Reyterga  yo’llar  va  sug’orish  inshootlari  qurilishi,  mineral  va  o’rmon 

boyliklarini  ishlash,  fabrikalar  qurish  kabilarga  monopol  egalik  qiluvchi  70  yil 

muddatga  mo’ljallangan  kontsessiya  berdi.  Eron  bojxonasini  boshqarish  ham 

Reyter  qo’liga  o’tishi  kerak  edi.  Bunday  kontsessiyaning  berilishi  mamlakatda 

umumiy  norozilikni  keltirib  chiqardi,  undan  hatto  hukmron  doiralarning  vakillari 

ham norozi edi. Rus diplomatiyasi ham bunga norozilik bildirdi.  

Natijada  kontsessiyani  bekor  qilishga  to’g’ri  keldi.  Lekin  shunga 

qaramasdan  chet  el  tadbirkorlari    yangi  kontsessiyalarga  egalik  qilishni  davom 

ettirdilar.  Rus  tadbirkori  Lianozov  Kaspiyning  janubiy  qirg’oqlarida  baliqchilik 

sanoatiga,  Angliyaning  Talbota  kompaniyasi  butun  mamlakat  bo’ylab  tamakiga 

ishlov  berish,  sotib  olish  va  sotishga  monopol  kontsessiya  oldi.  Doimo  pulga 

muhtoj  bo’lgan  shoh  hukumati  uncha  katta  bo’lmagan  sarmoyaga  kutilmagan 

kontsessiyalarni  berib  yuborardi.  Belgiyaliklar  qimor  uylari  ochishga,  fransuzlar 

arxeologik qazishmalar o’tkazishga monopol kontsessiyalar oldilar. 

Chor  Rossiyasi  iqtisodiy  jihatdan  Eronda  ustunlikga  erishish  uchun 

Angliya  kabi  iqtisodiy-moliyaviy  qudratga  ega  emas  edi,  lekin  u  bu  mamlakat 

chegaralaridagi harbiy-strategik mavqeining ustunligidan (rus Kavkazorti va O’rta 

Osiyosi)  ancha  rivojlangan  xo’jalik  va  savdo  aloqalaridan  (Angliya  Eronga 

ko’proq  tovar  keltirishdan  manfaatdor  bo’lsa,  Rossiya  bu  yerdan  tovarlar  olib 

ketishdan ham manfaatdor edi)  foydalanishi mumkin edi.  

Eron  poytaxtida  1878  yilda  askarlar  qo’zg’oloni  yuz  berishi  natijasida 

cho’chib  qolgan  shoh  ancha  ishonchli  bo’lgan  qo’shin  –  kazak  polkini  tashkil 

qilish  uchun  rus  hukumatidan  ko’mak  so’rashi  Rossiyaning  Erondagi  mavqei 

yanada mustahkamlandi. 

Eron  shohining  iltimosiga  ko’ra  1879  yilda  polkovnik  Domantovich 

boshchiligida  ruslarning  4  zobiti  va  6  nafar  uryadnigi  Tehronga  yuborildi. 

Keyinroq  rus  harbiy  mutaxassislariga  polkovnik  Kosagovskiy  rahbarlik  qila 

boshladi.  Rus  harbiylarining  yordami  bilan  bu  yerda  1879  yilda  kazak  brigadasi 

tashkil qilindi va u bevosita shohga bo’ysunardi. Bu brigada Eron shohi qo’shinlari 

ichida  jangovarligi  ancha  yuqori  bo’lgan  yagona  harbiy  qism  edi.  Poytaxtda 

joylashtirilgan  bu  qo’shin  shohni  xalqdan  himoya  qilish  bilan  birga  rus 

chorizmining  mustamlaka  siyosatini  amalga  oshirish  vositasi  ham  edi.  Eron 

armiyasida  rus  zobitlaridan  tashqari  boshqa  Yevropa  mamlakatlari  zobit  va 

instruktorlari (Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya)  ham paydo bo’la boshladi. 

Eron  tobora  ko’proq  chet  el  sarmoyasi  asoratiga  tusha  boshladi.  Shoh 

hukumati  1889  yilda  Reyterga  Eron  Imperiya    (Shahanshoh)    bankini  ochishga 

ruxsat  berdi.  Chet  el  banki    pul  chiqarish  uchun  monopol  huquqga  ega  bo’ldi, 




16 

 

davlat daromadlari va bojxona yig’imlari uning hisobiga kelib tushardi. Shimoliy 



Eronning iqtisodiy hayoti esa rus tadbirkori Polyakov tomonidan 1890 yilda tashkil 

qilingan Hisob-ssuda banki tomonidan nazorat qilinardi. Rus imperatritsasi Mariya 

Fedorovna  va  moliya  vaziri  Vitte  bu  bankning  aktsionerlari  hisoblanardilar.  Rus 

tadbirkorlari 1893-1895 yillarda Enzeli-Tehron, Qazvin-Hamadon shosse yo’llarini 

qurish uchun kontsessiyalarga ega bo’ldilar. 

Ingliz  va  rus  banklari  o’rtasida  kuchli  raqobat  kurashi  borardi.  X1X  asr  

oxiriga borib Angliya va Rossiya hukumatlari tomonidan Eronga berilgan asoratli 

qarzlar mamlakatni yanada ko’proq asoratga solish vositasi bo’ldi. 

Shunday  qilib,  XIX  asr  oxiriga  kelib  Eronni  yarim  mustamlaka  asoratiga 

solish  asosan  o’z  nihoyasiga  yetdi.  Mamlakat  amalda  Angliya  va  Rossiya 

tomonidan  o’zaro  taqsimlanib  olindi.  Eron  janubida  inglizlar,  shimolda  esa  rus 

imperialistlari hukmronlik qilardilar. 

Ingliz va rus sanoati tovarlarining ko’plab kirib kelishi natijasida mahalliy 

sanoat  ishlab  chiqarishi  inqirozga  yuz  tutdi.  XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlarida 

eronlik tadbirkorlar tomonidan qurilgan 50 dan ziyod turli xil zavod va fabrikalar 

chet el tovarlari raqobatiga bardosh bera olmay, inqirozga uchrab yopildi. 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish