Isbotlash usuli-demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan
iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida
mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita
isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda
tezisga zid bo‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani
ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan qonundan, argument
sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan «Ӯzbekiston - mustaqil
davlatdir» degan hukm (tezis) ning chinligi «Ӯzbekistonning mustaqil davlat deb e’lon
qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan hukmning (antitezisning)
xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga
qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apogogik isbotlashda tezis
(a) va antitezis (
a
) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan «Materiya harakatsiz
mavjud emas» degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya
harakatsiz mavjud» degan hukm olinadi.
Apogogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va
undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi
ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya
harakatsiz mavjud» degan hukm chin bo‘lsa «Modiy predmetlar strukturasiz mavjud»
degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy
predmetlar strukturasiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz)
mavjud emas. demak «Materiya harakatsiz mavjud» degan fikr xato, shu tariqa «Materiya
harakatsiz mavjud emas» degan fikrning chinligi asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir
a’zosi bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish
orqali asoslanadi. Masalan «jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan» degan fikr
tekshirilib, «Jinoyatni V shaxs ham, S shaxs ham sodir etmaganligi aniqlanadi va shu
tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan» degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda
ayiruvchi isbotlash ayiruvchi-qat’iy sillogizmning inkor etib-tasdiqlovchi modusi
bo‘yicha qurilgan:
a
c
b
c;
b
a
Barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi, ya’ni tezis
isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: